e'tiboringizni harating. So’ngra shilliqni stol ustiga qoyib, chig’anoqini extiyotlik
bilan bolg’acha yordamida urib sindiring va maydalangan chig’anoq bo’laklarini
pintset yordamida olib tashlang. Oyoq kafti bilan vannachaga joylashtirib, ninalar
bilan vannacha tubiga qadab ustidan suv quying. So’ngra qaychi yordamida tanani
yorib ichki organlarini aniqlang.Tirik dala shilliqini shisha bo’lakchalari
ustiga
qoyib, uning harakatini kuzating. Shishaning ustida siljib ketayotgan
mollyuskaning izida holayotgan shilimshiq moddani kuzating. Shilliqqurtning
paypaslagichlariga nina tegizib, ta'sirlanishiga e'tibor bering. qo’l lupasi yordamida
paypaslagichlardagi ko’zlarni, jinsiy va nafas olish teshikchalarini toping.
O’zbekistonda uchraydigan chig’anoqli shilliqlarning vakillarini ham o’rganing.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Qorinoyoqli mollyuskalar yer yuzida tarqalishi.
2. Chuchuk suv shillig‘ining yashash muhiti va tana uzunligi.
3. Sezgi organlarining tuzilishini yoritib bering.
4. Ishning tartibini aytib bering.
Mavzuni mustahkamlash uchun test savollari
1. Qorinoyoqli mollyuskalarning qanchaga yaqin turi bor.
A) 10 000 B) 100 000 S) 1 000 D) 200 000
2. Qorinoyoqlilarning bir qancha turlari qayerda yashaydi.
A) dengizlarda B) tuproqda S) okeanlarda D)
chuchuk suvda
16 – mashg’ulot.
Mavzu: Ikki pallalilar (Bivalvia) sinfi. Vakil: Baqachanoq (Anodonta sygnea).
Tashqi va ichki tuzilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: