Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya kafedrasi


Download 4.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/83
Sana06.09.2023
Hajmi4.68 Mb.
#1673658
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   83
Bog'liq
UMURTQASIZ HAYVONLAR ZOOLOGIYASI

34-rasm. Baqachanoq: A - chig‘anog‘i, ustki tomondan kо‘rinishi; V - 
chig‘anog‘i ochib kо‘rsatilgan: 
1 - chig‘anoq; 2 - yopuvchi muskullar; 3 - muskullar birikadigan joy; 4 – chiqarish 
sifoni; 5 kirish sifoni; 6 - jabralar; 7 - mantiya cheti; 8 - oyoq. 
35-rasm. Baqachanoqning ichki tuzilishi: 
1-mantiya; 2-oyoq; 3-jabra sifoni; 4-kloakal sifon; 5-qisqartiruvchi mushaklar; b-
ogiz kuraklari; 7-og‘iz teshigi; 8-oshqozon; 9-jigar; 10-ichak; 11-anus; 12-yurak; 
13-yurak oldi xaltasi; 14-buyrak; 15-Keberov a’zosi; 1b-bosh gangliysi; 17-oyoq 
gangliysi; 18-visseral gangliy; 19-jabralar; 20-mantiya bо‘shlig‘i. 


Baqachanoqning oziqlanishi; og‘iz teshigi oyoqning asosida joylashgan. 
Kirish sifoni orqali suv bilan birga mantiya bо‘shlig‘igaoziq moddalar: turli 
chirindi moddalar, sodda hayvonlar, qisqichbaqasimonlar va boshqa mikroskopi 
jonvorlar keladi. Og‘iz oldida joylashgan ikki juft paypaslagichlari oziq 
moddalarni ushlab qoladi, bu moddalar og‘izdan hazm qilish sistemasiga tushadi 
va hazm bо‘ladi. 
Nafas olish sistemasi. Nafas olish a’zolari-jabralar oyog‘ining ikki yonidagi 
mantiya bо‘shlig‘ida joylashgan (41-rasm) Jabralarning sirtida va mantiya 
pardasida joylashgan kiprikchalarning harakati tufayli suv mantiya bо‘shlig‘iga 
kiradi va jabralarni yuvib chiqarish sifoni orqalichiqib ketadi. Suvda erigan 
kislorod jabralarga о‘tadi, jabralardan esa karbonad angidrid gazi suvga ajralib 
chiqadi. Kislorod jabradan qon oqimi bilan hamma a’zolarga tarqaladi.
Qon aylanish, ayirish va nerv sistemasi suv shillig‘inikiga о‘xshash. Tanasida uch 
juft nerv tuguni bо‘lib, ular nerv tolalari yordamida о‘zaro tutashgan. Maxsus sezgi 
a’zolari о‘q. 
Kо‘payishi va rivojlanishi. Baqachanoq ayrim jinsli, lekin erkak va urg‘ochisini 
bir-biridan farq qilib bо‘lmaydi. Tuxumlarimantiya bо‘shlig‘ida jabralarining 
ustida rivojlanadi. Tuxumdan chiqqan misroskopik kattalikdagi lichinkalar 
chiqarish sifoni orqali suvga chiqadi. Bu lichinkalar chig‘anog‘idagi tishchalar 
yoki yopishqoq iplari yordamida baliqlarning terischiga yopishib olib, parazit 
holda hayot kechirishga о‘tadi. Bir necha oy davomida baliq terisida hosil bо‘lgan 
shishning ichida lichinkadan juda kichik molyuska rivojlanib chiqadi. Baqachanoq 
baliqlar yordamida ancha uzoq joylarga tarqaladi.

Download 4.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling