Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya kafedrasi
Download 4.68 Mb. Pdf ko'rish
|
UMURTQASIZ HAYVONLAR ZOOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli materiallar va jihozlar: Tok
15 – mashg’ulot. Mavzu: Mollyuskalar (Mollusca) tipi. Qorinoyoqli mollyuskalar (Gastropoda) sinfi. Tok shillig‘ining tuzilishi. Ishning maqsadi: Tok shilig‘i (Helix pomatia) misolida barcha qorinoyoqli molyuskalar tashqi, ichki va rivojlanishini о‘rganish. Kerakli materiallar va jihozlar: Tok shilig‘ini rivojlanishini aks etiruvchi tablitsalar, akvarium, bir necha tirik tok shilliqlari, daftar varag‘i kattaligidagi oyna bо‘lagi, qо‘l lupa, tо‘r xaltacha, Petri idishi. Ishning mazmuni. Qorinoyoqli molyuskalar yer yuzida keng tarqalgan bo‘lib, 100000 ga yaqin turi bor. Hilma-xil qorinoyoqlilar, ayniqsa dengiz va okeanlarda ko‘p uchraydi. Bir qancha turlari chuchuk suvda va quruqlikda yashashga moslashgan. Chuchuk suv havzalarida suv shillig‘iga o‘xshash, lekin undan biroz kichikroq (5-20 mm) kichik suv shillig‘i hayot kechiradi. U jigar qurtining oraliq xo‘jayini xisoblanadi. Kichik suv shillig‘i xavfli parazitni tarqatishi tufayli chorva mollariga katta ziyon keltiradi. Qorinoyoqli molyuskalarning quruqlikda yashovchi turlari va ko‘pchilik chuchuk suv shilliqlari o‘pka bilan nafas oladi. Quruqlikda yashovchi shilliqlarning bosh qismida bir juftdan uzun va qisqa paypaslagichlari bo‘ladi. Ustni uzun paypaslagichlarining uchida yoki asosida ko‘zlari joylashgan. Pastki kalta paypaslagichlari tuyg‘u a’zosi bo‘lib xisoblanadi. Ular yordamida shilliq yo‘l topib yuradi. Yevropaning janubida keng tarqalgan tok shillig‘ining uzunligi 50 mmga yetadi. U o‘simliklarning yashil qismi bilan oziqlanib, bir muncha ziyon keltiradi. Tok shilliqi uzumzorlarda, bog’larda, o’rmonlar va butazor-larda yashab o’simlik barglari bilan oziqlanadi. U quruqlikda yashovchi shilliq- qurtlar orasida eng yirigidir. Uning tanasi ustki tomonidan mollyuskalarga xos bo’lgan uch qavatli chig’anoq bilan qoplangan. Ularning chig’anoqi bir butun va o’ng tomonga spiral bo’ralgan. har bir aylanmalar bir-biridan chok deb ataluvchi yo’llar bilan ajralib turadi. Chig’anoq bo’shliqiga kiradigan teshik chig’anoq og’zi deb ataladi. Bu teshikdan chig’anoq boshi va oyog’i chiqib turadi. Chig’anoq bo’shliqida butun gavda joylashgan. Tok shilliqining gavdasi bosh, ichki organlar joylashgan tana va muskulli oyoq qismlaridan iborat. Bosh qismida og’iz va ikki juft paypaslagichlari joylashgan. Ikkinchi juft paypaslagichlarining uchida bir juft ko’zlari bo’ladi. O’ng tomonidagi ko’z paypaslagichining ostida jinsiy teshigi mavjud. Oyog’i keng va yassi, ovalsimon shaklda. Mollyuska oyoq muskullarining to’lqinsimon qisqarishi tufayli sekin-asta siljib harakat qiladi. Oyoqining ustida joylashgan tanasi spiral shaklda buralgan. Tanasining pastki tomoni mantiya burmalarini xosil qiladi. Mantiya ostida mantiya bo’shliqi joylashgan. Download 4.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling