Qarshi davlat universiteti noorganik kimyo kafedrasi analitik va fizik kimyoviy tahlil usullari fanidan


Download 0.59 Mb.
bet13/18
Sana08.10.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1695552
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
mustaqil ta\'lim anafiz kimyo

Ishning maqsadi: Kuchli va kuchsiz elektrolitlar haqidagi tushunchalarni misollar bilan mustahkamlash va yangi ma’lumotlar bilan rivojlantirish.
Hisobot shakli (vazifa): O’z go’yasi asosidagi fikrlarni adabiyotlar bilan uyg’unlashtirgan holda ma’lumot tayyorlash.
Tayyorlash uchun sarflanadigan vaqt: 4 soat
11-mustaqil ish uchun metodik ko’rsatma: Venn diagrammasi asosida tuzlarning bir-biridan farqlanishini tushunish, tuzlarni dissotsiyalanishi va assosiyalanishi misollar bilan yozib, o’zini tekshirib ko’rish.
Topshiriq: 1. Qanday moddalarga elektrolit va noelektrolitlar deyiladi?
2. Elektrolit eritmalari Vant – Goff va Raul qonunlariga
qanday tatbiq etiladi?
3. Izotonik koeffitsient nima va u qachon qo’llaniladi?
4. Elektrolitik dissotsilanish nazariyasini tushuntiring?
5. Dissotsilanish darajasi nima va u qachon qo’llaniladi?
6. Qanday elektrolitlarga kuchli yoki kuchsiz elektrolitlar deyiladi?
7. Kuchli elektrolitlar nazariyasini tushuntiring

12-mavzu: Oksidlanish-qaytarilish potensiali. Nernst tenglamasi. Latimer va frost diagrammasi.
Ishning maqsadi: Oksidlanish-qaytarilish potensiali haqidagi tushunchalarni misollar bilan mustahkamlash va yangi ma’lumotlar bilan rivojlantirish.
Hisobot shakli (vazifa): O’z go’yasi asosidagi fikrlarni adabiyotlar bilan uyg’unlashtirgan holda ma’lumot tayyorlash.
Tayyorlash uchun sarflanadigan vaqt: 6 soat
12-mustaqil ish uchun metodik ko’rsatma: Kimyoviy jihatdan yoki fizikaviy xolatlari bilan farq qilgan 2 o‘tkazgich bir - biriga tegizilsa, ular orasida potensiallar farqi vujudga keladi.
1889-yilda Nernst elektrod potensiallari osmotik bosim nazariyasini kashf etdi. Nernst elektrod potensialining qiymati quyidagi formula bilan ifodalanadi:
Nernst tenglamasi: φ0– normal elektrod potensial bo‘lib( yoki normal potensial ), u eritmadagi metall ionlarining aktivligi 1 g-ion/l bo‘lgandagi potensialni ifodalaydi.
Topshiriq: 1. Moddalarning oksidlangan va qaytarilgan shakillarining konsentratsiyalari bilan oksidlovchi-qaytaruvchi potensialning qiymati qanday bog‘langan?
2.Xrom (VI) birikmalarining oksidlovchilik xossalari qanday muhitda (kislotali yoki ishqoriy) eng kuchli bo‘ladi?
3.Oksidlanish-qaytarilish reaksiyasida moddaning ekvivalenti qanday aniqlanadi?
4. 120ml 0.5M kaliy permanganat eritmasini kislotali sharoitda qaytarish uchun necha gramm vodorod sulfid kerak?
5.Kaliy sulfitning kataliizatorsiz qizdirgandagi reaksiyasi qanday reaksiyalar turiga kiradi?
6.Kp va Kc larning bog‘lanish formulasini keltirib chiqarib tushuntiring.
7.Elementlar atomlarining oksidlanish darajasi qaytarilish jarayonida qanday o‘zgaradi?



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling