1-bosh; 2-lab paypaslagichi; 3-ko’z paypaslagichi; 4-ko’zi; 5-og’iz bo’shliqi; 6-
oyoqi; 7-jinsiy teshik; 8-nafas olish teshigi; 9,13-chig’anoq; (9-cho’qqisi, 10,11-
gajaklar, 12-og’izcha, 13-og’izcha qirrasi).
33-rasm. Yumshoq tanlilarning ichki tuzilishi.
1-tanani yopuvchi chig‘anoq (uning ostida mantiya); 2-ko‘z; 3-paypaslagich; 4-
bosh nerv gangliysi; 5-oyoq nerv gangliysi; 6-plevra nerv gangliysi; 7-visseral nerv
gangliysi; 8-statotsist; 9-oyoq; 10-yurak; 11-yurak oldi xalta bo‘shlig‘i; 12-jabra;
13-chiqarish a’zosi; 14-qirg‘ich (og‘iz bo‘shlig‘i tubida); 15-so‘lak bezi; 16-jigar;
17-ichakning anal teshigi bilan yakunlanuvchi orqa qismi; 18-jinsiy bez.
Mantiya bo’shliqiga orqa chiharuv teshigi va siydik yo’li ochiladi. Tok shilliqining
ovqat hazm qilish sistemasi og’izdan boshlanadi. Og’iz bo’shliqida xitindan iborat
arrasimon tilcha (radula) bo’lib, uning yordamida o’simlik
barglarini qirqib
ovqatlanadi. Og’izdan
keyin xalqum, undan keyin qizilo’ngach
boshlanib,
kengaygan jiqildonni xosil qiladi. Jiqildonning orqa qismi torayib borib, jigar bilan
bog’langan oshqozonga ochiladi. Oshqozondan ozuqa jigar yo’li
orqali jigarga
tushib hazm bo’ladi, hazm bo’lmagan qismi yana qaytadan oshqozonga tushadi va
undan orqa ichakka chihariladi. Orqa ichak anal teshigi bilan tugaydi. qon aylanish
sistemasi
yurak qorinchasi, yurak bo’lmasi va yurak oldi bo’shliqidan iborat.
Ayiruv organlarini bitta katta buyrak tashqil qiladi. Uning yo’li
nafas olish
teshigining yonida ochiladi. Nerv sistemasi tarqoq holda joylashgan besh juft nerv
tugunidan iborat. Bir juft bosh nerv tuguni (tserebral gangliya),
bir juft ichki
organlar nerv tuguni (vitseral gangliya), bir juft oyoq nerv tuguni (pedal gangliya),
bir juft plevral va bir juft pariyetal gangliyalardan tuzilgan.
Nafas olish organi-
o’pka vazifasini o’zgartirgan mantiya bo’shliqi bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: