konservalar tayyorlanadi.
Baqachanoq tinch oqadigan daryolar va sayoz kо‘llar
tubidagi loy va qumga
tanasining yarmigacha kо‘milib yashaydi. Baqachanoqning boshi bо‘lmaydi.
Tanasi gavda va oyoq bо‘limlardan tashkil topgan. Chig‘anog‘i tuhumsimon,
uzunligi 10-15 sm,
oldingi tomoni tumtoq, keyingi tomoni esa suyri shaklda.
Chig‘anoq pallalari orqa tomondan elastik paylar yordamida tutashgan. Qorin
tomonining oldingi qismida chig‘anoqlar orasidagi tirqishdan muskulli bitta oyog‘i
chiqib turadi. Baqachanoqning oyog‘i suv shillig‘inikidan farq qilib, yon tomondan
yassilashgan ponaga о‘xshaydi. Molyuska xarakat qilganda oyog‘ini chig‘anoqdan
chiqarib, loyga tiraydi va tanasini oyog‘i tomon tortib oladi. Ana shu usul bilan u
juda sekin xarakatlanadi. Bir soatda atigi 20-30 sm yо‘l bosib о‘tishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: