Qarshi davlat universiteti noorganik kimyo kafedrasi analitik va fizik kimyoviy tahlil usullari fanidan


Topshiriq: Elektr yurituvchi kuch (EYuK)ni hisoblash. Akkumulyatorlar. Quruq batareykalar. 14-mavzu


Download 0.59 Mb.
bet15/18
Sana08.10.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1695552
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
mustaqil ta\'lim anafiz kimyo

Topshiriq: Elektr yurituvchi kuch (EYuK)ni hisoblash. Akkumulyatorlar. Quruq batareykalar.
14-mavzu: Vodorod elektrod. Galvanik element haqida tushuncha. O’ta kuchlanish.
Ishning maqsadi: Elektrodlar, galvanic element mavzuni to’liq va aniq o’rganish va yangi ma’lumotlar bilan rivojlantirish.
Hisobot shakli (vazifa): O’z go’yasi asosidagi fikrlarni adabiyotlar bilan uyg’unlashtirgan holda ma’lumot tayyorlash.
Tayyorlash uchun sarflanadigan vaqt: 4 soat
14-mustaqil ish uchun metodik ko’rsatma: Nernst elektrod potensialining qiymati – metall tabiatiga, ionlarning eritmadagi konsentratsiyasi va haroratga bog‘liq ekanligini ko‘rsatdi. Bu bog‘lanish quyidagi formula bilan ifodalanadi:
Nernst tenglamasi (1)
φ – elektrod potensiali π – osmotik bosim bo‘lib, eritma konsentratsiyasiga to‘g‘ri proporsional
π =K*C
ρmetalning eruvchanlik qobiliyati R – universal gaz doimiyligi
T – absolyut harorat n – elektronlar soni.
F – Faradey soni ( 96500 kulon)
π=K*C qiymatini (1) tenglamaga qo‘ysak
bo‘ladi, bundan


kelib chiqadi.
O‘zgarmas haroratda – R bilan K doimiy, ρ – har bir metall uchun o‘zgarmas bo‘lganligi uchun:
bo‘ladi va
(2)
Bu yerda φ0– normal elektrod potensial bo‘lib( yoki normal potensial ), u eritmadagi metall ionlarining aktivligi 1 g-ion/l bo‘lgandagi potensialni ifodalaydi.


Unda (2) formulani quyidagicha yozish mumkin:

Metallarning normal potensiallari nisbiy kattalik bo‘lib, absolyut qiymatlari ma’lum emas. Barcha normal elektrodlar potensiali normal vodorod elektrodiga nisbatan o‘lchanadi, chunki uning potensial qiymati shartli ravishda nolga teng deb qabul qilingan.
Normal vodorod elektrodini tayyorlashda platina plastinkasi elektroliz usulida g‘ovak platina qatlami bilan qoplanadi. Bundan asosiy maqsad – platina sathini oshirib vodorod gazining yaxshi adsorbsiyalanishini ta’minlashdir.
Galvanik zanjirni, unda sodir bo‘layotgan reaksiyalarni yozishda YUPAK tomonidan (1953 yil) qabul qilingan quyidagi qoidalarga rioya qilish lozim:

  1. galvanik element - ish bajaradigan elektrokimyoviy sistema bo‘lgani uchun, EYK (+) qiymatli bo‘lishi kerak;

  2. element EYK hisoblash uchun o‘ng elektrod potensialidan chap elektrod potensiali ayriladi(«o‘ng plyus» qoidasi). Shuning uchun element sxemasi yozilganda har doim chap tomonga (-) (oksidlanish sodir bo‘lgan), o‘ng tomonga (+) (qaytarilish sodir bo‘ladigan) elektrod yoziladi;

  3. I va II tur o‘tkazgichlar chegarasi bitta chiziq bilan ifodalanadi:


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling