Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti noorganik kimyo kafedrasi
Gel-filtrasiya yoki gel-xromatografiya usuli
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
FTU
Gel-filtrasiya yoki gel-xromatografiya usuli. Gel-xromatografiya usulida
maxsus kolonkalar (odatda ular zanglamaydigan po’latdan tayyorlangan bo’ladi) har xil suyuqliklarda yaxshi bo’kadigan tikilgan polimer iviqlar bilan to’ldirilgan bo’ladi. Suvli eritmalarda ishlash uchun sefadeks-S (epixlorgidrin bilan tikilgan dekstran), biogel-R (bis-metilen-dimetakrilamid bilan tikilgan poliakrilamid), sferon-R dimetakrilat-etilenglikol bilan tikilgan polioksietilmetakrilat), organik eritmalar uchun sefadeks-LH, stiragel (divinilbenzol bilan tikilgan polistirol) va maxsus tayyorlangan g’ovak shishalar qo’llaniladi). Yuqori molekulyar birikmaning molekulyar massasini aniqlash uchun, u eritiladi va eritmasi iviq to’ldirilgan kolonkaga yuboriladi. So’ng bu kolonka erituvchi bilan yuviladi. Polimer molekulyar massasining kattaligiga qarab iviqning g’ovaklarida taqsimlanadi. Molekulyar massasi katta bo’lgan polimer kolonkadan oldinroq yuvilib chiqadi. Molekulyar massasini hisoblash uchun Mur tenglamasidan foydalaniladi: V=C 1 -C 2 lgM (3.6) bu yerda V-makromolekulaning kolonkadan yuvilib chiqqan hajmi, С 1 va С 2 lar makromolekula va erituvchi tabiatiga bog’liq bo’lgan kattaliklar. C 2 va С 2 larni aniqlash uchun qo’llanayogan kolonka darajalanadi, ya’ni qo’llanayotgan polimerning molekulyar massasi aniq bo’lgan 7-8 ta fraksiyasi kolonkadan yuvib chiqariladi va ularning chiqish hajmi aniqlanadi. So’ngra V-IgM koordinatlarda grafik chizilib С 1 va С 2 larning qiymati aniqlanadi (C 1 - egri chiziq bilan ordinata o’qining kesishgan qismi, С 2 - esa egri chiziq hosil qilgan burchak tangensiga teng bo’ladi). Yuqori molekulyar massani aniqlash uchun berilgan usullar asosan polimer eritmasining u yoki bu xususiyatini tekshirishga asoslangan. Lekin har doim ham polimerni eritish uchun qulay erituvchi tanlash imkoniyati bo’lavermaydi yoki polimer umuman erimasligi mumkin. Bunday hollarda makromolekula uzunligiga bog’liq bo’lgan har qanday fizikaviy xossalardan foydalanish mumkin. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling