Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti


-Mavzu: O‘zbekistondagi ishlab chiqarish turlari


Download 0.97 Mb.
bet21/83
Sana28.12.2022
Hajmi0.97 Mb.
#1020314
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   83
Bog'liq
Kasb hunarga yo\'naltirish (Majmua)

14-Mavzu: O‘zbekistondagi ishlab chiqarish turlari


Reja

1. O‘zbekiston xalq xo'jaligida, sanoat va qurilishda moddiy ishlab chiqarish asoslari va uning tarkibi, o‘zaro munosabati, bir-biriga bog'liqligi.


Ijtimoiy mehnat taqsimotiga muvofiq O`zbekistondagi xalq xo’jaligi faoliyatining ikki katta sohasini – ishlab chiqarish (moddiy ishlab chiqarish) va noishlab chiqarish sohalarini o’z ichiga oladi. Ana shu sohalarning tarkibi, o’zaro munosabati va bir – biriga bog’liqligi mamlakatimiz xalq xo’jaligi strukturasini tashkil etadi.


Moddiy ishlab chiqarish sohasiga moddiy boyliklarni ishlab chiqaradigan yoki istemolchilarga yetkazib beradigan hamma tarmoqlar kiradi. Sanoat, qishloq xo’jaligi va qurulishda jamiyat uchun zarur ishlab chiqarish vositalari (mashinalar, materiallar, inshoot va hokazolar) hamda istemol mollari (oziq – ovqat mahsulotlari, kiyimlar, poyabzal va hokazolar) yaratiladi.Yuk transporti, ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatish bo’yicha aloqa, savdo umumiy ovqatlanish, moddiy - texnika ta’minoti tayyorlash va sotish ham moddiy ishlab chiqarish sohasiga kiradi, chunki bular mahsulotlarni yaratishga yordam beradi va ularni amaliyotga tatbiq qilinishini ta’minlaydi.
Xalq xo’jaligining noishlab chiqarish sohasiga aholiga tibbiyot, madaniy –maishiy xizmat ko’rsatish, boshqarish, rejalashtirish va boshqa ijtimoiy zarur vazifalarni amalga oshiradigan tarmoqlar kiradi. Bu soha kishilarning mehnat sharoitini, turmushini yaxshilashga xalqning farovonligini yuksaltirishga katta ta’sir ko’rsatadi.
Mamlakatimiz iqtisodiy qudratining asosi og’ir sanoat bo’lib, u ishlab chiqarish vositalarining (materiallar, mashinalar, asbob – uskunalar, jihozlarning) ishlab chiqarilishini ta’minlaydi. Aholi uchun madaniy – maishiy va xo’jalikka mo’ljallangan xilma-xil tovarlarni tayyorlash bilan asosiy mahsulot chiqarishdan tashqari sanoatning istisnosiz barcha tarmoqlari shug’ullanadi.
Qishloq xo’jaligi sanoati xom ashyo bilan, aholini oziq - ovqat mahsulotlari bilan ta’minlaydi. U o’simlikshunoslik (dalachilik, sabzavotchilik, mevachilik, yem xashak tayyorlash va xokazolar) hamda chorvachilik (qoramolchilik, qo’ychilik, parrandachilik, baliqchilik va xokazolar) ni o’z ichiga oladi.
Qurulishning vazifasi ishlab chiqarish binolari, inshooatlar, turar joylar, yo’llar, kasalxonalar, maktablar va boshqa obyektlarni qurish hamda rekonstruksiya qilishdir. Transport, sanoat, qishloq xo’jaligi va boshqa qurilishlar bir biridan farq qiladi.
Transport xalq xo’jaligi va aholini xilma-xil yuklarni tashish ehtiyojini uzluksiz hamda o’z vaqtida ta’minlaydi.
Aloqa jamiyatning ishlab chiqarish xo’jalik faoliyatida, axolining madaniy maishiy ehtiyojlarini qondirishda muhim rol o’ynaydi. U axborotlarning uzatilishini ta’minlaydi va pochta, telegraf, telefon, radio, mobil aloqa, televideniyani o’z ichiga oladi.
Xalq xo’jaligi tarmoqlari strukturasi to’xtovsiz takomillashmoqda. Masalan sanoatda atom energetikasi va atom mashinasozligi kabi yangi tarmoqlar, electron, mikrobiologiya sanoati va hokazolar vujudga keldi.
Xalq xo’jaligini rivojlantirishning eng muhim yo’nalishi uning tarmoqlari strukturasini takomillashtirish tarmoqlararo xalq xo’jaligi komplekslarini vujudga keltirishdir.Bunday komplekslarning bir necha turlari bor.
Mashinasozlik kompleksi mamlakat xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarini mehnat vositalari bilan ta’minlaydi, shunga ko’ra ularning rivojlanish sur’atini va ishlab chiqarish samaradorligini ham ko’p darajada belgilaydi. Bu kompleksga energetika, og’ir mashinasozlik va transport, ximiya va neft, qurilish, yo’l va komunal mashinasozligi, stanoksozlik va asbobsozlik, elektrotexnika, elektron sanoat, priborsozlik, avtomobil sanoati va boshqa ayrim tarmoqlar kiradi.
Mashinasozlik kompleksini, birinchi navbatda stanoksozlik, hisoblash texnikasi, ishlab chiqarish, priborsozlik kabi tarmoqlarni, elektrotexnika va electron sanoatni jadal rivojlantirish mo’ljallangan. Fan texnika taraqqiyoti eng avval mana shularning rivojlanish darajasiga bog’liqdir.
Konstruksion materiallar ishlab chiqarish kompleksiga qora va rangli metallurgiya, ximiya va neft – ximiya, o’rmon, selyuloza qog’oz va yog’ochni qayta ishlash qurilish materiallari sanoati kiradi.
Yoqilg’i – energetika kompleksi o’zaro bog’liq tarmoqlar (ko’mir, gaz, neft, neftni qayta ishlash sanoati, electron energetika), korxonalar, qurulma va inshooatlardan iborat bo’lib, ular yoqilg’I energetika resurslari (ko’mir, gaz, neft va boshqalar) ni qazib olish, tashish, qayta ishlash, elektr energiyasi ishlab chiqarish va uni istemolchilarga yetkazish imkonini beradi.
Agrosanoat kompleksi tarmoqlararo murakkab ishlab chiqarish iqtisodiy sistema bo’lib, uchta asosiy sohani o’z ichiga oladi. Birinchisi ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarish, unga traktor va qishloq xo’jalik mashinasozligi, chorvachilik va yem xashak tayyorlash mashinasozligi, yengil va oziq ovqat sanoati mashinasozligi, kombikorm va mikrobiologiya sanoati hamda sanoatning boshqa turlari kiradi. Agrosanoat kompleksidagi kapital qurilish ham ana shu sohaga taluqlidir. Ikkinchisi bevosita qishloq xo’jalik ishlab chiqaishi (o’simlikshunoslik va chorvachilik tarmoqlari, agroximiya hamda veterinariya sanitariya xizmati, mehnatkashlarning yordamchi xo’jaliklari) Uchunchisi Qishloq xo’jalik xom ashyolarini (oziq ovqat, go’sht sut, un yorma va hokazolar) ni tayyorlash, saqlashnva qayta ishlashni ta’minlaydigan ishlab chiqarish tarmoqlari, shuningdek, maxsulotlarni realizatsiya qilish bilan bog’liq tashkilotlar. Agrosanoat kompleksining asosiy vazifalari qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini uzluksiz o’stirishga erishish, mamlakatni oziqovqat maxsulotlari va qishloq xo’jalik xom ashyolari bilan ishonchli ta’minlashdir.
Mamlakatimiz xalq xo’jaligining o’zaro bog’liq hamda moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayiraboshlash va istemol qilish jarayonlarida o’zaro yordamlashadigan barcha tarmoqlari yagona xalq xo’jaligi kompleksiga birlashgan. Bu esa butun mamlakatning va har bir respublikaning manfaatlarini ko’zlab yagona xalq xo’jaligi rejasi bo’yicha rivojlantiriladigan yaxlit xo’jalik organizmidir.
Yoqilg’i energetika kompleksini samaraliroq rivojlantirish metalurgiyada va konstruksion materiallar ishlab chiqariladigan boshqa tarmoqlarda chuqur sifat o’zgarishlarini ta’minlash mamlakat xalq xo’jaligini ximyalashtirish programmasini amalga oshirish zarur.
Agrosanoat kompleksi tarmoqlarini jadal va proporsional rivojlantirish, qishloq xo’jaligining industrial bazaga o’tishini tugallash, barcha qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligini va chorvachilik mahsuldorligini ancha o’stirishga erishish, qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining barqarorligini ta’minlash mo’ljallangan.
Yengil sanoatni va bevosita aholi ehtiyojlarini qondirish uchun ishlaydigan tarmoqlarni, transport va aloqani jadal rivojlantirish lozim.
Kapital qurilishni sifat jihatdan yangi sanoat va tashkiliy darajaga ko’tarish rejalashtirilmoqdaki, busiz xalq xo’jaligini texnik rekonstruksiyalash mumkin emas.
Ishlab chiqarish jarayonida korxonaning vazifasi davlat xalq xo’jaligi rejasiga muvofiq eng kam mehnat va mablag’ sarflab jamiyat uchun kerakli yuqori sifatli mahsulot chiqarishni ta’minlashdir. Bu vazifa ishlab chiqarishni intensivlashtirish sharoitida o’zaro hamkorlikda ishlaydigan korxona va tashkilot birlashmalarida eng muvaffaqiyatli hal qilinmoqda. Korxonalar, tashkilotlar va ularning tarmoqlari turiga qarab ishlab chiqarish va ilmiy ishlab chiqarish, tarmoq va tarmoqlararo birlashmalar bir biridan farq qiladi.
Yirik birlashmalarni barpo etish yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish, ularning tayyorlanishi va realizatsiya qilinishini tezlashtirish, xom ashyoni tejamliroq sarflash, eng zamonaviy texnika va texnologiyani ishlab chiqarishga tezroq joriy qilish imkonini beradi. Birlashmalar ishchilarning professional mahoratini takomillshtirishda, mehnat va maishiy sharoitlarini yaxshilashda, dam olishlari va o’z madaniy saviyalarini oshirishlarini tashkil etishda alohida korxonalarga nisbattan keng imkoniyatlarga ega bo’ladi.
Har qanday korxona faoliyatining asosini ishlab chiqarish jarayoni tashkil etadi. U asosiy, yordamchi va xizmat ko’rsatish ishlab chiqarish jarayonlariga bo’linadi.
Asosiy ishlab chiqarish jarayoni xom ashyo va materiallarni bevosita davlat rejasida har bir korxona uchun belgilangan buyumga aylantirishni o’z ichiga oladi. Yordamchi jarayonlar asbob anjomlarni tayyorlashdan iboratdir. Materiallarni (yarimfabrikatlarni) tashish, saqlash va xokazolar xizmat ko’rsatish jarayonlari hisoblanadi.
Ishlab chiqarish jarayonining xarakteriga ko’p omillar ta’sir ko’rsatadi. Bulardan eng muhimlari chiqariladigan maxsulotning hajmi va uning nomenklaturasidir. Ana shular ishlab chiqarishni tashkil qilishning muayyan tipini: donalab, seriyali, ko’plab ishlab chiqarishini belgilaydi.
Donalab ishlab chiqarishda mahsulotning nomenklaturasi har, lekin son uncha ko’p emas, ba’zan katta stanoklar, kuchli elktrostansiya turbinalari, ekspiremental namunalar bir dona bo’ladi.
Seriyali ishlab chiqarishga xos xususiyat alohida seriyalar bilan chiqarilgan bir xil maxsulotning nomenklaturasi nisbatan kam bo’lishidir. Bunda ishlab chiqarish hajmi yuzlarcha va minglarcha buyumlar bilan o’lchanadi. Ishlab chiqarishga qo’yilgan seriyalar kattaligiga qarab: yirik seriyali, o’rta seriyali va mayda seriyali ishlab chiqarishga bo’linadi. ishlab chiqarishning seriyali tipi mashinasozlikda va metalni qayta ishlashda (masalan, stanoklar, hisoblash mashinalarini tayyorlashda) eng ko’p tarqalgan.
Ko’plab ishlab chiqarish bir mahsulotni juda ko’p miqdorda ancha vaqt tayyorlash bilan xarakterlanadi (masalan, avtomobillar, podshibniklar, gazlama va hokazolar ishlab chiqarish). Ko’plab ishlab chiqarish turlari yuqori darajada mexanizatsiyalashgani va avtomatlashgani, undagi texnologik jarayon asosan notok usulida tashkil etilishi bilan farqlanadi.
Ishlab chiqarishning tashkiliy xususiyatlari korxonadagi ishlab chiqarish bo’linmalarining tarkibi va o’zaro bog’liqligini, korxonaning tuzilmasini belgilaydi. Masalan sanoat korxonalari sexlardan tashkil topadi. Sex- korxonaning asosiy ishlab chiqarish bo’linmasi hisoblanadi. Asosiy sexlarda bevosita maxsulotlar, yarim fabrikatlar tayyorlanadi. Bu sexlarning uzluksiz bir maromda ishlashini yordamchi (ta’mir, instrumental, energetika va hokazo) hamda xizmat ko’rsatish (transport va boshqa) sexlar ta’minlaydi. Sexlar alohida ishlab chiqarish hududlaridan tashkil topadi. Hududlarning ishchilari odatda jamoalarda birlashadilar. Qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxonalarda ham sexlarga (o’simlikshunoslik, chorvachilik, mexanizatsiya, qurilish va hokazolarga) va bo’limlarga ajratish qabul qilingan.
Ana shulardagi ishchilar jamoalarga birlashadilar. Jamoalarda esa ishning ayrim turlarini bajarish uchun guruhlar tuziladi.
Har qanday korxona tarkibida albatta boshqarish aparati bo’ladi. U turli bo’lim va xizmatlardan tashkil topib, butun jamoa ishining aniqligi va uyg’unligini ta’minlaydi.


Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling