Qarshi davlat universiteti lingvistika kafedrasi tilshunoslik fanidan


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/88
Sana30.04.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1405861
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   88
Bog'liq
Tilshunoslik MAJMUA 2022

0‘zak (ajratuvchi) tillar. Tilshunoslik fanida ikkala atama ham uchraydi. Bu 
tillarga asosan xitoy-tibet tillari (xitoy, tibet, tay, vyetnam va boshqalar) kiradi. 
Ulaming asosiy xususiyatlari so‗zlari ko‗proq bir bo‗g‗inliligi, affikslar, fleksiyalar 
yo‗q yoki deyarli yo‗qligi, gapda so‗zlar orasidagi sintaktik bog‗lanish asosan so‗z 
tartibi va ohang orqali amalga oshirilishidir. So‗zning gapda tutgan o‗mi uni qaysi gap 
bo‗lagi vazifasini bajarayotganini va qaysi so‗z turkumiga taalluqli ekanini ko‗rsatadi. 
Tilshunoslik tarixida va hozirgi zamon tilshunosligida bu tillar «amorf», ya‘ni 
«formasiz» tillar nomini olgan. Grammatik shakl tillarda bir xil namoyon bo‗lmaydi. 
Yuqorida ko‗rganimizdek, ba‘zi tillarda shakl affiks va fleksiyalar yordamida
ba‘zilarida esa ichki fleksiyalar orqali, uchinchilarida yordamchi so‗zlar yoki suppletiv 
yo‗llar bilan ifodalanadi. Umuman olganda, shaklsiz til yo‗q va bo‗lishi ham mumkin 
emas. 0‗zak tillarning shakli o‗ziga xos ravishda yasaladi. Ulardagi so‗zlar o‗z 
shakllarini gapdagi o‗rinlari orqali ifoda etadilar yoki ohang yordamida amalga 
oshiradilar. 


70 
Mujassamlashtiruvchi (polisintetik) tillar. Bu tillarga amerikalik hindular va 
Rossiyadagi chukot, koryak tillari kiradi. Bu tillar ko‗p jihatdan hali o‗rganilmagan. 
Hozirgi kunda m a‘lum bo‗lgan manbalarga qaraganda, bu tillarda so‗z tushunchasi 
nisbiydir. Chunki bu tillardagi so‗z boshqa tillardagi ayrim tovushlarga to‗g‗ri kelib, 
o‗zining uzil-kesil ma‘nosini faqat gap tarkibidagina kashf etadi. Odatda, bu so‗z-
gapda elementlar bir-biriga qo‗shilib yoziladi. Bu tillardagi gaplar boshqa tillardagi 
so‗zga to‗g‗ri keladi. Masalan, naxuatl tilidagi qanivatcar canivinjgu gapning ma‘nosi 
«men 
uyning 
oldida 
ichdimmi‘?», 
ya‘ni 
«uy+oldida+o‘tgan 
zamon+ichmoq+savol+men». 
Chinuk tilidan yana bir misol: inialudam - «men buni unga bergani keldim». Bu 
gapda «d» elementi «bermoq» fe‘li bo‗lib, gapning o‗zagini tashkil etadi. 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling