Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya kafedrasi
Download 4.68 Mb. Pdf ko'rish
|
UMURTQASIZ HAYVONLAR ZOOLOGIYASI
Ishning bajarish tartibi:
1. Tirik yomg‘ir chuvalchanglarini loydan tozalab, bir qavat oq qog‘oz ustiga qо‘ying hamda uning bosh, dum qorin va yelka tomonlarini bir-biridan farqlang. Tanasi qisqarib harakatlanishiga e’tibor bering. Agar chavalchang tanasiga nina sanchilsa, u turli tomonga buralib xarakat qiladi. Bunday buralib xarakatlanishi ularda xalqasimon va bо‘ylama muskullariningibо‘lishini bildiradi. Chuvalchang xarakatlanayotgan vaqtida sigmentlardagi qillar qog‘ozga ishqalanib chiqaradigan tovushni tinglang. Qillarning borligini chap qо‘lning bosh va kо‘rsatkich barmoqlari bilan chuvalchangning dum qismidan ushlab, о‘ng qо‘lning bosh va kо‘rsatkich barmoqlarni uning dumidan bosh tomoniga qarab siljitib ham sezish mumkin. 2. Qо‘l lupasi yordamida yomg‘ir chuvalchangi tanasining bir xil sigmentlardan tashkil topganligini va 32-37 sigmentlarda joylashgan belbog‘ qismini kuzating. Tanasining belbog‘ qismi bilan birga oldingi uchining rasmini chizing. 3. mikroskopning kichik obyektivi orqali yomg‘mr chuvalchangi tanasidagi kо‘ndalang kesmaning bо‘yalgan mikropreparatlarini kuzating. Mavzuni mustahkamlash uchun test savollari 1. Yomg‘ir chuvalchangining sistematik obzori. 2. Yomg‘ir chuvalchangining yashash muhiti va tashqi tuzilishi. 3. Yomg‘ir chuvalchangining ichki tuzilishini ta’riflang. 4. Jinsiy sistemasi va kо‘payishi. 5. Rivojlanishi. Mavzuni mustahkamlash uchun test savollari 1. Yomg‘ir chuvalchangining uzunligi. A) 15-20sm B) 15-25sm S) 32-37sm D) 10-15sm 2. Oldingi va keyingi uchlari ingichkalashgan (1) va biroz ingichkalashgan (2) hayvonlarni toping. A) 1-yevglena, 2-askarida B) 1-askarida, 2-nereis S) 1-askarida, 2-yomg‘ir chuvalchangi D) 1- yomg‘ir chuvalchang, 2- askarida 3. Yomg‘ir chuvalchangida belbog‘ tanasining nechta sigmenti va qaysi qismining yо‘g‘onlashishidan hosil bо‘ladi. A) 32-35, yelka B) 22-27, qorin S) 32-37, yelka D) 22-32, kо‘krak 4. Yomg‘ir chuvalchangining oldingi uchida nimasi bо‘ladi. A) doirasimon boshi B) kuragi-peristomiumi S) belbog‘i D) boshi va sezuvchi о‘simtalari 5. Tanasining har bir sigmenti yon tomonidan nechta va jami qancha qilchalari bо‘ladi. A) 2 juft, 8ta B) 4 juft, 8ta S) 2 juft, 4ta D) 2ta, 1 juft 6. Chuvalchang nafas olishining osonlashishi sababi. A) egatchasidagi teshikchalar B) tana bо‘shlig‘i S) namlangan terisi D) tanasi sigmentlarga ajratilgani 7. Silindrsimon qoplovchi tо‘qima nimadan hosil bо‘lgan. A) endoderma B) epiteliy S) gipoderma D) kutikula 8. Terisidagi bezlarning hujayralari soni. A) kо‘p B) 2ta S) 1ta D) 4ta 9. Teri-muskul haltasini nimalar hosil qiladi. A) kutikula teri B) gipoderma, muskul S) tana devori, teri, endoderma D) kutikula, teri, muskul 10. Ikkilamchi tana bо‘shlig‘ida nima joylashgan. A) juft metonefridiy B) selom S) seloteliya D) endoteliya Download 4.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling