chuvalchangining
kо‘ndalang
kesimining
bо‘yalgan
mikropreparatlari,
vannachalar, suvga tо‘ldirilgan idishlar, doka rumolcha.
Ishning mazmuni: Yomg‘ir chuvalchangi 15-20 sm uzunlikda bо‘lib,
organik chiqindi moddalarga boy bshlgan tuproqlarda yashaydi. Tanasi bir xil
tuzilishga ega bо‘lgan simentlardan tashkil topgan.
Oldingi va keyingi uchlari
birozingichkalashgan. Yelka tomoni qoramtir, qorin
tomoni esa oqishroq rangda
bо‘ladi. Tanasining 32-37 sigmentlari yelka tomoni ancha yо‘g‘onlashib, belbog‘
qismini hosil qiladi. Unda suyuq modda ishlab chiqaradigan bir necha mayda
bezlar joylashgan. Bu suyuqlik qо‘yilgan tuhumlarni ustini о‘rab, pilla hosil qilish
uchun ishlatiladi.
37-rasm. Yomg‘ir chuvalchangining tashqi tuzilishi:
A - yon tomondan kо‘rinishi; V -qorin tomondan kо‘rinishi: 1 -og‘iz; 2 - yon
tuklar; 3 - qorin tomoni tuklari; 4 - belbog‘; 5 -jinsiy teshiklar.
Yomg‘ir chuvalchangining oldingi uchida doirasimon bosh yoki og‘iz oldi kuragi –
prostomium va undan keyin esa tananing birinchi sigmenti – peristomium
joylashadi. Uning bosh qismida hech qanday sezuvchi о‘simtalari
bо‘lmaydi.tanasining har bir sigmenti yon tomondan 2 juftdan (hammasi 8ta)
mayda qillar joylashgan. Bu albatta ularning kо‘p qilli
xalqali chuvalchanglardan
kelib chiqqanligining dalilidir. Yashash sharoitiga moslanishish natijasida
parapodiyalar yо‘qolib, faqat bir qism qillar saqlanib qolgan.
Yomg‘ir chuvalchangi tanasining sigmentlari
tashqi tomondan bir-biridan
sigmentlararo egatcha orqali ajralib turadi. Chuvalchangning yelka tomonidagi bu
egatchalarga teshikchalar bо‘lib, ular orqali tana bо‘shlig‘i suyuqligi chiqib turadi
va terini namlaydi. Buning natijasida chuvalchangning nafas olishi osonlashadi.