Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya kafedrasi


Download 4.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/83
Sana06.09.2023
Hajmi4.68 Mb.
#1673658
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   83
Bog'liq
UMURTQASIZ HAYVONLAR ZOOLOGIYASI

14 – mashg’ulot. 
Mavzu: Tasmasimon chuvalchanglar (Cestoda) sinfi. Vakillar: Qoramol 
solityori, Cho‘chqa solityori, exinokok. Tasmasimon chuvalchanglarni ayrim 
vakillarini rivojlanishi. 
Ishning maqsadi: Tasmasimon chuvalchanglardan qoramol, cho’chqa 
solityori va exinokokkning tuzilishi va rivojlanish siklini о‘rganish.   

Kerakli materiallar va jihozlar: Fiksatsiya qilingan qoramol, cho’chqa 
solityorlari va exinokokk prеparatlar, mikroskoplar, Pеtri kosachasi, soat va buyum 
oynalari, binokulyarlar, lupalar, tablitsalar va boshqalar. 
Ishning mazmuni: Qoramol solityori voyaga yetgan davrida odamlarning 
ingichka ichagiga (oxirgi xо‘jayin), uning lichinkalari esa qoramollarning (oraliq 
xо‘jayini) muskillari orasida parazitlik qiladi. Tanasining uzunligi 10-12 metrgacha 
bо‘lib, bosh (skoleks), bо‘yin va mingga yaqin proglottidlardan iborat. 1,5-2 mm 
kattalikdagi skoleks noksimon shaklda bо‘lib, tananing oldingi uchida joylashgan. 
Unda 4 ta sо‘rg‘ichlar mavjud. Sо‘rg‘ichlar о‘rtasida ridimept kо‘rinishdagi 
xartum bо‘lib, unda xitinli ilmoqchalar bо‘lmaydi. Sо‘rg‘ichlar yordamida solifyor 
ichak devoriga yopishib oladi. Bosh qismining pastki bо‘g‘inlariga 
(proglottidlarga) bо‘linmagan qismi bо‘yini tashkil qiladi. Bо‘yin qism kо‘ndalang 
bо‘linib, Yangi yosh bо‘g‘inlarni hosil qiladi. Bu jarayonni strobilyasiya 
solityorning uzun zanjirsimon tanasi esa strobila deyiladi. Qoramol solityorining 
tanasi (strobilasi) о‘n mingdan ortiq proglottidlardan iborat. Bо‘g‘inlar xar xil 
tuzilishig ega. Bо‘yin qismidan keyin bevosita boshlanadigan bо‘g‘inlarning bо‘yi 
eniga qaraganda ancha kichik, ularda jinsiy organlar rivojlanmagan bо‘ladi. 
Solityor tanasining о‘rta qismidagi bо‘g‘inlar (200-250 bо‘g‘inlardan 
boshlanadi)tо‘rtburchak shaklida bо‘ladi. Bularda erkaklik va urg‘ochilik jinsiy 
organlar sistemalari rivojlangan. 



Download 4.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling