Ishning mazmuni: Butli о‘rgimchak о‘tlar va bо‘talar orasiga qо‘ygan tо‘ri
ustida hayot kechiradi.
Qalin о‘t-о‘lanlar bilan qoplangan daryo va soylar bо‘yida
uning turini kо‘p uchratish mumkin. Butli о‘rgimchakning
tanasi aniq ikki
bо‘limga: kichik boshkо‘krak va dumaloq shakldagi silliq qoringa ajralib turadi.
43-rasm. Butli о‘rgimchak va uning tо‘ri:
1 - oyoq paypaslagich; 2 - boshkо‘krak; 3 - yurish oyoqlari; 4 - qorin; 5 -
urg‘ochisi; 6 - erkagi; 7 - tо‘rga tushgan о‘lja.
Boshkо‘krakning ustki tomonida tо‘rt juft oddiy kо‘zchasi, oldingi uchida
bо‘g‘imlarga bо‘lingan ikki juft og‘iz a’zolari joylashgan. Og‘iz a’zolarining
birinchi jufti ustki jag‘lar xisoblanadi. Ustki jag‘larning birinchi bо‘g‘imi
xarakatchan tirnoqsimon о‘simtadan iborat bо‘lib, о‘ljasi
tanasini teshish uchun
xizmat qiladi. Jag‘larning asosida zahar ishlab chiqaruvchi bezlar joylashgan.
Jag‘lar sanchilganda zahar tarnoqlar ichidagi naycha orqali о‘ljasi tanasiga tushadi
va uni о‘ldiradi.
44-rasm. Butli о‘rgimchakning ichki tuzilishi:
1 - zahar bezi; 2 - о‘rgimchak bezlari; 3 - qizilо‘ngach; 4 - oshqozon; 5 - ichak; 6 -
о‘pka xaltasi; 7 - traxeya; 8 - nerv zanjiri; 9 - yurak; 10 - jinsiy bez.
Ishning bajarish tartibi: Daladan о‘rgimchak uyasini topib,
uning
sxemasini chizing. Tirik chivin yoki boshqa mayda hasharotni о‘rgimchak tо‘riga
tashlang. О‘rgimchakning о‘z о‘ljasini tuzoqqa ilintirishini va uning oziqlanishini
kuzating.
Yaylov kanasi tanasining tuzilishi 1,5-3 mm uzunlikda bо‘lib, uning
boshkо‘krak va qorin qismlari о‘zaro
tutashgan, tana segmentlari esa о‘zaro
qо‘shilib ketgan bо‘ladi. Tanasining oldingi qismida xelitsera va pedipalpalarning
birikishidan hosil bо‘lgan xartumchasi bor. Bu – sanchib sо‘ruvchi og‘iz
apparatidir. Xelitseralarda uchi orqa tomonga qarab,
joylashgan xitindan iborat
kо‘p ilmoqchalari mavjud. Tanasining oldingi qismida 4 juft oyoqlari joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: