Qarshi davlat universiteti ingliz tili va adabiyoti kafedrasi
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
xviii asr ingliz marifatchilik adabiyotida asosiy adabiy janrlarning spetsifikasi (1)
I Bob yuzasidan xulosa
I bobda XVIII asr ingliz ma’rifatchilik davri adabiyotida lirika mavzusi o’sha davrda yashab ijod etgan shoirlar A.Poup, R.Berns ijodi namunasida o’rganib chiqildi. Ma’rifatchilik adabiyotda, avvalo, o’quvchilarni tarbiyalash asosida ijtimoiy hayotni isloh qilish mumkin deb hisoblaydi. Shuning uchun ham ma’rifatchilik adabiyoti namunalarida ko’pincha qahramonlar orasida ochiq g’oyaviy kurash kechadi.
Lirika, ya’ni she’riyat uyg’onish davri va klassizm an’analarini davom ettirgan holda, ma’rifatchilik g’oyalari bilan sug’orilgan ko’plab yangi asarlar bilan boyidi.Bu borada shotland xalqining buyuk farzandi erksevar, xalqparvar otashin shoir Robert Berns go’zal lirik she’rlar, shuningdek jamiyatdagi illatlarni keskin qoralovchi tanqidiy asarlari bilan mashhur bo’lgan shoirlar Aleksandr Pop, O.Goldsmitlarning xizmatlari beqiyos bo’ldi.
XVIII asr ingliz she’riyatidagi buyuk xizmatlari uchun Aleksandr Poup nomi ingliz adabiyotida benihoyat hurmat bilan tilga olinadi. U o’zining she’rlari, esseylari, ocherk va tanqidiy asarlari bilan mashhur bo’lgan ingliz shoiridir. Uning o’zgarmas nuqtai nazari shunda ediki, u etik va estetik qadriyatlarning chin tarafdori edi. U satirik sifatida ham mashhur adiblardan biridir.U jamiyatdagi illatlarni keskin qoralaydi.Pop she’riyatining g’aroyib va mukammalligi shunda ediki, she’riyat va siyosatdagi dushmanlariga nisbatan achchiq kinoya bilan hujum qilishi uni jamiyatda yengib bo’lmas shaxs hamda yuksak mavqega erishishiga sabab bo’ldi.
Rober Berns ijodi o’z vataniga cheksiz muhabbat, uning kelajagi va ozodligiga ishonch ruhi bilan sug’orilgan va uning asarlari o’zining xalqchilligi bilan jahon adabiyoti xazinasini boyitdi.Soddalik, tabiatga yaqinlik, erksevarlik va isyonkorlik Robert Bernsni XVIII asr shoirlari orasidan oldinga olib chiqdi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling