14 – mashg’ulot.
Mavzu: Tasmasimon chuvalchanglar (Cestoda) sinfi. Vakillar: Qoramol
solityori, Cho‘chqa solityori, exinokok. Tasmasimon chuvalchanglarni ayrim
vakillarini rivojlanishi.
Ishning maqsadi: Tasmasimon chuvalchanglardan qoramol, cho’chqa
solityori va exinokokkning tuzilishi va rivojlanish siklini о‘rganish.
Kerakli materiallar va jihozlar: Fiksatsiya qilingan qoramol, cho’chqa
solityorlari va exinokokk prеparatlar, mikroskoplar, Pеtri kosachasi, soat va buyum
oynalari, binokulyarlar, lupalar, tablitsalar va boshqalar.
Ishning mazmuni: Qoramol solityori voyaga yetgan davrida odamlarning
ingichka ichagiga (oxirgi xо‘jayin), uning lichinkalari esa qoramollarning (oraliq
xо‘jayini) muskillari orasida parazitlik qiladi. Tanasining uzunligi 10-12 metrgacha
bо‘lib, bosh (skoleks), bо‘yin va mingga yaqin proglottidlardan iborat. 1,5-2 mm
kattalikdagi skoleks noksimon shaklda bо‘lib, tananing oldingi uchida joylashgan.
Unda 4 ta sо‘rg‘ichlar mavjud. Sо‘rg‘ichlar о‘rtasida ridimept kо‘rinishdagi
xartum bо‘lib, unda xitinli ilmoqchalar bо‘lmaydi. Sо‘rg‘ichlar yordamida solifyor
ichak devoriga yopishib oladi. Bosh qismining pastki bо‘g‘inlariga
(proglottidlarga) bо‘linmagan qismi bо‘yini tashkil qiladi. Bо‘yin qism kо‘ndalang
bо‘linib, Yangi yosh bо‘g‘inlarni hosil qiladi. Bu jarayonni strobilyasiya
solityorning uzun zanjirsimon tanasi esa strobila deyiladi. Qoramol solityorining
tanasi (strobilasi) о‘n mingdan ortiq proglottidlardan iborat. Bо‘g‘inlar xar xil
tuzilishig ega. Bо‘yin qismidan keyin bevosita boshlanadigan bо‘g‘inlarning bо‘yi
eniga qaraganda ancha kichik, ularda jinsiy organlar rivojlanmagan bо‘ladi.
Solityor tanasining о‘rta qismidagi bо‘g‘inlar (200-250 bо‘g‘inlardan
boshlanadi)tо‘rtburchak shaklida bо‘ladi. Bularda erkaklik va urg‘ochilik jinsiy
organlar sistemalari rivojlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |