Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya kafedrasi


Download 4.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/83
Sana06.09.2023
Hajmi4.68 Mb.
#1673658
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   83
Bog'liq
UMURTQASIZ HAYVONLAR ZOOLOGIYASI

11 – mashg’ulot.
Mavzu: Gidrozoalar (Hydrozoa) sinfi. Vakillar: Chuchuk suv gidrasi.
Tuzilishi va rivojlanishi. 
 
Ishning maqsadi: Gidraning tuzilishini о‘rganish. 
Kerakli materiallar va jihozlar: Gidraning tuzilishini,otiluvchi va 
qoplovchi hujayralarning tuzilishini aks yettiruvchi tablitsalar, 1-2 sutka davomida 
ovqatlantirilmagan tirik gidralar, tirik siklop yoki dafniya, tomizg‘ichlar,
pereporaval ninalar, gidraning buyiga va kо‘ndalaniga kesmalarining 
mikropreparatlari, yashil metilning sirka kislotasi bilan aralashmasi, siprt, 
mikroskoplar binokulyarlar.
Ishning mazmuni: Gidralarni toza va tiniq chuchuk suv havzalarida о‘simlik yoki 
hayvon (shilliqqurt) ga yopishgan holda uchratish mumkin. Gidra o’simliklarga 
boy ko’l, hovuz va shu kabi suv havzalarida hayot kеchiradi. Tanasi silindrsimon 
shaklda bo’lib, uzunligi 1-1,5 sm ga еtadi (23-rasm).
Gavdasining ingichkalashgan pastki qismi (aboral) bilan substratga yopishadi. 
Tanasining oldingi tomonida (oral) og’iz tеshigi joylashgan bo’lib, uning asosida 
esa 5-9 ta paypaslagichlari bo’ladi. 
Bu paypaslagichlar gidra uchun ozuqa bo’ladigan kolovratkalarni, tuban 
qisqichbaqasimonlarni va mayda hasharotlarning lichinkalarini ba'zan esa 
baliqlarning mayda chavaqlarini ushlash uchun xizmat qiladi. Gidraning aboral-
tovon qismidagi hujayralar yopishqoq еlimsimon modda ishlab chiqaradi. 
Uning yordamida gidralar substratga (suv o’tlariga, mollyuskalar chig’anoqiga) 
yopishadi. Gidralar yarim o’troq hayot kеchiradi, ba'zan «odimlab» yoki umbaloq 
oshib harakat qiladilar.
Gidra tanasining ko’p qismini tana bo’shliqi egallagan. Bu bo’shliq gastral 
bo’shliq dеyiladi va yagona og’iz tеshigi orqali tashqi muhitga ochiladi.
Gastral bo’shliq paypaslagichlar ichiga harab davom etadi. Og’izcha orqali gastral 
bo’shliqiga doimo suv va oziq moddalari kеlib turadi. 



Download 4.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling