Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti


Download 0.6 Mb.
bet8/16
Sana18.12.2022
Hajmi0.6 Mb.
#1031134
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
MUS ISH ONA

Gaplarni yoyish. Buning uchun gapning qaysi bo‟lagi yoyishni talab qilishi aniqlanadi. Masalan, “Daraxtlar gullaydi” gapini tahlil qilish uchun berilgan ega va kesim (gapning asosi) ajratiladi.

  • Daraxtlar qachon gullashini aytish uchun gapga qanday so‟zni qo‟shish kerak?

  • Qachon gullaydi? (bahorda gullaydi)

  • Bu so‟z gapning qaysi bo‟lagi bo‟ladi? (Ikkinchi darajali bo‟lak)

  • U gapning qaysi bo‟lagiga bog‟lanadi, ya‟ni tobelanadi? (Kesimga bog‟lanadi)

  • Gapga egani izohlaydigan yana bitta so‟z qo‟ying. Qanday gap hosil bo‟ldi? (Mevali daraxtlar bahorda gullaydi).

  1. So‟zlari aralash berilgan gapni qayta tiklash. Avval gapning asoslari (ega va kesim) tiklanadi (aniqlanadi), so‟ng so‟roqlar yordamida ikkinchi darajali bo‟laklar (so‟z birikmalari) “topiladi”, tiklanadi. Masalan, Mashinada, teradi, terimchi, paxtani.

  • Gap kim haqida aytilgan? (Terimchi haqida, kim?– terimchi)

  • U haqda nima deyilgan? (Teradi.Terimchi teradi – bosh bo‟laklar).

  • So‟roqlar yordamida so‟z birikmasini toping. Nimani teradi?(Paxtani teradi) Nimadateradi? (Mashinada teradi). Keyin gapda so‟zlarning qulay tartibi aniqlanadi (Terimchi paxtani mashinada teradi). Gap ohanggi ustida ishlanadi.

  1. Uzluksiz (tinish belgilarisiz) matndan gaplarni ajratish. Mashqning bu turi ongli bo‟lishi uchun har bir gapning bosh bo‟laklarini va so‟z birikmalarini ajratish lozim.




  1. Gapni tahlil qilish va chizmasini chizish. Gap tahlil qilinayotganda dastlabuning asosi ajratiladi, keyin egani izohlovchi ikkinchi darajali bo‟lak, kesimni izohlovchi ikkinchi darajali bo‟lak, boshqa ikkinchi darajali bo‟lakni izohlovchiikkinchi darajali bo‟lak ajratiladi.SHunday qilib, asta-sekin so‟z birikmalari ham aniqlanadi.


  2. Download 0.6 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling