10 – mashg’ulot.
Mavzu: Bo‘shliqichlilar (Coelenterata) tipi. Ssifomeduzalar (Scyphozoa) sinfi.
Aureliya meduzasining tuzilishi va rivojlanishi.
Ishning maqsadi: Aureliya aurita misolida sifomeduzalarning tuzilishini va
rivojlanishini о‘rganish.
Kerakli materiallar va jihozlar: Formalining dengiz suvi bilan
aralashtirilgan 5 % li eritmasida fiksatsiya qilingan aureliyalar, ularning tuzilishini
va kо‘payinishini aks etiruvchi tablitsalar, Petri idishlari, qisqichlar, qо‘l lupalari,
preporaval ninalar, binafsha yoki qizil kongo bо‘yog‘i, tо‘rtburchak yoki
doirasimon qirqilgan qora qog‘oz bо‘lakchalari, tomizg‘ichlar.
Ishning mazmuni: Aureliya Qora, Barens, Oq va Uzoq Sharq dengizlarida
keng tarqalgan. Uning tana shakli soyabonsimon, diametri 25-40sm ga yetadi.
Boshqa kovakichlilar singari, meduzaning tanasi ham ekto va endoderma
qavatlaridan iborat bо‘lib, bu qavatlar orasida kuchli taraqqiy etgan dildiroq qavat-
mezogelya bor. Mezogelyaning 98% ini suv tashkil etadi (22-rasm).
Aureliyaaning tanasi shaffof bо‘lib, u dushmanlardan himoyalanishida
katta ahamiyatga yega.
Aureliya soyabonining chetida yuzlarcha kalta paypaslagichlar ularning
oralig‘ida esa 8ta qirg‘oq tanachalari – ropaliyalar joylashgan. Ularda yorug‘likni
sezuvchi mayda kо‘zachalar,muvozanat organi va hid sezuvchi nerv hujayralari
mavjud.
Soyabon ostining markaz qismida tо‘rtta og‘iz oldi kurakchalari
(paypastlagichlar), ularning о‘rtasida esa tо‘rt burchak shaklidagi og‘iz joylashgan.
Og‘iz oldidagi va soyabon atrofidagi paypaslagichlarning hammasi otiluvchi
hujayralarga ega. Og‘izdan keyin davom etadigan qisqagina tomoq
gastrovoskulyar sistemaning markaziy qismiga, yana oshqozonga borib qо‘shiladi.
Oshqozon bir-biridan parda bilan ajralgan tо‘rtta xona hosil qiladi. Bulardan juda
kо‘p otiluvchi va bezli hujayralarga yega ibо‘lgan gastral iplar bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |