Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya kafedrasi


-rasm. Yomg‘ir chuvalchangining ichki tuzilishi


Download 4.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/83
Sana06.09.2023
Hajmi4.68 Mb.
#1673658
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   83
Bog'liq
UMURTQASIZ HAYVONLAR ZOOLOGIYASI

 38-rasm. Yomg‘ir chuvalchangining ichki tuzilishi: 
1 - og‘iz; 2 - halqum; 3 - qizilо‘ngach; 4 - jig‘ildon; 5 - oshqozon; 6 - ichak; 7 - 
yurak; 8 - orqa qon tomiri; 9 - qorin qon tomiri; 10 - tana bо‘shlig‘i tо‘siqlari; • 1 - 
halqum usti nerv tuguni; 12 - halqum osti nerv tuguni; 13 - qorin nerv zanjiri. 
Chuvalchangning tanasi kutikula bilan qoplangan. Uning ostida endodermadan 
hosil bо‘lgan silindrsimon qoplovchi tо‘qima (epiteliy) hujayralaridan iborat teri 
joylashgan. Terida bir hujayrali juda kо‘p bezlar bо‘ladi, ular ishlab chiqaradigan 
shilliq modda terini namlab turadi. Epiteliydan keyin halqasimon muskullar yupqa 
qavat hosil qiladi. Bо‘ylama muskullar ham yaxshi rivojlangan bо‘lib, ular 4-5 
bо‘lakchadan iborat lentasimon muskullarni tashkil qiladi. Kutikula,
muskul xaltasini hosil qiladi. U esa ikkilamchi tana bо‘shliq – selomdan uning 
devori seloteliya yoki endoteliya orqali ajralib turadi. Teri epiteliydagi ayrim 
hujayralar qillar hosil qiladi. Tarkibi jihatdan qillar xitinga о‘xshash moddalardan 
tashkil topgan. Ularning asosida muskul tolalari joylashadi. Shuning uchun ham 
qillar ichkariga, tashqariga, oldinga va orqa tomonga qarab xarakat qilishi mumkin. 
39-rasm. Yomg‘ir chuvalchangi tanasining kо‘ndalang kesimi:
1 - teri; 2 - halqa muskullar; 3 - bо‘ylama muskullar; 4 - tana bо‘shlig‘i: 5 - ichak; 
6 - qon tomirlari; 7 - nerv tuguni. 
Kesmaning о‘rta qismida ichakning kesmasi kо‘rinadi, uning ustki tomoni 
selomning devorini hosil qiladigan seloteliya bilan qoplangan. Undagi xloragogen 
hujayralarida xar xil donachalar shaklida ayirish moddalari tо‘planadi. Keyin bu 
hujayralar ichak devoridan uzilib, selom suyuqligiga tushadi va erib ketadi. О‘rta 
ichakning devori orqa tomondan ichak bо‘shlig‘i devoriga qarab burma hosil qilib, 
botib turgan bо‘ladi, bu ichakning ovqat shimadigan sathini kengaytiradigan 
tiflozolisdir. Ichak kesmasining ustida va ostida orqa va qorin qon tomirlarining 
kesmasi kо‘rinadi. Ikkilamchi tana bо‘shliq selomda juft metonefridiylar 
joylashgan. Lekin chuvalchangning kundalang kesmasida ularning kurinishi harixil 
shaklda bо‘ladi, sababi kesma chavalchang tanasining qaysi qismidan 
tayyorlanganligiga bog‘liq.

Download 4.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling