Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya kafedrasi


- rasm. Sifomeduza (Aurelia aurita) ning oral tomondan kо‘rinishi


Download 4.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/83
Sana06.09.2023
Hajmi4.68 Mb.
#1673658
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   83
Bog'liq
UMURTQASIZ HAYVONLAR ZOOLOGIYASI

22- rasm. Sifomeduza (Aurelia aurita) ning oral tomondan kо‘rinishi 
1— og‘iz oldi parrakchalari; 2 — og‘iz; 3 — oshqozon bо‘shlig‘i; 4 — 
gonadalar; 5 — shoxlanmagan gastral kanali; 6 — shoxlangan gastral 
kanali; 7—8 — tana qirg‘og‘i va paypaslagichlari; 9—ropalyaya (sezuvchi 
tanachalar). 
Oziq bezlar ishlab chiqaradigan fermentlar ta’sirida oshqozonda hazm bо‘la 
boshlaydi.
Oziq zarralarini endodermadagi hazm qiluvchi hujayralar qamrab olib hazm qiladi. 
Meduzalar gastlar bо‘shlig‘idan, yani oshqozon xonalaridan boshlanadigan 16 ta 
radial naychalardan 8 tasi shoxlanmagan, 8 tasi esa murakkab shoxlangan. Bu 
naychalarning hammasi soyabonning chetiga joylashgan doira kanal bilan 
tutashgan. Naylar oshqozon, og‘iz teshigi va xalqum bilan birgalikda meduzaning 
gastroviskulyar sistemasini hosil qiladi. Bu kiprikchalarning harakati tufayli suv 
va oziq moddalar aureliyaning gastrovoskulyar sistemasi bо‘ylab doimo oqib 
turadi. Bunda oziqa shoxlanmaydigan kanallar orqali oshqozondan halqasimon 
kanalga, shoxlanuvchi kanallar orqali esa aksincha teskari tomonga harakat qiladi. 
Demak gastrovoskulyar naylar orqali kislorod va oziq moddalar meduza tanasining 
hamma qismida tarqaladi: moddalar almashinuvi maxsulotlari chiqarib yuboriladi. 
Nerv hujayralari soyabon cheti bо‘ylab joylashgan nerv halqasini hosil qiladi. 
Nerv halqasi bо‘ylab har qaysi ropaliya yaqinida bittadan nerv joylashgan. 
Markaziy gastral bо‘shliq atrofida 4ta, bir-biriga qarama-qarshi joylashgan 
taqasimon, och-sarg‘ish tusli gonada-jinsiy bezlar (tuxumdon yoki urug‘don) 
tashqi tomondan yaxshi kо‘rinib turadi. 
Aureliya ayrim jinsli hayvon,yetilgan tuxmlar dastlab gastral bо‘shlig‘iga 
tushib,undan og‘iz orqali tashqariga chiqadi, keyin uning og‘iz oldi 
kurakchalaridagi tarnovchalarning xonalariga tushadi va shu yerda urug‘lanadi, 
urug‘langan tuxum hujayrasi maydalanib,blastula vagastrula davrlarini о‘tadi va 
usti kiprikchalar bilan qoplangan lichinka –planulaga ayltubanadi.Planula ancha 
vaqt Erkin suzib yurganidan keyin dengiz tubiga chо‘kib, о‘troq holda yashovchi 
–ssifistomaga aylanadi.Unda oldin 4ta,keyin 8ta va nihoyat oxirida 16 ta 


paypaslagich hosil bо‘ladi .Ssifistoma kurtaklanish yо‘li bilan kо‘payadi va yangi 
ssifistomalar hosil qilishi mumkun. Ssifistomaaning kо‘ndalangiga bо‘linishidan 
halqasimon bо‘g‘inlar paydo bо‘ladi va ssifistoma bir necha xalqalardan iborat 
strobilaga aylanadi.Bu xildagi kо‘ndalang kurtaklanib kо‘payishga strobilyasi 
deyiladi. Bu xalqalar birin ketin strobiladan ajraladi va tuzilishiga kо‘ra 
meduzalarga о‘xshash eferalarga, ular yesa suzib yurib kichik meduzalarga
aylanadi. Demak, ssifomeduzalarda jinssiz kо‘payish (ssifistoma) bilan jinsiy 
kо‘payish ( meduza) bо‘g‘inilari gallanib turadi . 

Download 4.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling