Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya kafedrasi


 - rasm. Qoramol tasmasimon chuvalchangi


Download 4.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/83
Sana06.09.2023
Hajmi4.68 Mb.
#1673658
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   83
Bog'liq
UMURTQASIZ HAYVONLAR ZOOLOGIYASI

29 - rasm. Qoramol tasmasimon chuvalchangi: 
A - boshchasi; V - germafrodit bо‘g‘im; D - tuxumga tо‘lgan bо‘g‘im: 1 - 
sо‘rg‘ich; 2 - bо‘yin; 3 - bachadon; 4 - tuxumdon; 5 - urug‘donlar. 
 
Tananing keyingi qismidagi yetilgan bо‘g‘inlar ancha ingichka va uzunroq 
bо‘ladi. Ular urug‘langan tuxumlar bilan tо‘lgan bо‘lib, bitta-bittadan uzilib 
tushadi. Qoramol solityorining bо‘g‘inlarida muskullar yaxshi rivojlangan. Ular 
aktiv harakatlanib odamlarning anusi orqali mustaqil chiqishi ham mumkin. Lekin 
kо‘pincha najas bilan birga chiqadi. Solityorning tana devori, ya’ni teri-muskul 
xaltasi xudi sо‘rg‘ichlilarnikiga о‘xshagan regumentdan iborat. 
Faqat regumentning yuza qismi har xil bо‘rtmalar yoki barmoqsimon 
о‘simtalar hosil qilish bilan farq qiladi. Bu о‘simtalarning ustki qismi juda 
ingichka mikrovorsinkalar, ya’ni mikrotrixiyalar bilan qoplangan. Bular tashqi 
kо‘rinishdan va fiziologik xususiyati jihatdan umurtqali hayvonlarning ingichka 
ichaklaridagi mikrovorsinkalarga о‘xshaydi. Bular solityorning ovqatlanishida 
muhim ahamiyatga egadir, chunki u tananing ovqat sо‘ruvchi yuuzasini 
kengaytiradi va ingichka ichakdagi tayyor oziqalarni shimib olishda muhim 
vazifani bajaradi. 
Ovqat hazm qilish, qon aylanish va nafas olish organlar sistemasi 
bо‘lmaydi. Hamma zanjirsimon chuvalchanglar oziqlanish jarayonida ularning 
tanasida karbonsuv-glikogen tо‘plangan. Keyin uning termenal ta’sirida 
parchalanishida karbonat angidrid, vodorod va moy kislotalari hosil bо‘ladi. Anna 
shu jarayonda ajraladigan energiyadan foydalanib, solityorlar anayerobusulda 
nafas oladi. 
Ayrim 
organlar 
sistemasi 
protonefridiy 
tarzida 
tuzilgan 
bо‘lib, 
parenximadagi kiprikli hujayralardan mayda naychalar boshlanadi. Asosan ikkita 
ayiruv kanali bor. Ular tananing orqa uchidan boshlanib, chuvalchangning yelka 
qismidan proglottidlarning ikkala yonidan о‘tadi va skoleksgacha davom etadi. Bu 
yerda esa buralgan holda chuvalchangning qorin tomoniga о‘tib, tananing orqa 
uchigacha davom etadi. Har bir bо‘g‘inda bu kanallar uning pastki qismida 
joylashgan kо‘ndalang kanal bilan qо‘shiladi va siydik pufagini hosil qiladi. U esa 
chiqarish teshigi orqali tashqariga ochiladi. Keyinchalik, ya’ni birinchi yetilgan 
bо‘g‘im uzilib tushgandan sо‘ng, ayiruv kanallarining har biri mustaqil ravishda 
ochiladi. 
Markaziy nerv sistemasi bosh nerv tugunidan iborat bо‘lib, undan bir 
necha nerv tolalari chiqadi. Asosiy nerv tolalari bir juft bо‘lib, tananing ikki yon 
tomonida joylashgan. 



Download 4.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling