cheklangan sherikchilik (limited liability partnership - LLP). Bu oxirgi
tashkil qilingan tadbirkorlik faoliyati turlaridan biridir. Ro‘yxatga o‘tkazuvchi
sub]ekt tomonidan ro‘yxatga olinadi. Korxona mulkiga yuridik shaxs egalik
qiladi ya’ni a’zolar. Korxona uning hamma qarzlari uchun o‘zi javobgar bo‘ladi,
hech qanaqa a’zolar o‘rtasida shaxsiy javobgarlik bo‘lmaydi. Agarda korxona
bankrot bo‘lsa, sheriklar qo‘ygan sarmoyasidan judo bo‘ladi, ammo korxona
mulki bo‘yicha ularda hech qanaqa majburiyat bo‘lmaydi. SHeriklar sherikchilik
shartnomasida bu haqida kelishib olishadi, ammo shunday kelishishga qonun
majburlamaydi. SHunga qaramasdan, sherik tomonidan ikki yil mobaynida uning
xatosi bilan korxona bankrot bo‘lsa, sud unga nisbatan majburiyat yuklashi
mumkin. LLPning tajribasi hozirgi kungacha shuni ko‘rsatadiki, 2000-yildagi
LLP akti advokatlar, buxgalterlar va boshqa mas’uliyatli shaxslar tomonida keng
qo‘llanilgan. LLP 2000 Aktining hamma boblari va yo‘nalishlari hamda boshqa
qoidalar 1985 yilgi Korxonalar to‘g‘risidagi qonunga (UK Companies Act 1985)
asoslanadi. 2007 yil noyabrda hukumat 2006 yilgi Korxonalar to‘g‘risidagi
qonunnig LLP qismiga alohida to‘xtalib o‘tdi. E’tiborlisi shuki, LLP o‘rta biznes
qatlami uchun qo‘llaniladi, vaholanki u yirik kompaniyalar tomonida tashkil
26
topilishi lozim. Aniq bo‘lishicha, hozirda LLPning 2006 yilgi Korxonalar
to‘g‘risida qonuning unga bog‘liq qismi yangilanish lozim. Qonunning bo‘limlari
endilikda LLPga a’zo bo‘lmoqchi bo‘lgan shaxslar hamda ayni paytda
a’zolarining o‘rtasida aniq muvozanatni yaratishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |