Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti


-Mavzu: O'rta maxsus ta’limi tasniflagichi


Download 0.97 Mb.
bet10/83
Sana28.12.2022
Hajmi0.97 Mb.
#1020314
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   83
Bog'liq
Kasb hunarga yo\'naltirish (Majmua)

6-Mavzu: O'rta maxsus ta’limi tasniflagichi


Reja:

1. O’rta maxsus kasb hunar ta’limidagi tayyorlov yo'nalishlari, kasblar va ixtisosliklar tasniflagichi.


O‘rta maxsus, kasb–hunar ta’limi muassasalarida amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya jarayonining natijalari ko‘p jihatdan rahbar va pedagog kadrlarning tayyorgarlik darajasi va qabul qilingan o‘quv-meyoriy hujjatlarga amal qilishlariga bog‘liq. Odatda lavozimiy vazifalarni talablar darajasida bajarish, ishlarini ilmiy asosda maqbul tashkil etib, samaradorligini oshirishda ma’lum o‘quv-meyoriy hujjatlarga tayanib ish ko‘riladi.


Ma’lumki, o‘quv-meyoriy hujjatlari o‘ziga: tasniflagich, davlat ta’lim standarti (DTS), tarmoq ta’lim standarti (TTS), o‘quv reja va dasturlari, shuningdek, Respublikamiz Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining ta’lim to‘g‘risidagi qarorlari, farmonlari, farmoyishlari, nizomlar, yo‘riqnomalar va shu kabilarni qamrab oladi.
Respublikamizda “O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish (O‘zgosstandart) agentligi”ning 2010 yil 12 iyulidagi “05-207” sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklar umumdavlat tasniflagichi” asosida quyidagi 8 ta bilim sohalariga mos kodli 90 ta tayyorlov yo‘nalishlari va 251 ta kasblar bo‘yicha 610 ixtisosliklarni o‘ziga qamrab oluvchi kichik mutaxassislar tayyorlash ishi yo‘lga qo‘yilgan:
- ta’lim - 100 000 (3 nomdagi tayyorlov yo‘nalishi va 5 nomdagi kasblar; 3 (5)
- gumanitar fanlar va san’at - 200 000; 14 (56)
- ijtimoiy fanlar, biznes va huquq - 300 000; 10 (17)
- fan - 400 000; 4 (5)
- muhandislik, ishlov berish va qo‘riqlash tarmoqlari - 500 000; 35 (118)
- qishloq va suv xo‘jaligi - 600 000; 9 (20)
- sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot - 700 000; 6 (7)
- xizmatlar - 800 000; 9 (23)
Bizning fikrimizcha bu davlat miqyosidagi muhim hujjatni O‘zbekiston Respublikasining mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi mavjud va istiqbolda tashkil etiladigan korxonalar, tashkilotlar, muassasalardagi mutaxassisliklar va lavozimlarni hisobga olgan holda ishlab chiqishi zarur. Amaldagi tasniflagichda ishlab chiqarish korxonalarida mavjud bo‘lgan ba’zi bir lavozimlar hisobga olinmagan, masalan, kengayib borayotgan xizmat ko‘rsatish sohasida ofitsiant lavozimi bo‘lib, kasb- hunar kollejlarida bunday kasb yoki ixtisoslik bo‘yicha kichik mutaxassislar tayyorlanmaydi. Tabiiyki, bu holat ma’lum bir to‘siqlarga olib keladi.



Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling