Qarshi davlat universiteti Magistratura bо‘limi
Download 38.5 Kb.
|
ar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy tadqiqotchi: Turayeva S
Qarshi davlat universiteti Magistratura bо‘limi Biologiya mutaxasisligi magistranti Egamov Boburning 2-kurs III semestr davomida Ilmiy pedagogik ish fanidan olib borgan pedagogik ishlarining H I S O B O T I . Men magistratura bosqichining 1-kursni 2022-yil sentabr oyidan boshlab, biologiya yo`nalishi bo`yicha III semester davomida ilmiy pedagogik ish fani dasturida ko`rsatilgan barcha darslarda ishtirok etdim. Fan dasturida ko`rsatilgan barcha mavzular zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida, yuqori saviyaga ega bo`lgan ustozlarimiz tomonidan o`tildi. Men o`tilgan darslar davomida Mаgistrаturа mutаxаssisligi uchun lаborаtoriya ishlаnmаsini tuzish, o`tish tаrtibi, Mаgistrаturа mutаxаssisligi hаmdа bаkаlаvr yо‘nаlishlаri uchun seminаr mаshg‘ulotlаri ishlаnmаsi vа uning tаrkibiy qismlаri, mustаqil tа’lim ishlаnmаlаri vа uning tаrkibiy qismlаri va o`tish tartibi, zаmonаviy pedаgogik texnologiyalаrni dаrslаrdа qо‘llаshning sаmаrаdorligi hamda zаmonаviy pedаgogik texnologiyalаr аsosidа amaliy, laborotoriya, seminar dаrs ishlanmalari loyihаsini tаyyorlаsh va o`tish tаrtibi, mаsofаviy tа’lim vа uning xususiyatlаri, Oliy ta’lim muassasasida dars jarayonini axborot-kommunikativ texnologiyalar asosida o‘tishni yo‘lga qo‘yish kabi asosiy tushunchalarga ega bo`ldim. III semestr davomida Ilmiy pedagogik ish fani yuzasidan, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari hamda o`quv-tarbiya ishlarining interaktiv usullardan foydalanilgan holda, pedagogik mahorat va ko`nikmalarini shakllantirish, o`quv jarayonini ilmiy-uslubiy jihatdan taminlashni tashkil etish malakasini va ko`nikmasini o`zida hosil qilgan va talabalarga yo`naltirilgan bir qator tajribali ustozlarimning ma`ruza, seminar, amaliy mashg`ulotlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etib, o`zimning kelgusidagi pedagogik faoliyatim uchun bir qator tajriba va mallakalarga ega bo`ldim. Shu jumladan 28 sentabr Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi dots. B.E.Xo`jamqulovning “JANUBIY О‘ZBEKISTON FLORASINING PAYDO BО‘LISHI VA SHAKLLANISHI” mavzusidagi, 24-noyabr dots. J.P Sherqulova ,, ___________’’, 3-oktabrda esa M.A Sharopova ,,LISHAYNIKLAR- LICHENOPHTA BO`LIMI mavzularidagi ochiq ma`ruzalarda ishtirok etib, yuksak malakaga ega bo`lgan ustozlarimning darsni tashkil etish va o`tish mahortlaridan o`rgandim. O`rgangan ma`lumotlarim asosida tajribali ustozlarim bilan maslahatlashgan holda ,,Mikrobiologiya, ,, Biotexnologiya asoslari fanlaridan zamonaviy pedagogik va axborot komunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, amaliy mashg`ulotlar dars ishlanmalarini tuzib, ustozlarim nazoratida darslarni o`tdim. Dars mashg`ulotlaridagi yutuq va kamchiliklarim, kuzatuvchi ustozlarim tomanidan muhokama etilib, menga tegishli taklif va tavsiyalar berildi. Dars mashg`ulotlari kuni va mavzulari quyidagi jadvalda keltirilgan:
I-semestr davomida Ilmiy pedagogik ish fani yuzasidan va barcha ochiq ma`ruzalar, seminar, amaliy, laborotoriya mashg`ulotlari Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedra yig`ilishlarida muhokama etilib, tegishli tavsiyalar berilib borildi. Ilmiy tadqiqotchi: Turayeva S Download 38.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling