Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya kafedrasi


Download 4.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/83
Sana06.09.2023
Hajmi4.68 Mb.
#1673658
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   83
Bog'liq
UMURTQASIZ HAYVONLAR ZOOLOGIYASI

45 - rasm. Yaylov kanasi
(Ixodes ricinus) ning tuzilishi: A — urg‘ochisi; B — xartumchasi; V — qorin 
tomonidan kо‘rinishi; 1 — Xartum; 2 — tana qismi; 3 — yurish oyoqlari; 4 
— asosiy xartumi 5 — pedipalpa; 6 — gipostom; 7 — xeliseralar; 8 — 
xelisera qini. 
Kana tanasini qoplovchi kutikula uning yelka tomonida qalqon hosil qiladi. 
Bu qalqonning katta yoki kichikligiga qarab kananing jinsini aniqlash mumkin. 
Erkaklarida qalqon tananing qariyb hammasini, urg‘ochilarida esa 1\3 qismini 
qoplab turadi. 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 
1. Butli о‘rgimchakning oziqlanishi va tutqich tо‘ri. 
2. Chayonlar qayerlarda uchraydi. 
3. Chayonlarning oziqlanishi. 
4. Solpuglar tana sigmentlarining tuzilishi. 
5. Yaylov kanasining xartumchasining о‘ziga xosligi. 
 
Mavzuni mustahkamlash uchun test savollari 
1. Butli о‘rgimchak tanasi aniq qaysi qismlarga ajralib turadi.
A) bosh, kо‘krak, qorin B) boshkо‘krak, qorin S) bosh va qorin D) dumaloq 
gavda 
2. Boshkо‘kragining ustki tomonida (1) va oldingi uchida (2) qaysi a’zolari 
joylashgan. 


A) 1-kо‘zlari, 2-sugallari B) 1-og‘zi, 2-butsimon dog‘i S) 1- 8ta kо‘zi, 2- 4ta 
og‘zi 
D) 1- 4ta kо‘zi, 2-2ta og‘iz 
3. О‘rgimchaksimonlar ichida yirik hayvonning uzunligi. 
A) 100mm B) 10mm S) 4-5sm D) 8-10sm 
4. Umumiy qalqon karapaks qaysi о‘rgimchaksimonga tegishli. 
A) butli о‘rgimchak B) falanga S) kana D) chayon 
5. Chayonning о‘zgangan oyoqlari nechta va nima deyiladi. 
A) 2ta, xelitsera B) 1 juft, xolesterol S) A va V D) 2juft selom 
6. О‘zgargan oyoqlarining chayon hayotidagi ahamiyati. 
A) о‘ljani tishlash B) hidni sezish S) ovqatni maydalash D) zahar iо‘lab chiqarish 
7. Solpug tanasining umumiy sigmentlar soni. 
A) 8ta B) 16ta S) 10ta D) 14ta 
8. Solpugning sezgi organ vazifasini bajaruvchi qismi. 
A) tirnoqsimon о‘simtalari B) pedipalpalari S) tashqi kо‘rinishi yurish oyoqlariga 
о‘xshash qismi D) B va S 
9. Yaylov kanasida xartum nimalar qо‘shilishidan hosil bо‘lgan. 
A) о‘zgargan oyoqlari pedipalpalarining B) xelitseralar va gipostomning S) 
xelitsera va pastki jag‘ning D) yuqori lab va pedipalpalarning 
10. Qoplovchi kutikulaning katta kichikligi orqali nima aniqlanadi. 
A) yoshini B) hayot tarzini S) jinsini D) barchasini 

Download 4.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling