Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasi


O`tish  iqtisodiyoti xavf-xatarlari va unga qarshi kurash samaradorligi


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana29.11.2020
Hajmi0.5 Mb.
#155615
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
iqtisodiy xavfsizlik va uning ahamiyati


3.3. O`tish  iqtisodiyoti xavf-xatarlari va unga qarshi kurash samaradorligi

Patriarxal  jamiyatda chinovniklarni boshqarishning odatiy belgilari ularning

keluvchilarga bo`lgan munosabatlari yoki ularga munosabatda  bo`lganlargaqarata qilingan

harakatlari bo`lgan. Lekin taraqqiyot, davlatning fuqarolariga bo`lgan munosabati, ya`ni “chin

ko`ngildan” qilingan sovg`larni pora sifatida, davlat odamlarining fuqarolarga bo`lgan norasmiy

munosabatlari doirasini “korrupsiya” atamasi bilan atashgan. Lekin bittagina noomlash

bilanmuammo hal bo`lmaydi. Insoniy munosabatlar tizimi qiyin va uzoq vaqtda o`zgaradi.

Shuning uchun uchinchi ming yillik boshida korrupsiya bilan kurashish jamiyat qarashlarida

markaziy o`rin tutadi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Vazirlar Mahkamasining

korrupsiyaga qarshi kurash masalalariga  bag`ishlab 1998 yil 25 fevralda o`tkazilgan yig`ilishida

qayd etganidek, “ respublikamiz iqtisodiyoti, siyosati, xalqaro obro`yi va jamiyatimiz axloqiy

holatiga salbiy ta`sir etuvchi eng xavfli hodisalardan biri –bu , korrupsiyadir. Iqtisodiyot

sohasidagi holatning analizi, bizni korrupsiyaga qarshi kurashishga alohida e`tibor berishni

taqazo etmoqda. Biz qonunchiligimizni mustahkamlashga   va qonunlarga rioya etishga olib

keluvchi keskin, kechiktirib bo`lmaydigan choralar ko`rishimiz zarur. Bu qonunlar kichik

korxonalar va tadbirkorlar manfaatini himoya qilib, poraxo`rlik, mansab su`istemoli kabi

holatlarga  chek qo`yishi lozim. Ayniqsa, poraxo`rlik, korrupsiya, aybdorlarni yashirish, o`z

ishiga befarqlik holatlari huquq-tartiboy organlari orasida bo`lishiga yo`l qo`ymaslik kerak,

chunki qonunni himoya qiluvchilarning avvalo o`z “qo`li toza bo`lishi shart”.

 Korrupsiya – deyarli kop` qirrali ko`rinishda va kengroq qilib aytganda,o`z

mavqeyidan, shxsiy manfaatlarida foydalanishdir. Qisqacha qilib aytganda, korrupsiya – bu,

amaldor shaxslar o`z amalini suistemol qilishi yoki bu amaldan moddiy ta`minlanish uchun

foydalanishidir.  Poraxo`rlik ko`rinishi –bu, qachonki amaldor o`z vazifasini taqazo etgan

shartlarni buzganligi uchun emas, balki shu ishni qilganligi uchun haq to`lash. Poraxo`rlik

amaldor vazifasining noaniqligidan, davlatning  ma`muriy  va moliyaviy tomondan yaxshi

ta`minlanmaganligidan kelib chiqadi. Agarda korrupsiya mexanizmi orqali kriminalelementlar

amaldorlarga ta`sir  qilsa  va ularni noqonuniy munosabatlar tizimiga tortib, kriminallashgan

amaldorlarni  iqtisodiyotning boshqa subyektlaridan pul vositalarini ko`plab olishadi. Bu pulni

to`plash uchun o`sha iqtiosdchi  hisobini  aoliq  orqli  chiqaradi va shu orqali ish mexanizmini

olib boradi.  Asosan  korrupsiya  iqtisodiy munosabatlarga , iqtisodiy o`sish bo`layotgan

davlatlarning iqtisodiy potensialiga ta`sir qiladi.

Bugun, Jahon bank  mutaxassislari  G.Brodman va F.Rikanatin fikriga ko`ra , “o`n yil

transformatsiyadan so`ng korrupsiya hammaga tushunarli ko`rinishda bo`lib, eng oliy maqsadlar



78

va islohotlarning yuzaga kelishiga xavf solishi mumkin. Iqtisodiy o`sishdavridagi davlatlardagi

siyosiy va iqtisodiy o`zgarishlar qiyinchiliklari vaqtida siyosatchilar korrupsiya qanday

oqibatlarga olib kelishini bilishlari kerak”. Shuning uchun keyingi yillarda korrupsiyaga  qarshi

kurashish iqtisodiy o`sish    davridagi davlatlarning siyosiy loyihasida asosiy element

hisoblanadi. Bu davlatlar uchun eng ko`p xavf –bu , ayrim korrupsiya  yoki guruhlarning pora

yordamida o`zlari uchun kerakli qonuniy normalar va iqtisodiy  maqsadlarni amalgam oshirishi

hisoblanadi.  Ko`pgina izlanuvchilar ( D.Djons, D.Kaufman, DXellman)  ning fikricha, bunday

holat keng ko`lamda xususiylik huquqi yetarli bo`lmagan, iqtisodiy liberallashish va

raqobatchilik rivojlanmagan davlatlarda yuzaga keladi.

Korrupsiya  chet el investitsiyalarini jalb qilish  imkoniyatiga salbiy ta`sir qiladi.

Izlanishlar mobaynida Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki 1998 yilda

rivojlanayotgan 22 ta mamlakatda, chet el investitsiyasi hajmi fuqarolar daromadi bilan teskari

bog`liqlikda bo`lib, aksincha yuqori  davlat etalonlarida korrupsiya kengayishi va katta

kontraktlar tuzilishida pora olish yotadi.  Masalan 1994 yildan 1999 yilgacha bo`lgan davrda

Belorusiya, Qirg`iziston, Moldova, Rossiya , Ukrainaga qilingan to`g`ri chet el investitsiyalari

aholi jon boshiga 20 dollardan to`g`ri kelgan. Ayni paytda bu boradagi ko`rsatkich Polsha va

Slovaniyada tahminan 100, Vengriya va Chexiyada 200 dollarni  tashkil etgan. Bunda korrupsiya

darajasi keyingi davlatlar guruhida past. AQSh milliy iqtisodiy analiz byurosining  2000 yilda

nashr etilgan dokladida Sharqiy Yevropa davlatlari va  sobiq SSSR o`tgan asrning 90-yillari

ma`lumotiga ko`ra, korrupsiya chet el investitsiyasiga qimmat ishchi kuchi yoki yuqori soliq

stavkalari kabi to`sqinlik qiladi. Mustaqillik yillarigacha  Ukrainada chet el investitsiyasi 1,4

mlrd. dollar bo`lsa, davlatdan 15-20 mlrd dollar chiqib ketgan. Bunda qisman korrupsiya  va

jinoyatchilik reaksiyasi ta`siri bo`lsa kerak.

Poraxo`rlik gullab-yashnashi uchun xo`jalik yuritishning me`yoridan oshiq

bo`ysundirilganligi va o`nlab muassasalar tomonidan tartibga solinishi, shuningdek,

mansabdorlarning bemalol izohlashiga keng ko`lamochib beradigan xo`jalik qonun

me`yorlarining yetarli  darajada emasligi qulay sharoit yaratadi.

Umuman olganda, korrupsiya jinoiy sektorga va boshqa noqonuniy iqtisodiy sohalar

bilan aloqadorligi uchun qonun tomonidan man qilingan.

Shuni ta`kidlash kerakki, poraxo`rlik rivojlanishining qulay sharoiti xo`jalik

faoliyatining haddan tashqari reglamentlashgani va uni o`nlab idoralar tomonidan tartibga

solinishi, shuningdek, amaldorlarga ixtiyoriy ravishda tushuntirish uchun keng imkoniyat

beradigan, xo`jalik haqidagi qonunlar to`g`ri ta`sir normalarining oxiriga yetkazilmaganidir.



79

Amaldorlarning tadbirkorligi poraxo`rlikdan pora beruvchi tarafning yo`qligi bilan

farqlanadi. Bu yerda xizmat qoidalarini buzishning buyurtmachisi –ma`lum qarorni qabul qilish

yoki moslashuviga  monopoliyadan tadbirkorlik yoki renta daromadini oluvchi ijrochining

o`zidir. Bunday holatlarni  xususiy munosabatlarning tarmoqlari amaldorlarni muayyan xususiy

manfaatlar bilan bog`lashi ro`yobga keltiradi. Ba`zan bunday bog`lanishlar muayyan amaldorni

muayyan tuzum tomonidan “pul to`lab qutqarish” ni, ammo ko`proq hollarda , davlat

xizmatchilari va tadbirkorlari tomonidan bir-biriga ko`rsatadigan o`zaro xizmatlar tarmoqlariga

kiritilganligini ko`zda tutadilar.

Umuman olganda, korrupsiya qonun bilan ta`qiqlangan faoliyat ko`rinish sifatida

jinoyat sektoriga qarashli va nolegal iqtisodiyotning boshqa sohalari bilan tor bog`langan.

Agarda jinoiy elementlar amaldorlarga ularni qonunga xilof munosabatlar tizimiga tortib, ta`sir

ko`rsatsa, jinoyatga qo`l urgan amaldorlar qonunlar maromiga yetkazilmaganligidan foydalanib,

iqtisodiyotning rasmiy subyektlaridan poraxo`rlik mexanizmlari orqali pul mablag`larini

tovlaydialr. Oxirgilar esa bu mablag`larni to`lash uchun hisobotni noto`g`ri berishga, soliqdan

ozod etishga, ya`ni iqtisodiyotning sog` sohasiga xos bo`lgan faoliyat mexanizmini

o`zlahtirishga urinishadi, bu esa uning kengayishiga olib keladi.

O`tgan asrning 80 va 90 yillarida korrupsiya bilan bog`liq bo`lgan ko`p sonli janjallar

bo`lgan edi.  Ayniqsa, demokratiya  mexanizmlaribo`lmagan eng kam rivojlangan

mamlakatlarda korrupsiya tezroq rivojlanadi. Shunday qilib, Nigeriyada yuqori mansabli

amaldorlarning o`g`rilikalri natijasida 1992 yili davlat hisoblaridan 3 mlrd dollarga yaqini (10%

YaMM), 1993 yilning birinchi yarim yilligi davomida yana 1,5 mlrd dollar yo`qolgan. G`arb

iqtisodchilarining fikricha, bu mamlakatda 1990 yilning iyuli va 1991 yilning maylari orasida

neft sotilishidan hisobga olinmagan daromadlar 3 mlrd dollarni tashkil etgan.

Rivojlanuvchi mamalakatlarda korrupsiya eng ko`p yo`liqqanlari Osiyo davlatlari

hisoblanadi. Bu mintaqada ishlaydigan menejerlar so`roqlarining natijasiga ko`ra, bunda

rahnamollik xitoy, Hindiston va Indoneziyaga tegishlidir. Xususan, Hindistonda, oppozitsiyaning

ma`lumotlari bo`yicha, Vazirlar mahkamasining sobiq raisi Napasimxa Raoning eng yaqin

izdoshlari turli xil qurbonliklar va poralar sifatida noqonuniy 850 ming dollar olishgan.

Firibgarliklarda har xil firmalarga imtiyozlar va yengilliklar berish uchun pora olgan 115 ta

taniqli siyosatchi va davlat amaldorlari aralashganligi ma`lum bo`ldi.

O`tish iqtisodiyotiga ega bo`lgan ko`pgina mamlakatlarda  korrupsiya faol

rivojlanmoqda. U qanchalik xavf-xatarli ekanligini Rossiya misollida ko`rish mumkin. Kichik

korxonalar  vakillarining  11- Butun Rossiya qurultoyida keltirilgan, Sankt-Peterburgdagi 200

tijorat tuzumlari rahbariyatlarining so`roqlarini natijasi bo`yicha, so`ralganlarning 98%i  o`z


80

tadbirkorlik faoliyati davrida (1 yildan 5 yilgacha) mansabdor shaxslar tomonidan bevosita yoki

bilvosita tovlamachilikka duch kelishganini; tadbirkorlarning 96 %i  pora berishga majbur

bo`lganlarini aytishdi. Faoliyatida poraxo`rlik eng ko`p tarqalgan idoralar sifatida bojxona

xizmatlar, tijorat tuzumlarini   ro`yxatga  olishni amalgam oshiruvchi, xususiylashtirish va davlat

mulkini boshqaruvchi, binolarni ijaraga  beruvchi muassasalar, shuningdek, arbitraj sudlarining

nomlari aytilgan edi. Boshqa tekshiruvchilarning ma`lumotlariga ko`ra, so`ralgan

tadbirkorlarning 90 %i turli davlat idooralari xizmatchilariga pora bermasdan o`z ishlarini saqlab

qolishlari  mumkin emas, deb hisoblashadi. Shu bois ulardan 63%i  ijroiya qo`mitalari, 58 %i

moliya-nazorat idoralari, 48%ibojxona va tashqi savdo tashkilotlari xizmatchilariga, 45%i  turli

darajadagi deputatlarga,35%i  militsiya, 25%i  sud va prokratura xodimlariga pora berishga

majbur edilar. Bu korrupsiya faoliyatining eng  yuqori   ko`rsatkichi deb belgilandi. Poraxo`rlk

aniqlangan holatlarni ularning amaldagi darajasiga nisbatan qiymatlarini ekspert baholash 0,1

dan 2% gacha o`zgarib turadi.

Ammo oxirgi o`n yillikda korrupsiya yuqori rivojlangan mamlakatlarda ham faol

tarqalayapti. Agar o`tgan asrning 80—yillaridagi Olmoniyaning yetarlicha yaxshi obro`ga ega

bo`lgan menejerlari va hukumat korrupsiyani mamlakatning ish iqlimiga jiddiy xavf-xatar deb

hisoblamagan bo`lsa, 1994 yili pora ilishda davlat ammaldorlaridan 2000 ga taqini ayblangan va

Olmoniya iqtisodiyoti poraga turli xil shartnomalarni tuzishdan yiliga 10 mlrd markagacha

yo`qotar, poraxo`rlik xususiy biznesda ham tarqalgan edi.

Masalan, katta janjal “Mersedes-Bens” konsernining yetakchi menejerlaridan biri

dilerlarga poraga savdoning  imtiyozli sharoitlarini yaratib, 2,3 mln doych marka ishlagani bilan

bog`liq edi. Shu konsernnning eksport bo`limi boshlig`i xizmatchilari bilan birgalikda

Yaponiyaga yuborilishi kerak bo`lgan avtomobillarni poraga Turkiya va Sharqiy Ovrupaga

imtiyozli narxlar bo`yicha sotishgan, bu konsernga 20 mln doychmarka zarar yetkazgan.

1994 yilning mayida 1995 yilning mayigacha bo`lgan davr ichida AQSh ma`muriyatiga

poraxo`rlik natijasida Amerika kompaniyalari taxminan 45 mlrd dollarli foydadan quruq qolgan

100 holat ma`lum bo`ldi, 1996 yilning birinchi yarmida shu sabablarga ko`ra, ular 20 mlrd

dollarli shartnomani yo`qotishdi.

Korrupsiyadan, ayniqsa qurilish katta zarar ko`rgan. Amerika mutaxasislari tomonidan

o`tkazilgan tekshirishlarning ko`rsatishicha, faqat Iqtisodiy hamkorlik  va rivojlanish tashkiloti

(OESR) mamlakatlarida 1997 yilning mayidan 1998 yilning apreligacha shu sohada poraga 30

mlrd dollar sarflangan.

Bir qator tekshiruvchilarning aytishicha, bir qator mamlakatlarda korrupsiya tizim

tabiatiga ega bo`lib, siyosiy va iqtisodiy munosabatlarning asos soluvchi omillaridan  biriga


81

aylanib qolmoqda. Jamiyat korrupsiyalanishining bu bosqichi quyidagi me`yorlar bilan

belgilanadi:

- davlat siyosati hukumat boshida turgan yoki hukumatga ta`sirini o`tkaza oladigan

shaxslarning xususiy manfaatlarini hisobga olgan holda olib boriladi;

-  amaldorlar daromadlarining ko`p qismini qo`shimcha va soya daromadlari tashkil

etadi;

- korrupsiya axloqiy iqtisodiy va huquqiy madaniyatning me`yori bo`lib qolmoqda;



- ijroiya hukumat biznes bilan o`zaro ta`sirlashishning norasmiy, ma`muriy shakl va

usullarini faol ishlatmoqda va hokazolar.

Korrupsiya jammiyatga qanday zarar yetkazishi to`g`risida 1996 yili Butun Jahon

bankining prezidenti Deyns Vulfenson bunday degan edi: “Biz korrupsiya “o`smasi” bilan

kurashishimiz kerak. Birin-ketin mamalakatlarda insonlar bu kasalikka qarshi chora ko`rilishini

talab qilishmoqda. Ular korrupsiya natijasida kambag`allarga atalgan mablag`lar boylarning

qo`liga tushishini bilishadi, biznesni yuritishi bilan bog`liq xarajatlar oshadi, davlat xarajatlarida

kamayishlar yuz beradi va xorijiy investitsiyalar to`xtatilib qoladi. Ular korrupsiya moliyaviy va

gumanitar yordam ko`rsatish loyihalarida ishtirok etish xohishini o`ldirishini  ham bilishadi.

Bizlar hammamiz ham korrupsiya sog`lom va adolatli rivojlanish yo`lidagi asosiy barterligini

bilamiz. Butun Jahon banki biz qo`llab-quvvatlagan loyihalarda korrupsiyaga yo`l qo`yishni

xohlamaydi va bizning   faoliyatimiz halollikni eng yuqori standartlariga javob berishi uchun

chora ko`rayapmiz. Agar biz ishtirok etgan loyihalarimizda korrupsiya hodisalari borligini

aniqlasak, shu loyihalarni amalga oshirishni to`xtatamiz”.

Korrupsiyaning oxirgi o`n yillikda juda keng tarqalishi va globallashtirish  sharoitida

faqat alohida milliy iqtisodiyotlargagina emas, balki jahon iqtisodiy rivojlanishining

moslashuviga keltiradigan katta zarari , u bilan kurashni xalqaro darajada kengaytirish

kerakligini belgilaydi. Bunday kurashning tashabbuskori va rahnamosi bo`lib AQSh chiqdi.

AQShning iqtisodiyot va biznes ishlari bo`yicha Davlat kotibi yordamchisi Alan P. Larson

aytishicha, “Har qaysi mamlakat tijorat poraxo`rligi bilan kurash uchun javobgardir. Milliy

darajada qonun chiqarish choralari vositasida  kelishilgan harakatlar qabul qilish  vaqti keldi.

Harakatsizlik rivojlanuvchi jahondagi demokratiyani sndiradi. U, shuningdek, bizning

institutlarimiz va qadriyatlarimizga xavfli, parchalovchi  ta`sir ko`rsatadi”.

Ko`pchilik mamlakatlarning qonunchiligida ilgaridan shu mamlakatning rasmiy

shaxslarimi poraxo`rlik uchun jazolaydigan moddalar mavjud. Ammo mamlakat fuqarolarini

xorijiy davlatlarning rasmiy shaxslariga pora berishi uchun jazolaydigan modda birinchi marta

1977 yili AQShda, xorijiy korrupsiya to`g`risidagi qonun qabul qilingach, paydo bo`ldi. Bu


82

qonun va u bilan bog`liq bo`lgan hujjatlar o`nlab Amerika korporatsiyalarini sud tomonidan

ta`qib qilish va jazolashga asos bo`ldi. Bunda sud tekshiruvlarini qo`zg`atish va olib boorish

uchun kerak bo`lgan ma`lumotlarni bergan boshqa mamlakatlar hukumatlarining yordamidan

keng foydalaniladi.

 Daniya hukumati va Jahon Banki loyihasi asosida tashkl etilgan Indem jamg`armasi

xulosasiga ko`ra, “rossiyaliklarning har yiliga pora va boshqa noqonuniy to`lovlari summasi 36

mlrd dollarni tashkil etadi, bu Rossiya YaMM 12% idir, aslida bu ko`rsatkich bundan ham

yuqori, chunki ular minimal darajadagi sonlarga tayanganlar. Har bir biznes loyihasining 10% ni

pora “hazm qiladi”. Poralarning katta qismi -34,6%i sanitary xizmatlar, yong`in xavfsizligi,

34,2%i litsenziyalash organlari tomonidan olinadi. Soliq xizmati kabi moliyaviy tashkilotlarga

poralarning 22%i to`g`ri keladi. Indem tadqiqodchilari xulosasiga ko`ra, pora firmaning faoliyat

samarasiga deyarli ta`sir etmaydi. Bu poraxo`rlik oddiy bir jarayon bo`lib qolganligidan dalolat

beradi..


Kundalik turmush darajasida rossiyaliklar poralarning katta qismini o`z farzandlarini

o`qishga joylashtirish uchun – 449 mln dollar, undan keyin militsiyaga 368 mln dollar

“to`laydilar”.Rossiya fuqarolarining deyarli yarmi pora berish yoki bermaslik vaziyatida

bo`lishgan. Siyosatchilar orasidagi korrupsiyaga e`tabor berar ekan, Indem tadqiqodchilari,

avvalo, Rossiya Davlat Dumasidagi poraxo`rlikka alohida e`tabor berdilar. Davlat Dumasi

qo`mita a`zolarining “noqonuniy daromadi” rasmiy daromadlaridan tahminan 15-20 barobar

ziyod bo`lishi mumkin.

Tadqiqodchilar tomonidan poraxo`rlik davlat mansabdor shaxslari orasida avj

olishining 3 ta asosiy sababi aniqlangan: ish haqi pastligi,  pensiya chiqqandan keyin kambag`al

bo`lib qolish ehtimoli kattaligi va qonunlarning sustligi. Biroq Indem tadqiqotchilari xulosasiga

ko`ra , mansabdor shaxslarning ish haqlari ko`tarilishlari poraxo`rlik jarayonini kamaytira

olmaydi.


 Rossiyada davlat xizmatini isloh qilishga qaratilgan yangi qonun loyihasi keng

muhokama etilmoqda. Bundan maqsad davlat boshqaruv tizimini qayta tuzishdir.  Islohotlarning

hozirgi davrida bu ishni  vazirliklarni byudjet tomonidan subsidiyalash tizimini qayta ko`rib

chiqishdan boshlash rejalashtirilmoqda. Rossiyaning korrupsiyaga qarshi kurash usulida

korrupsiya deavlat boshqaruv organlari tizimining nomukammalligi sababli, davlat boshqaruvi

jamiyatga emas, o`z-o`ziga xizmat qila boshlashi seziladi.

 1993 yili Berlinda 20 mamlakat siyosatchilari va yirik biznes vakillari tomonidan

“korrupsiyalashgan amaldorlarga qarshi adolatli savdoning xalqaro standartlarini qo`llash va

jahon biznesiga yordam berish” ni o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan Transperens Ibreneshnl


83

(“Xalqaro shaffoflik”) ijtimoiy guruhi tashkil etilgan edi. Faol tashkilotchilari qatorida Butun

Jahon bankining sobiq rahbari Robert Maknamara , AQSh moliya vazirining sobiq o`rinbosari

Piter Makferson, Ekvador va Botsvananing vitse-prezidentlari, BMT, “Djeneral elektrik”

kompaniyalari va “Boing” ning yuqori mansabli hodimlari bo`lgan bu guruhning bayonotida

aytilishicha, “Xorijiy yordam sifatida ajratilgan mablag`lardan pul undirish va ularni

biznesmenlar va davlat amaldorlarining hisoblarida o`tirib qolishi faqatgina shu mamlakatlarda

qashshoqlikni kuchaytirib qolmay, balki shu yordamni moliyalagan rivojlangan mamlakatlarning

soliq to`lovchilariga qarshi qalloblikni ham ko`paytiradi. Hozirgi paytda bu tashkilotning

bo`limlari 60 mamlakatda faoliyat ko`rsatmoqda. 1999 yilning oktabrida Durban shahrida (JAR)

shu guruh tashkil qilgan, korrupsiyaga qarshi kurashga bag`ishlangan to`qqizinchi xalqaro

konferensiya bo`lib o`tdi. Konferensiyada 130  mamlakatning bir yarim minga yaqin vakili

ishtirok etdi. Ushbu guruh faoliyatinin maqsadi “xalqaro savdo standartlarini joriy etish va jahon

biznesiga korrupsiyaga qarshi kurashda yordam berish”dan iborat. Guruh a`zolari qabul qilgan

bayonotda quyidagi fikr qayd etib o`tilgan: “Xalqaro yordamning mansabdor shaxslar va

biznesmenlar hisob raqamiga tushishi davlatning yanada kambag`allashuviga olib keladi, shu

bilan birga, bu iqtisodiy yordam beruvchi rivojlangan davlatlar soliq to`lovchilariga nisbatan

qilingan qalloblikdir”.

Berlinda joylashgan “Transperensi Intereneyshnl” (Transparency International)

tashkiloti o`zining korrupsiyani baholash loyihasi bilan (corruption Perception Inex, CPI) 1995

yildan beri barchaga ma`lum. Bu indeks subyektiv fikrlar yig`indisi hisoblanadi. Transparency

ekspertlari boshqa tadqiqot markazlari ma`lumotlarini umumlashtiradilar. 2002 yilda to`qqizta

mustaqil tashkilot tomonidan 15 so`rov o`tkazildi. Ballar(10-ideal haqqoniylik, 1-sotqinlik) shu

davlatlar tadbirkorlari va mutahassislar tomonidan berilgan intervyularga asoslanib qo`yilgan 89

davlatdagi korrupsiya indeksi keltirilgan.

Surov natijalariga ko`ra, korrupsiyadan eng toza davlat deb Finlandiya e`tirof etildi.

Undan keyingi o`rinni Daniya, Yangi Zellandiya, Islandiya, Singapur va Shvetsiya egalladi.

Dunyodagi eng demokratik davlat sifatida tan olingan AQSH bu ro`yxatda 16-o`rinni band etdi.

Davlat xizmatchilarining ko`pchiligi korrupsiyaga aloqador mamlakatlar ro`yxatini

Kamerun, Boliviya, Qozog`iston, Vyetnam, Ukraina va Gruziya boshqarib bormoqda.

Korrupsiya faqatgina rivojlanayotgan davlatlarda avj olgan, deyish unchalik to`gri

emas. Ro`yxatga e`tibor beradigan bo`lsangiz ko`pgina boy, demokratik mamlakatlarda ham bu

illat ildiz otganiga amin bo`lasiz.

Davlat korrupsiyaning kambag`al mamlakatlarda “gullab-yashnayotgani” bor gap deydi

“Transperensi Interneyshnl” ning Britaniya bo`limi boshqaruvi raisi Lorens Kokkrodot. Lekin


84

Italiya, Gretsiya kabi Yevropa davlatlarida, suningdek, neftga boy bo`lgan Nigeriya, Angola,

Ozarboyjon, Indoneziya, Qozog`iston, Liviya, Venesuela kabi mamlakatlarda ham qulay quloch

yoyayotgani kishida tashvish uyg`otadi.

L. Kokkrodotning fikricha, neft eksport qiluvchi davlatlar aholisini mazkur davlat

neftdan qancha daromad olayotganidan muntazam xabardor qilib borishi zarur. Buning uchun

“Transperensi Interneyshnl” va boshqa nodavlat tashkilotlari xalqaro neft kompaniyalardidan har

yili mazkur davlatning daromadlari to`g`risida ma`lumot berib borishini iltimos qilmoqda.

Shunday mamlakatlar aholisi hukumatdan pullar qayoqqa ketayotgani to`g`risida

hisobot talab qilishi mumkin, deydi L.Kokkrift.

Taniqli milliarder Jorj Sorosning korrupsiyaga qarshi kurashga qaratilgan yangi

tashabbusi korrupsiyaning yirik biznesmenlarga ham sezilarli ta`sir etishidan dalolat beradi.

Uning fikricha, jahonda tushunarsiz holat ko`zda tutilmoqda: negadir allaqachon boy bo`lishi

kerak bo`lgan davlatlar hali ham kambag`al bo`lib qolishmoqda. Negadir Angola, Nigeriya va

boshqa shu kabi davlatlar neft, gaz, olmos va oltin kabi katta tabiiy zaxiralarga ega bo`la turib,

aholisi hamon qashshoq bo`lib yashamoqda?! Chunki bu zaxiralarni sotishdan kelayotgan

mablag` iqtisodiyotni rivojlantirish xalq turmush darajisini ko`tarishga sarflanmayapti. Shu

mablag`lar evaziga mansabdorlar hokimiyatni o`z qo`llarida ushlab turishibdi. Sorosning

taklifiga ko`ra, neft eksport qiluvchi xom ashyo rentasi sarflanishi ustodan nazoratni

kuchaytirishi kerak. Buni xalqaro birjalarda yangi qoidalarni joriy etish orqali amalgam oshirish

mumkin. Shuningdek, uning taklifiga ko`ra, yirik transmilliy koorparatsiyalar umumiy

ma`lumotlariga qo`shimcha ravishda davlatlarga to`layotgan mablag`ni ko`rsatishi kerak. Bu

ma`lumotlarni davlat xarajatlari bilan taqqoslab, mablag`ning qancha qismi o`g`irlanganligini

bilish mumkin.

Ikkinchi tashabbus rivojlanayotgan mamlakatlardan capital chiqib ketishini oldini

olishga qaratilgan. Soros taklifiga ko`ra, xomashyo realizatsiyasi bo`yicha alohida tartib

o`rnatish kerak. Qazib oluvchi kompaniyalar soliqlarni ro`yxatdan o`tgan joyda emasm balki

xomashyo olinadigam joyda to`lashlari lozim va hokazo.

Jahon banki mutahassislari o`tkazgan tadqiqotlarda korrupsiya darajisini aniqlovchi

asosiy omillar sifatida yangi korxonalarning bozorga chiqishi murakkabligi darajasi, huquqiy

tizimi samaradorligi xizmatlar sifati va raqobatbardoshligi ko`rsatilmoqda. Shuning uchun

asosan narxlarni erkinlashtirishga qaratilgan islohotlar korrupsiyani jilovlashga qodir kuchli

vosita hisoblanadi, chunki bunda davlatning talab va taklifiga ta`siri kamayadi, iqtisodiyotning

rivojlanishi samaradorligi oshadi. Lekin, narxlarni erkinlashtirish resurslarni taqsimlash

mehanizmi oydinlashtirgan korrupsiyani qisqartirishi mumkin. Aks holda koorupsiyani yanada


85

avj olishi uchun qo`shimcha sharoitlar yaratiladi. Narx va ishlab chiqarishni erkinlashtirish

amalga oshirilgan davlatlarda, byudjet keskin chegaralanadi yoki subsidiyalar qisqartirildi, bu

esa korrupsiyaning bir muncha qisqarishiga olib keldi. Bunday islohotlar qisman amalga

oshirilgan  davlatlarda esa, korrupsiyani o`sishi kuzatildi. Iqtisodiyoti o`sish bosqichida bo`lgan

davlatlarda korrupsiyani cheklashda raqobatni rivojlantiradigan siyosatni yurg`izish muhim

ahamiyat kasb etadi. Sust raqobat muhiti bozorning monopoliyalashishiga olib keladi, bunday

muhitda esa koorupsiya tez rivojlangan.

Raqobatni rivojlantirish, mavjud korxonalarni ochiq va halollik bilan qayta ko`rb

chiqsh va to`lov qobiliyati past bo`lgan firmalarni bozordan chetlashtirish kerak. Bunda barcha

korxonalar uchun ubir xil sharoit yaratish va raqobat qoidalarini buzuvchi qoidalarini qarshi

choralar joriy etilishi zarur. Tabiiy monopoliya bo`lmagan barcha sohalarda demonopolizatsiya

va xusiylashtirishni amalga oshirish va shu orqali raqobat muhitini yaratish kerak. Ushbu

tadbirlar amalga oshirilgan davlatlarda (masalan, Polsha va Vengriyada) koorupsiya darajasi

islohotlar amalga oshirilmagan davlatlardagiga nisbatan sezilarli darajada qisqardi. Korrupsiya

va mansab suistemolchiligini oziqlantiruvchi yana bir manba- bu, tashqi iqtisodiy faoliyatning

to`g`ri yo`lga qo`yilmaganligi va turli kvotalar, ustama tariflar va imtiyozlar tizimi

takomillashtirilmaganligidir. Bunday holatda bojxonalachilar  tovarlarni imtiyozli tovar sifatida

rasmiylashtirib, evaziga importyorlardan pora olish mumkin. Bu sohada korrupsiyani cheklash

uchun kvotalarni tariflarga almashtirish, tarif va imtiyoz stavkalarini bir xil ko`rinishga olib

kelish kerak. Jaxon Banki mutahassislarining fikricha, joriy investitsiyalari bo`lgan korxonalar

uchun ko`plab imtiyozlar berish, “ochiq iqtisodiy hudular tashkil etish “ bu sohalarda

korrupsiyaning rivojlanishiga olib keladi. Bunday choralar investitsiyon faollikni oshirmaydi

aksincha byudjetga salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin, shuningdek, ba`zi sohalara mansabdor

shaxslarning o`zbilarmonchiligini oshiradi, bu esa korrupsiani oshishi demakdir. Mana shuning

uchun eksport va import bo`yicha cheklashlarni kamaytirib boorish va chet el investitsayalarini

jalb etish bo`yicha to`g`ri siyosatni tanlash tavsiya etiladi.

Ba`zi hollarda bir guruh manfaatlarini himoya qiluvchilar tashqi savdodan

proteksionizmni qo`llab, foyda olishadi, lekin shu bilan tashqi savdo sohasida davlatning ortda

qolib ketishiga sabab bo`ladilar. Jaxon Banki mutaxassislari fikricha, proteksionizmga qarshi

xalqaro qoidalar asosida kurashish kerak. XST (Xalqaro savdo tashkiloti)ga a`zo bo`lish ham

korrupsiya va suistemolchilikni ma`lum darajada qisqartiradidan chora sifatida baholanadi ammo

korrupsiyani cheklaashga erishgan davlatlar tajribasi shuni ko`rsatadiki, korrupsiyaga qarshi

kurash usulidan qat`i nazar, bu kurash samarali bo`lishi uchun davlatda kuchli nodavlat

tashkilotlari va rivojlangan fuqarolik jamiyati bo`lishi shart.


86

Jamoatchiligning doimiy nazoratisiz korrupsiyani yengib bo`lmaydi.

Darhaqiqat, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti  I.Karimov qayd etganidek, “Biz

davlatning nazorat funksiyasini oshirib, nazorat qilish organlari sonini ko`paytirganimiz sayin,

mansabdor shaxslar orasida korrupsiya ham shunchalik oshadi. Shuning  uchun  bizning  davlat

boshqaruv  organlarining  faoliyati  ustidan jamoatchilik  nazoratini  kuchaytirishdan  boshqa

iloj yo`q”.

Mustaqillikning  dastlabki  kunlaridan boshlaboq  mamlakatimizda korrupsiya,

jinoyatlarga qarshi kurashish huquq-tartibotini, inson huquqlarini himoya qilish davlat siyosatini

ustuvor yo`nalishlardan biriga aylandi. Korrupsiya va jinoyatlarga qarshi kurash inson

huquqlarini ro`yobga chiqarish, davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarini isloh etishda,

jumladan, huquq-sud islohotlarini amalgam oshirishda muhim manba, tayanch nuqtasi bo`lib

xizmat qilmoqda.

Konstitutsiyaning muqaddimasida inson huquqiga, demokratiya va ijtimoiy  adolatga

sodiqlik, insonparvarlik demokratik-xuquqiy davlat barpo etish maqsadida  tantanali ravishda

e`lon qilindi. Sobiq sho`rolar davridagi konstitutsiyalardan farqli o`laroq, “davlat manfaatlari har

narsadan ustun” prinsipidan voz kechib, davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga

xizmat qilishga hamda organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida ma`sul

ekanligi qat`iy belgilab qo`yildi.

O`zbekiston Respublikasi Prokuraturasining 2003-yilning birinchi yarimidagi

faoliyatiga bag`ishlangan majlisida Prezidentimiz Islom Karimovning Vazirlik Mahkamasi

yarim yillik yakunlariga bag`ishlab o`tkazilgan majlisdagi mamlakatda qonuniy va huquq-

tartibotni yanada mustahkamlash, jinoyatchilikka qarshi kurashani, fuqarolarning huquqlari va

qonuniy manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish borasida qo`yilgan vazifalar ijrosiga oid

masalalar muhokama qilindi. Prokuratura va boshqa huquq-tartibot organlari o`zlariga

yuklatilgan nazorat faoliyatini amalga oshirishda asosiy e`tiborni iqtisodiyotni erkinlashtirish,

tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash, aholini ijtimoiy muhofaza qilishga qaratgan. Birgina 2003-

yilning birinchi yarmida 90 mingdan ziyod prokuror nazorati hujjati qo`llanib, mansabdor

shaxslarning 7 mingga yaqin g`ayriqonuniy huquqiy hujjatlari prokuraturalar protestlari asosida

bekor qilingan, yetkazilgan moddiy zararning 1,5 mlrd so`m va 15590 AQSH dollari  aybdor

shaxslari tomonidan ixtiyoriy to`langani qayd etildi.

Shuningdek, ish-xaqi bo`yicha  hisob-kitoblari  o`z  vaqtida  amalga oshirilishi uchun

vazirliklar, idoralar va korxonalar  rahbarlarining  ma`suliyatini oshirishga qaratilgan chora

tadbirlar natijasida 2,2 mlrd so`m ish haqining to`lanishi hamda bu sohada qonun buzilishiga



87

yo`l qo`ygan 2 mingdan ortiq mansabdor shaxslarning intizomiy, ma`muriy javobgarlikka

tortilishi taminlangan.

O`zbekiston Respubikasi Oliy Majlisi ikkinchi chaqiriq oltinchi sessiyasida “Adolat-

qonun ustuvorligida” deb nomlangan ma`ruzasida davlatimiz rahbari sud-huquq tizimida

erishilayotgan ijobiy natijalarni qayd etish bilan birga, bu sohada hamon sovet tizimida asoratlari

sezilayotganda qattiq tanqid ostiga oldilar.

Sodir etilgan jinoyat uchun jazolarning repressiv uslubi bo`lmish ozodlikdan mahrum

qilish bilan bog`liq jazo tayinlashini qisqartirishi hisobiga adolat va insonparvarligi tamoyillarini

kuchaytirish konsepsiyasini ilgari surgan muhtaram Yurtboshimizning tashabbusi bilan 2001-yil

26 avgust kuni O`zbekiston Respubikasi Oliy Majlisi ikkinchi chaqiriq oltinchi sessiyasida

“Jinoiy liberallashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respubikasi Jinoyat, Jinoyat-protsessual

hamda Mamuriy javobgarlik kodekslariga o`zgartirish va qo`shimchalar haqida”gi qonun qabul

qilindi. U 2001 yil 18 oktyabrdan kuchga kirgan, adolat va insonparvarlik, bag`ri kenglik va

izzat-hurmar ruhi bilan sug`orilgan bu qonunda ko`ra, jinoiy jazolarining liberallashtirilishi yoki

yumshatilishi jinoyat qonunchiligida tub burilish, tizimida inqilob yasadi.

Endilikda jinoyat sodir etgan fuqarolarini qanday qilib bo`lsada jazolash, yanada

qo`rqitish emas, balki imkoni boricha jinoyatning oqibatini tugatish, zararni bartaraf etish, o`sha

shaxslarni to`g`ri yo`lga kirishiga yordam berish, tuzatib, yaxshilash asosiy masalaga aylandi.

Ilgari hukm etilgan 130 shaxsga nisbatan jinoyat  ishlari  to`xtatildi. Sudlar tomonidan

tayinlangan jazo yangi qonunga muvofiqlashtirishi  jarayonida  5619 shaxsning jazosi

yengillashtirildi. Qator jinoyatlar ta`qiblari qayta tasniflanganligi sababli jazoni ijro etish

koloniyalarida ozodlikdan  mahrum  jazosini  o`tayotgan 2040 mahbus yengilroq turdagi

koloniyalarga o`tkazildi.

Ikkinchidan, mazkur qonun bilan Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan 87 jinoyat tarkibi

bo`yicha jazolar yengillashtirildi, jumladan, 26 jinoyat tarkibi bo`yicha tegishli moddalarda

ozodlikdan mahrum yoki qamoq jazosi o`rniga jarima jazosi joriy qilindi.  Shunday qilib, mazkur

qonunning qabul qilinishi 187 jinoyat tarkibi bo`yicha jarima jazosi qo`llash imkoniyatini

ta`minladi. Natijada jazolaganlarning 1999-yilda 2,1 foizi, 2000 yilda 1,8 foizi nisbatan jarima

jazosi qo`llanilgan bo`lsa, 2003 yilning birinchi yarmida bu boradagi ko`rsatkich 12,8%ga yetdi.

Uchinchidan, iqtisodiy zarar etkazish bilan bog`liq qator jinoyatlar oqibatida

yetkazilgan moddiy zararning  o`rni  qoplanilmasligi  qat`iy belgilandi. Jazo chorasi sifatida

iqtisodiy sanksiyalarni kuchaytirish bilan birga ozodlikdan mahrum qilish jazosini qo`llash

chegarasi kamaytirlishi bilan  birga  tasodifan jinoyat oqibatida yetkazilgan zarar o`rnini

ixtiyoriy ravishda qoplashlar rag`batlantirildi.


88

Jinoiy  jazolarning   liberallashtirishilishini  jinoyatchilikka,  ayniqsa, korrupsiyaga

qarshi   kurashish   arayonidagi   susayish   deb  tushunish  kerak emas.  Chunki,  Yurtboshimiz

ta`kidlaganlaridek, “Jinoyachilikni  oldini olish, unga qarshi kurash samaradorligi, jazoning

og`irligi va shafqatsizligiga emas, balki birinchi navbatda, qonunni buzgan shaxs jazoning

qanchalik muqarrarligini nechog`lik anglashiga bog`liq”.

Liberallashtirish korrupsiyaga qarshi kurashishda strategik qurol sifatida joriy qilinishi

qonun ustuvorligi, ijtimoiy adolat, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta`minlashga xizmat

qilmoqda.


89

XULOSA VA  TAKLIFLAR

Bizga  ma`lumki  iqtisodiyotni  rivojlantirish  iqtisodiy   xavfsizlik  asosida  rivojlanish

va  rivojlanish  barqarorligini  ta`minlovchi  muhitga  o`xshash   muhitni  tashkil  etuvchi

omillar  yotadi.  Milliy  va  iqtisodiy  xavfsizlik  quyidagi   sinflardan  iborat:  siyosiy  harbiy

axborot,  iqtisodiy  va  ijtimoiy- iqtisodiy  xavfsizlik.  Iqtisodiy  xavfsizlikni  ta`minlashning

asosiy  ustuvor  yo`balishlari  milliy  manfaatlar,  real  va  potensial  xavflarga  bog`liq   ravishda

aniqlanadi.

 Ana  shu  fikrlardan  kelib  chiqqan  holda  ushbu  tayyorlangan  B.N.I ga   quyidagi

xulosalarni   keltirish  lozim  bo`ladi:

                       

1.  Milliy    iqtisodiyotning    asosiy    manfaatlari    asosi       va     islohotlarning    eng

muhim  strategik  vazifasi  bo`lmish  iqtisodiy   va  milliy  xavfsizlik  asosi  ijtimoiy-iqtisodiy

barqarorlikni  ta`minlash,  shaxsiy  va  mulkiy   dahlsizlik; yashash  minimumi;  inson

faravonligi  va  boshqalar   ko`rib  chiqilgan.

            2. Iqtisodiy  xavfsizlikning  qisqacha  tahlili   ta`qiq  qilingan  respublikamizda

makroiqtisodiy  va  moliyaviy  barqarorlikni  mustahkamlash  to`lov   intizomini  yaxshilash,

iqtisodiy  xavfsizlikning  asosiy  omillari  hisobga  olingani  borasidagi  ijobiy  natijalari

ko`rsatilgan.

           

3.Iqtisodiy   xavfsizlikning   ichki  omillari –tabiiy   landshafti   va   qor   bilan

qoplangan  baland  tog`lari,  sersuv  daryolari  va  butunlay  sersuv  daryolari  va  butunlay

sersuv  maydonlari  borligi; Internet  axborot-informatsion  vositasidan  keng  foydalanishda

xavfsizlikni  ta`minlash  masalalarini  mavjudligi.

  4. Davlatning     iqtisodiiy  xavfsizlik  tizimi,  bosqichma - bosqich  amalgam

oshirilayotgan  yangilanish  va  taraqqiyot  siyosati  iqtisodiy  xavfsizlikni  ta`minlashda

mamlakatimiz   iqtisodiyoti  hamda  ijtimoiy  soha rivojlantirishning   eng  muhim  ystuvor

yo`nalishlari  bo`yicha  amalgam  oshirilayotgan  chora-tadbirlar;

        


5 . Xavfsizlikni   ta`minlashda   byudjet,   moliya,   soliq   va   agrarsiyosatdagi

ustuvorliklar  aniq  belgilangan  reja  asosida  barcha  bo`g`inlarda  islohotlar  mohiyatini

anglagan  holda  bajarilishi  milliy xavfsizlikning  asosiy  omilidir.

        


6. Strategik   hamkorlik   mintaqaviy   xavfsizlikning   asosi   bo`lib,   jahonning

nufuzli  xavfsizlik  tizimida  O`zbekistonning  AQSH   va  NATO  bilan  hamkorligi

xavfsizlikni  ta`minlashning  asosiy  yo`nalishi  sifatida  ko`rinadi.

         7. Respublika  xavfsizligini  ta`minlashda  asosiy  yo`llardan  biri  korrupsiyaga

qarshi   kurashish  o`tish  iqtisodiyotida  vujudga  keladigan  xavf-xatarlar,  korrupsiyaga  qarshi


90

kurashishda  xalqaro  va  huquqiy  to`siqlar  va  lenirallashtirishdan  keng  foydalanishni  ko`zda

tutadi.

        


8. Davlat   va   huquqiy   vakillarning   korrupsiyaga   aralashuvi   juda   xavfli

holatdir.  U oxir  oqibat  mamlakatda  beqarorlikni  keltirib  chiqaradi  va  hokazo.

          

Yuqorida   keltirilgan    xulosa   va   takliflardan   kelib   chiqib   o`tish   davri

iqtisodiyotida  iqtisodiy  xavfsizlikni  takomillashtirib  borishni  nazardan  qochirmaslik  maqsad

sari   intilishda  muhim  rol  o`ynaydi va  h.k.



91

ADABIYOTLAR RO`YXATI

1. Karimov I. A. O`zbekiston XXI bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik

shartlari va taraqqiyot kafolatlari.— T.: “O`zbekiston”, 1997.

2. Karimov I. A. iqtisodiy rivojlanish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish. “Xalq

so`zi”, 2002-yil, 25 yanvar.

3. Karimov I. A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. 10-tom, —T.:

“O`bekiston”, 2002.

4. Karimov I. A. O`zbekistonda demokratik o`zgarishlarni yanada chuqurlashtirishning

asosiy yo`nalishlari va O`zbekistonda fuqarolik jamiyatini asoslarini shakllanirish. O`zbekiston

Respublikasining Prezidentining ma`ruzasi. “Xalq so`zi”, 2002-yil, 30-avgust.

5. Karimov I. A. 2003-yilning birinchi yarmida mamlakatimiz iqtisodiyoti hamda

ijtimoiy sohani rivojlantirish yakunlari va bu sohalarda eng muhim ustuvor yo`nalishlar bo`yicha

amalgam oshiriladigan chora-tadbirlar haqida: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom

Karimovning Vazirlar Mahkamasi Majlisidagi ma`ruzasi. “Hamkor”,   2003-yil   24-iyul.

6. Karimov I. A. Milliy armiyamiz — mustaqilligimizning, tinch va osoyishta

hayotimizning mustahkam kafolatidir.-T.: “O`zbekiston”, 2003.

7. I.A.Karimov “ jahon  moliyaviy- iqtisodiy  inqirozi,  O`zbekiston  sharoitida  uni

bartaraf  etishning  yo`llari  va  choralari “. T.   “O`zbekiston”. 2009 y.

8. I.A.Karimov “ 2012 yil  Vatanimiz  taraqqiyotini  yangi  bosqichga  ko`taradigan  yil

bo`ladi “  Toshkent  2012 y.

9. I.A.Karimov “Inson  manfaati,  huquq  va erkinliklarini  ta`minlash,  hayotimizning

yanada  erkin  va  obod  bo`lishiga  erishish –bizning  bosh  maqsadimizdir”. O`zbekiston

Respublikasi  Konistitutsiyasining  20  yilligiga  bag`ishlangan  nutqi.  Toshkent 2012 y.

10. Oliy Majlisning O`zbekiston xalqiga murojaati. “Xalq so`zi”, 2001-yil 7-dekabr.

11. “O`zbekiton iqtisodiyotida xususiy sektorining ulushi va ahamiyatininng tubdan

oshirish chora tadbirlari to`g`risida” O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-uil 24-

yanvardagi PF-3202-sonli farmoni.

12. Qishloq xo`jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo`nalishlari

to`g`risida. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil, 24-

martdagi PF-3226-sonli farmoni.

13. IshmuhamedovA.E., Kalanova L., Rahimova M., Rahmonova t. Bozor

munosabatlari sharoitida milliy iqtisodiyotning rivojlanishi. – T .: « O`qituvchi», 1996.

 14. Ishmuhamedov a.e., Shibarshova A.I. Регулирование  экономики  в  зарубежньx

cтранаx.  –Т.:  ТГЭУ,2000.



92

 15. Ishmuhamedov A.E., Shibarshova A.I. Интеграция в мировую экономику. –Т .:

ТГЭУ, 2000.

16. Основъ  таможенного  дело: Учебное  пособие (под  обшей  редю

У.Т.Каримова). Т., “ Мир,экономики и  право “ ,1998.

17. Tuxliyev N.,Kremensova A., O`zbekiston  Respublikasi  ensiklopedik

ma`lumotnomasi. O`zbekiston  milliy  ensiklopediyasi, -T .:2002.

18. Ishmuhammedov A.E. va  boshqalar.  O`zbekiston  milliy  iqtisodiyoti . –T.: TDIU,

2000.

19. Karimova Z.  Xalqaro  mehnat  bozori. « Hamkor », 2003  yil,  24 iyul.



20. O`zbekistonning   kumush  qanotlari. “Xalq  so`zi”, 2003 yil, 24  may.

21. Ahmedov E.A. O`zbekiston  Respublikasi . Qisqacha  ma`lumotnoma. T.,

«O`zbekiston»,   1993.

22. Shermatov K. Internet  ommaviy  axborot  vositasimi yoki… ?, “Xalq so`zi”, 2003

yil , 25 iyun.

23 Milliy  armiya –mustaqilligimiz  tayanchi. “Xalq so`zi”. 2003 yil, 4 fevral.

24. Behuda  sovirilayotgan  valyuta. “Xalq so`zi”, 2003 yil, 6 mart.

25. www.envrasianews.com



Document Outline

  • “5140500-Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari” ta’lim yo’nalishi 4 -kurs talabasining bakalavr darajasini olish uchun
  • “IQTISODIY XAVFSIZLIK VA UNING AHAMIYATI”
  • mavzusidagi

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling