Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zoologiya kafedrasi


Asalarilar varroatozkasalligini davolash usullari va metodlari


Download 1.26 Mb.
bet18/21
Sana15.06.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1477816
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
sha

3.2. Asalarilar varroatozkasalligini davolash usullari va metodlari.

Asalarilar akarapidoz va varroatoz kasalligiga qarshi rus olimlari N.M.Stolbov (1980) va O.A.Modin (2005) tomonidan kelib chiqishiga ko’ra ko’p sonli kimyoviy, biologik preparatlar hamda tabiiy va zootexnik metodlarni tavsiya etadi.


Rus olimi V.Karpov (1996) Asalarilarning varroatoz va akarapidoz kasalliklariga qarshi choy o’ti (chabrets) o’simligini tavsiya etadi. Buning uchun choy o’tining 100 gr miqdordagi ildizi, barglari va gullarini maydalab, myasorubkadan o’tkazib 2 qavatli dakaga o’rab va uning ustki tomonidan polietilen plyonka bilan qoplab hosil bo’lgan doka paketni asalari uyasi tagiga joylashtiriladi.
Asalari oilalari kanalardan xoli qilishning bir nechta zootexnik usullari ham mavjud bo’lib ulardan biri asalarilar uyasini bo’rtib chiqqan erkak arilar chiqadigan katakchalarini qoplamini kesib tashlash orqali truten individlari chiqishini kamaytirish yo’li orqali amalga oshirish mumkin. Chunki erkak trutenlar uydan tashqariga faqat urg’ochisini urug’lantirish vaqtida uchib chiqadi, aksariyat vaqtda esa inida bo’ladi va va ona asalari tuxum qo’digan yangi karaklarga kirib chiqib kanalarni tug’iladigan yangi ovlodini ham zararlanishiga sabab bo’ladi. Bu usul asalarilar oilasida parazitlar miqdorini 20-30% ga kamaytiradi (Grobov O.F. 1987)
Rus olimi V.I.Maslenkinov (1987) kanalarga qarshi erkak arilrdan (trutenlardan) tuzoq sifatida foydalanish bo’yivha ishlab chiqilgan metod 48-58% miqdorda akaratsit samaradorlikka ega ekanligi haqida ma’lumot beradi.
Rus olimlari O.F.Grobov, A.K. Lixotin (1989) bergan ma’lumotlariga ko’ra urug’lanmagan ya’ni yosh asalarilar oilalarida kanalarga qarshi akaratsit preparatlar qo’llash yaxshi natija bergan. Bu fikrni V.Karpov (1996) ham ma’qullaydi. Chunki u kanalar bilan zararlangan urug’langa asalarilar oilalariga nisbatan urug’lanmagan yangi yosh asalari oilalari qishdan to’liq sog’lom chiqishini ta’kidlaydi.
Shuning uchun ham asalarilar akarapidozga qarshi kimyoviy kurash choralari, zootexnik kurash, asalari oilalaridani tanlash, asalari qutilarini yog’och qurilish materiallaridan yasash va asalari oilalarini boshqa arizorlardan izolyatsiya qilish kabi tadbirlar asalarilari oilalarini akarapidoz bilan zararlanishini minimal darajada kamaytiradi.
Biz bilamizki kimyoviy elementlar ichida og’ir metallar o’ta zaharli hisoblanadi. D.J.Vud (V.M.Wood, 1974) klassifikatsiyasiga muvofiq tirik organizmlar uchun ko’pgina kimyoviy elementlar zaharli, bularning ko’pchiligi esa og’ir metallar: marganets, rux (sink), mis, berilliy, kobalt, olovo, molibden, mishyak va boshqalar hisoblanadi.
Bu gruppaga marganets, rux (sink), mis, kobalt va molibden kabi mikroelementlarning kiritilishi g’alati ko’rinsada, aslida ularni metabolizm jarayonlaridgi o’rni, fiziologik ahamiyti ilmiy tadqiqotlarda, fanda isbotlanib qolmasdandan chorvachilik, o’simlikshunoslik va tibbiyot amaliyotida foydalanilmoqda. Ko’pgina og’ir metallar ma’lum bir konsentratsiyada tirik organizmlar shakllanishi va o’sishi uchun o’ta zarur hisoblanadi (Dikson M., Uebb E.,1961).
Varrotozga qarshi Asalari oilasini tashqi harorat salqin joyda 140S dan past bo‘lmaganda,tekshirishga kirishiladi. Agar umumiy ahvoli qoniqarli bo‘lsa, u holda to‘liq tekshirish ishlari havo harorati 16–180S bo‘lguncha qoldiriladi. Asalari oilasini tekshirayotgan vaqtda asalarichining qo‘li toza, oq yoki qora xalat hamda qo‘lansa hid kelmaydigan (atir, upa, piyoz, sarimsoqpiyoz, benzin, kerosin, ter hidi) kiyimlarni kiyishi kerak, shunda asalarilar kam bezovtalanadi va chaqishga harakat qilmaydi. Tekshirishda tutatgich yordamida asalari uyasiga asalari kiradigan tuynukcha orqali 2–3 marta tutun tutatilada, oradan 1–1,5 daqiqa o‘tgach uya qopqog‘i ochilib, ustki yopqichning bir chekkasini qaytarib, sekin-asta ramkalarni asalarichi iskanasida sug‘urib olib, tekshirishga kirishiladi. Uyani tekshirish vaqtida asalarilar bilan ishlash qoidasiga (uyani taqillatmay, asalarilarni bezovtalantirmay) amal qilish kerak. Asalarichi asalari kiradigan tuynukcha oldini to‘sib qo‘ymasligi lozim, u uyaning yon tarafida turib ishlashi zarur, aks holda asalarilar bezovtalanadi. Bundan tashqari, asalari uyasi tekshirilayotgan paytda, qo‘shni uya asalarilari o‘g‘irlikka kirayotganini sezsa ham asalarilar bezovtalanadi. Shuning uchun tekshirishni darhol keyingi qatordan boshlash kerak. Uyadan sug‘urib olingan ramkalarni uya ustida kuzatish tavsiya etiladi, shunda ramkadan to‘kilgan yosh asalarilar uyaga tushadi. Ramkalarni asalarilardan tozalash kerak bo‘lsa, g‘oz patidan tayyorlangan supurgi yoki boylangan bir tutam o‘t yordamida, asalarilar supurib tushiriladi. Agar o‘sha ramkada yosh asalari qurtchalari va yangi keltirilgan gul shirasi bo‘lmasa, u holda ramkaning ikki chetidan mahkam ushlab, asalarilarni silkitib tushirish mumkin. Oilaning ichki hajmi kengaytirilayotganda yuzaki tekshiriladi va chekkadagi ramkalarni bir oz chetga surib, ularning o‘rniga kengaytirishga mo‘ljallangan ramkalar qo‘yiladi. Agar tabiatdan shira kelayotgan bo‘lsa, u holda asalari uyasining kerakli joylariga mumpardali ramkalar beriladi.
Asalari oilasining rivojlanishiga asosan varroatoz, akarapidoz, amerika va yevropa chirish, nozematoz, askosferoz kasalliklari va pestitsidlar bilan zaharlanish va boshqa bir necha xil infeksion va invozion kasalliklar halal beradi. Varroatoz kasalligi asalarilarning eng xavfli kasalligi bo‘lib, kanalar ishchi, erkak va yosh asalari nasli tanasida parazitlik qilib yashaydi. Agar yil davomida varroatozga qarshi kurashilmasa, asalari oilasi nobud bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, har xil asalarixo‘r qushlar ham asalarilarga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Asalari kasalliklarining oldini olishning asosiy yo‘llaridan biri – baquvvat oilalarni saqlash, zooveterinariya qoidalariga asosan har yili asalari oilalarini veterinariya vrachi ko‘rigidan o‘tkazish va asalarilarga bahorda antibiotik dorilar qo‘shilgan qo‘shimcha oziqalar berishdir. Asalarilardagi ko‘pgina kasalliklar deyarli bir xil belgiga ega. Shuning uchun ham faqat mutaxassislargina kasallikni aniqlay olishlari va unga qarshi muvaffaqiyatli davolash tadbirlarini qo‘llashlari mumkin. Kasallikning dastlabki belgilari paydo bo‘lishi bilanoq, asalarilardan namuna olib, yaqin oradagi veterinariya laboratoriyalariga murojaat qilish maqsadga muvofiqdir.
Varroatoz juda xavfli yuqumli kasallik bo‘lib, kasallangan asalari oilalari birgina davolagan bilan ular tuzalmaydi. Davolash usulini varroatozdan xoli bo‘lish uchun ko‘riladigan chora-tadbirlarni yordamchi vositasi sifatida qarash mumkin. Bir marotaba davolash orqali asalari oilasini akarapidoz kasalligidan to‘liq sog‘ayishini ta’minlab bo‘lmaydi. Bunda asalari oilalari kasallikdan qisman tuzaladi. Shuning uchun davolashni surunkali va har yili qayta-qayta takrorlash talab etiladi. Bundan tashqari uni oldini olish va kompleks qarshi kurash chora – tadbirlarini qo‘llash taqoza etiladi.
Varroatozga tashxis qo‘yishning o‘ta murakkabligi tufayli har doim kasallangan asalari oilalarini aniqlash qiyin bo‘ladi yoki aniqlash imkoniyati bo‘lmaydi. Agar asalari paseka(arizor)idagi bitta oiladan laboratoriya tekshiruvlarida varroatoz kasalligi aniqlansa, shu pasekadagi qolgan barcha asalari oilalari varroatozga gumon qilinadi. Bunday holatda faqat varroatozga gumon qilinayotgan pasekadan tashqari undan 5 km radiusda uzoqda joylashgan barcha pasekalar ham karantin qilinadi. Qachonki kasallik butunlay tugatilgandan so‘ng karantin holati bekor qilinadi.
Varroatoz kasalligini to‘liq tugatishgacha bo‘lgan davrda, avval kasallik tarqalgan hudud chegarasi aniqlanadi va shu hududdagi barcha asalari oilalari yo‘qotiladi. Bunday keskin chora-tadbirlar Hukumat va mahalliy hukumat organlari qarori bilan amalaga oshiriladi.
Varroatoz mavjud deb gumon qilinayotgan hududlarda doimo varroatozga qarshi kompleks chora-tadbirlar o‘tkazib borish taqoza etiladi (13,14-rasmlar).

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling