Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti
-Mavzu:Pedogogik-psixologik fanlarni o‘rganishda talabalarni kasb hunarga yo‘naltirish ishiga nazariy-metodik jihatdan tayyorlash
Download 0.97 Mb.
|
Kasb hunarga yo\'naltirish (Majmua)
11-Mavzu:Pedogogik-psixologik fanlarni o‘rganishda talabalarni kasb hunarga yo‘naltirish ishiga nazariy-metodik jihatdan tayyorlash
Reja: 1. Psixologiya fanining kasb hunarga yo'naltirishdagi ahamiyati. 2. Pedagogika faninining kasb hunarga yo'naltirishdagi ahamiyati. 3. O’quvchilarni kasb hunarga yo‘naltirish tizimida IQ testlarning o‘rni. Metodika (fan sifatida)– xususiy fanlarni o’qitish ning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganadi. Metodika - ta'lim tizimida kuyidagi predmetning ahamiyati va urni, uning vazifalari va ta'lim mazmunini aniklab beradi. Shu predmet yuzasidan ta'lim usullari, shakllari va vositalaridan qanday foydalanish va boshkarilishiga izoh keltiradi Quyidagi o`quv predmetning ahamiyati va uning ta'lim tizimidagi o`rnini belgilash uyidagi o`quv predmetni o`qitish vazifalarini aniqlash.quyidagi o`quv predmetni o`qitish mazmunini aniqlash qollash bo`yicha bayon qilish va boshqarish. Pedagogik - psixologik fanlarni o’qitish metodikasi fanining maqsadi va vazifalari mohiyati . Pedagogik - psixologik fanlarni o’qitish metodikasini shakllanish jarayoni pedagogik - psixologik fanini o’quv predmeti sifatidagi rivoji bilan bog’liqdir. Pedagogik – psixologik fanlarni o’qitishning dastlabki bosqichlaridan boshlab tajribalar to’planadi ular umumlashtirilib, tizimlashtirilib boriladi. Ular asosida aloxida qoidalar va tamoyillar shakllantiriladi, o’qitish ning ayrim masalalari bo’yicha metodik tavsiyalar yaratiladi. Tajribalarni umumlashtirish asosida tadqiqotlar olib boriladi, ularni natijasida o’qitish metodikasining o’ziga xos qirralari aniqlanadi.Pedagogik - psixologik fanini o’qitish metodikasi bu nazariya va amaliyotning sintezidir. Pedagogik - psixologik fanlarni o’qitish metodikasi ta’limning tamoyillari va qoidalari, ta’lim shakllari va metodlarini asoslashga haratiladi, bu esa bo’lajak o’qituvchilarni yuqori kasbiy tayyorgarligini ta’minlaydi. Pedagogik - psixologik fanlarni o’qitish metodikasida materiallarni tanlash va tizimlashtirishda ilmiy metodologiya asos bo’lib xizmat qiladi. Metodologiya bu nazariy bilimlar tizimi, ilmiy tadqiqotlar asosiy, boshharuvchi tamoyillarni belgilovchi, ob’ektiv borliqdagi hodisalarni ilmiy tahlil qilishni amalga oshirish vositasidir. Pedagogik bilimlar metodologiyasi pedagogik nazariyani tuzilishi, tamoyillar, bilimni o’zlashtirish usulari bilan belgilanadi. Pedagogik metodologiya o’z ichiga quyidagilarni oladi: 1. Pedagogik bilimlarni tuzilishi va funktsiyalari haqidagi ta’limot. 2. Fundamental, umum ilmiy va pedagogik holatlar (nazariya, kontsepsiya, gipoteza). 3. Pedagogik tadqiqotlar metodlari haqidagi ta’limot. Pedagogik - psixologik fanlarni o’qitish metodikasi pedagogik bilimlar sohasi bo’lib, pedagogik - psixologikni umumiy va xususiy metodologiyasidan foydalanadi. Pedagogik - psixologik fanlarni o’qitish metodikasi, pedagogik - psixologiya fan sifatida va uni metodologiyasini jadal rivojlanish bosqichida shakllanadi. Bu esa maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fanini predmeti bo’lgan ta’lim jarayonini to’g’ri tashkil etish imkonini beradi. Pedagogik - psixologik fanini o’qitish metodikasi fanining vazifalari. 1997 yil 29 avgustda O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni qabul qilindi. Bu qonunda ta’kidlanishicha, ta’limning mazmuni har bir o’sib kelayotgan yosh avlodni hayotiy va dunyoviy demokratik jamiyat baxt – saodati yo’lidagi yuqori unumli mehnatiga barkamol avlod qilib tayyorlash bilan belgilangan. Ushbu qonun fuharorlarga ta’lim, tarbiya berish, kasb – hunar o’rgatishning huquqiy asoslarini belgilash va har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga haratilgan. Ta’limning asosiy mazmunini uning vazifalarida oydinlashtiriladi. Asosiy vazifalarga aqliy tarbiya bilan bog’liq bo’lgan vazifalar kiradi. Bu vazifalar ichida ilmiy va texnikaviy bilimlar bilan yoshlarni qurollantirish, ajdodlarimiz qoldirgan tarixiy va madaniy qadriyatlarga hayotning ma’nosi, jamiyatda insonning tutgan o’rni, ta’lim-tarbiyasi, odob-axloqi haqida hikmatli fikrlar borki, ular bugungi xalq ta’limi taraqqiyoti uchun va milliy maktab yaratish borasida yoshlarimizda insonparvarlik, poklik, iymon-e’tiqod, muruvvat, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, millatlararo do’stlik munosabatlari, qahramonlik, mardlik singari tuyg’ularni tarbiyalaydi. SHu bilan birga ta’lim-tarbiya muassasalari uchun alohida vazifalar qo’yilgan bo’lib, ularning mazmuni ham «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun bilan mushtarakdir. Ta’lim muassasalarida beriladigan ma’lumot mazmuni tarixiy xususiyatga ega. Kishilik jamiyati taraqqiyotining barcha bosqichlarida yosh avlodga beriladigan ma’lumot mazmuni, uning hajmi, muayyan ijtimoiy tuzumning iqtisodiy talabi va ehtiyoji, fan-texnika taraqqiyoti darajasi, madaniyati holati bilan belgilanib kelingan. Fan-texnika va texnologiya taraqqiyoti yuqori darajada bo’lgan bugungi kunda ta’lim muassasalarida beriladigan ma’lumot mazmuni o’quvchilarga ilmiy bilimlar berish, ularning faol ijtimoiy faoliyati tashkil etishlari yo’lida ko’nikma va malakalarini shakllantirishni ifodalaydi. Mustaqil O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan ta’lim (ma’lumot) ning mazmuni, avvalo, komil inson va malakaviy mutaxassisni tayyorlash jarayoni mazmuni bilan belgilanadi. Ushbu maqsadni o’zida aks ettirgan ma’lumot mazmuni quyidagi davlat ta’lim standarti, o’quv dasturlari, o’quv rejasi va darsliklar mazmunida namoyon bo’ladi. Pedagogik - psixologik fanlarni o’qitish metodikasi fanini boshqa fanlar bilan aloqasi. Ijtimoiy tarbiya mohiyatini ilmiy jihatdan asoslash ma’lum pedagogik hodisaning muayyan vaziyatlarda namoyon bo’lish qonuniyatlarini bilishni taqozo etadi. Bizga ma’lumki, pedagogik hodisa murakkab tuzilmaga ega bo’lib, uning umumiy mohiyatini to’laqonli anglash uchun bir qator fanlarning imkoniyatlariga tayaniladi. Ana shu nuqati nazardan pedagogik - psixologik fanlari bilan quyidagi fanlar o’rtasida yaqin aloqadorlik mavjud: 1. Falsafa – shaxs rivojlanishi jarayonining dialektik xususiyatlari, muayyan pedagogik g’oya, harash hamda ta’limotlarning falsafiy jihatlari kabi masalalarni tahlil etishga imkon beradi. 2. Iqtisod – ta’lim muassasalarining faoliyatini yo’lga qo’yish, o’quv binolarini qurish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va ularning moddiy-texnika va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash kabi masalalarning iqtisodiy jihatlarini anglashga xizmat qiladi. 3. Sotsiologiya – ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ularni tashkil etish shartlari xususida ma’lumotlarga ega bo’lish asosida ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining o’zaro munosabatlarini samarali tashkil etish uchun imkoniyat yaratadi. 4. Etika- shaxs ma’naviyatini shakllantirish, unda eng oliy insoniy sifatlar, axloqiy ong va ma’naviy-axloqiy madaniyatni tarbiyalashda muhim o’rin tutuvchi nazariy g’oyalarni pedagogik jarayonga tatbiq etishda alohida o’rin tutadi. 5. Estetika – shaxs tomonidan go’zallikning his etilishi, unga intilishi, shuningdek, unda estetik didni tarbiyalashda muhim yo’nalishlarni aniqlashga xizmat qiladi. 6. Fiziologiya- o’quv-tarbiya jarayonida bolalarning fiziologik, anatomik xususiyatlarini inobatga olinishi uchun boshlang’ich asoslarni beradi. 7. Gigiyena – o’quvchilarning salomatligini muhofazalash, ularning jinsiy jihatdan to’g’ri shakllantirishda nazariy va amaliy g’oyalari bilan yordam beradi. 8. Psixologiya – shaxsda ma’naviy-axloqiy, ruhiy-intellektual, hissiy-irodaviy sifatlarni tarkib toptirish uchun zamin yaratadi. 9. Tarix – pedagogik - psixologik fani taraqqiyoti, ta’lim-tarbiya jarayonlarining dinamik, dialektik xususiyatlarini inobatga olish, shuningdek, xalq pedagogik - psixologiksi g’oyalarini kelgusi avlodga uzatish uchun yo’naltiriladi. 10. Madaniyatshunoslik – o’quvchilarda insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy madaniyat asoslari haqidagi tasavvurni shakllantirish, ularda madaniy xulq-atvor xislatlarini tarkib toptirish uchun xizmat qiladi. 11. Tibbiy fanlar – shaxsning fiziologik-anatomik jihatidan to’g’ri rivojlanishini ta’minlash, uning organizmida namoyon bo’layotgan ayrim nuqsonlarni bartaraf etishga amaliy yondashuv, shuningdek, nuqsonli bolalarni o’qitish hamda tarbiyalash muammolarini o’rganishda ko’maklashadi. Ongli ravishda kasb tanlash uchun o‘quvchilarning bir qator kasblarni yetarlicha bilishi, bilganda ham ularning kishini o‘ziga jalb qiladigan tomonlarini emas, balki qiyinchiliklarini ham yaxshi bilishi, o’zining shaxsiy sifatlariga ko’ra tanlangan kasbini muvaffaqiyatli egallay olishi va keyingi ish jarayonida o’z malakasini takomillashtirishi talab qilinadi. Hozirgi vaqtga qadar kasbga yo‘naltirish ishlari yetarlicha yuqori saviyada olib borilmadi, ko‘pincha rasmiy tusda bo’ldi. Natijada maktabni tamomlaganlarning kasb tanlashi tasodifiy bo‘ladi. Yoshlarning ko‘pchiligi u yoki bu kasbni nimadan iborat ekanligini aniq tasavvuf kilmas edi. Hunar-texnika bilim yurtlarining besh mingga yakin o‘quvchilari bilan savol-javob kilinganda shu narsa aniqlandiki, ularning faqat 5% i kasbini maktabning tavsiyasiga binoan, 30% i o‘rtoqlarining maslahatiga ko‘ra, 15% i ro‘znoma, radio, televideniye orkali berilgan e’lonlarga, ko‘shnilar, tanish-bilishlarning maslahatlariga muvofiq 15% i ota-onalarning maslahati, 12% i hunar-texnika bilim yurtlari xodimlarining tavsiyalari bo‘yicha tanlanganlar. Albatta, bu ma’lumotlar xar davrda va xar xil mintakalarda obyektiv xolda turlicha, ammo shu narsa ravshanki, o‘quvchilarning aksariyat ko‘pchilik kasblarni tasodifiy ravishda tanlaydilar. «Siz nima uchun shu kasbni tanladingiz?, - degan savolga 41,1% o‘quvchi:» Bu xakda o‘ylab ko‘rganim yo‘k», - deb javob bergan. Kasbni anglamay turib, tasodifiy anglash shunda namoyon bo‘ladiki, o‘kishning dastlabki paytlarida o‘quvchi qandaydir qiziqish bilan karaydi. Keyinchalik esa bu qiziqish sunib boradi. Hunar-texnika bilim yurtida birinchi yil o‘kiyotgan o‘quvchilardan so‘raganda ularning 14,9% i, ikkinchi yil o‘kiyotganlardan so‘ralganda esa 10,7% i tanlagan kasbidan mamnunligini aytgan. Hozirgi vaqtda yoshlarni kasbga yo‘naltirish masalalari bilan davlat, jamoat va yoshlar tashqilotlari.sanoat korxonalari shug‘ullanadilar. Biroq bu ishda maktab asosiy o‘rin egallaydi. Hozirgi kunda bozor munosabatlarini va uzluksiz ta’limga o‘tish munosabati bilan maktab yoshlarni ongli ravishda kasb tanlashga, jamiyat uchun foydali va zarur bo‘lgan muayyan mehnat faoliyatiga tayyorlashda yana ham katta rol o‘ynaydi. O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish ularning xar biriga aloxida-aloxida yondashishni talab etadi bunda shaxsning temperamenti, irodasi, dikkati, belgilangan maksadga erishishda kat’iylik, tashabbuskorlik, uyushkoklik, intizomlik, topgairilgan ishni bajarishga ma’suliyat bilan munosabatda bo‘lish kabi fazilatlarini e’tiborga olish zarur. Bundan tashqari, kasbga yo‘naltirish davomida kasbni tanlash sabablarini; kasbning ijtimoiy ahamiyati, qiziqish va xavas, kasbga tayyorgarlik, oila an’analari, ota-onalar, pedagoglar, o‘rtoqlarining maslahatini hisobga olish lozim. O‘quvchilarni uzok vaqt o‘rganish natijasida sinf raxbarlari ularning xar biriga tavsifnoma tuzadilar. Bunday tavsifnoma kasb tanlash va o‘quvchiga u yoki bu kasbni tanlagani taklif qilish uchun asos bo‘ladi. Kasbga layokatlikni tanlash maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Unga o‘kituvchilar, psixologlar, ishlab chiqarishdagi muxandis yoki boshka mutaxassislar, sotsiologlar, vrachlar kiradi. Ular xar bir o‘quvchiga qanday kasb tanlash kerakligini aytadilar va buning sababini asoslab beradilar. Masalan, xolerik temperamentli bola yaxshi andoza yasovchi usta slesar bo‘la olmaydi, chunki unga mikronning o‘ndan bir ulitigacha aniqlikka erisha borib, uzok vaqt o‘lov asboblarini ishlash qiyinlik qiladi, yoki melanxolik tez javob berishni talab qiladigan mashinalarni boshkarishni muvaffakiyatli egallab ololmaydi. Sezgi a’zolarida biron-bir nuqsoni bo‘lgan bolalarga bu kasblarni tavsiya qilib bo‘lmaydi. Masalan, ba’zi rang-tuslarni farq kila olmaydigan (daltonik) bolani xar qanday transport turini boshkarishga ko‘yib bo‘lmaydi. Ko‘rishida shunday kamchiligi bo‘lganlar metallurg bo‘lib ishlashi mumkin emas. Vestibo‘lyar apparati buzilgan o‘quvchilar uchuvchi, dengizchi, yuqori inshootlar montajchisi bo‘la olmaydilar. Kasb xususiyatlarini va ularning tavsiyanomalarini o‘rganish uchun, xar bir kasb uchun professiogramma tuziladi. Malaka tavsiyanomalari professiogrammaga ko‘shimcha bo‘lib xizmat qiladi. Professiogramma mazmuniga taxminan kuydagilar kirish kerak: 1. Mazkur kasbdagi mutaxassis talab etilayotgan xalq xo‘jaligi soxasi tavsifnomasi, soxaning kadrlarga bo‘lgan ehtiyoji, avtomatlashtirish va kompleks mexanizatsiyalash munosabati bilan shu kasbdagi ishlarning rivojlanish istikbollari. 2. Ixtisoslik tavsiyanomasida tavsiya kilingan kasbning mazmuni, mehnat obyektlari, vositalari. 3. Ishchiga ko‘yiladigan talablar (ma’suliyat darajasi, tashabbus va mehnatning ijodiy elementlari, ishning gigiyenik sharoitlari, tibbiy va psixofiziologik ko‘rsatkiyalar yoki to‘g‘ri kelmasligini ko‘rsato‘vchi belgilar, ayollar mehnatini ko‘llash mumkinligini va boshkalar). 4. Boshlangich ixtisoslik razryadi doirasida o‘quvchining muvaffakiyatli ishlashi uchun umumiy ma’lumoti va kasbiy tayyorgarligiga ko‘yiladigan talablar (ishlab chiqarish malakasini yanada oshirish hisobga olgan xolda). 5. Mehnatni tashqil etishning iqtisodiy sharoitlari, mehnatga xak to‘lash sistemasi. 6. Mazkur kasb vakillari (ishlab chiqarish novatorlaori, ilgorlari, mehnat qahramonlari)ning biografik ma’lumotlari. O‘ta ma’suliyatli va ish sharoitlari xafli deb ta’riflanadigan ishlar uchun professiogramma kator talablar bilan tuldiriladi. Ular uzoq vaqt mobaynida tez ishlash malakasini, qo’l barmoqlarining kuchini, oyoklar kuchini, barmoqlarning xrakatchanligini; ko‘z, qo‘l va oyoqlar muvofiqligini, xar ikkala qo‘lning ixtiyoriy harakatlarini talab etadi. Professiogrammalar korxonalar yoki maxsus muassasalar (kabinetlar, laboratoriyalar) tomonidan tuziladi. Ularni ishlab chikishda muxandislar, psixologlar, vrachlar, o‘qituvchilar ishtirok etishi kerak. Suxbatlar o‘tkazish yo‘li bilan o‘quvchilar professiogramma bilan batafsil tanishtiriladi. O‘quvchining aloxida talablar ko‘yiladigan kasblarni egallab olishga uzil-kesil imkoniyat yaraladi. Kasb tanlashda maktabning ota-onalar bilan mustaxkam alakasi katta ahamiyatga ega. O‘quvchilarda kasbga oid qiziqishlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishidagi muvaffakiyat ko’p jihamtdan maktab va ota-onalarning birgalikdagi samarali ishlariga bog‘liqdir. Ishchilar sulolasi an’analrini xar tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ommalashtirish va targ’ib qilish kerak.Tegishli adabiyotlarni o‘qish ham ko‘pgina kasblar bilan tanishishda jiddiy yordam beradi. Bunday adabiyotlar maktab kutubxonasida bo‘lishi kerak, albatta. O‘quvchining o‘zligini tushunishi, o‘z kuchi va imkoniyatlarini, shu jumladan o‘z qobiliyatlarini to‘g‘ri baxolay bilishi, keyin esa shaxsiy qiziqishlari va imkoniyatlari kasb talablari bilan solishtirib ko‘rishi kasbni muvaffakiyatli tanlash shartlaridan biridir. Vatanimizdagi va chet eldagi psixologik adabiyotda o‘quvchini shaxsining turli tomonlarini mustakil baxolash, shu jumladan kasb tanlashda o‘z yo‘lini belgilash jarayonida qobiliyatlarini va kasbga layokatliligini mustakil baxolashni taxlil qilishga urinish xollari uchrab turadi. O‘quvchilarning qobiliyatlari va kasbga layokatliligini mustakil baxolashning shuningdek mikromuxitni baxolashning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash uchun kuyidagilar zarur: 1. O‘quvchilarning bu fazilatlari o‘qituvchilar, ota-onalar, o‘rtoqlari tomonidan taxlil qilinishi; 2. Mehnat faoliyatining u yoki bu soxaga layoqatlilikni mustaqil baxolash bilan o‘quvchilarning kasbga oid niyatlarini ana shu mustaqil baxolashning shakllanish sharoitlari o‘rtasidagi nisbatini aniqlash; 3. O‘quvchilarning mustaqil baxolashi bilan tashqaridan bergan baxolarni takkoslash asosida o‘kituvchilar, ota-onalar, o‘rtoqlari baxolarining o‘xshashlik darajasini aniqlash. Bunday qobiliyatlarni, mustakil berilgan baxo darajalarini (birinchi, ikkinchi, uchinchi) hisobga olgan xolda mustakil baxolashning qo’yidagi parametrlari (yetarli baxolamaslik, ortiqcha baxo berish, baxolarning mosligi) bo‘yicha qarab chiqish kerak. Reyting va muayyan qoidalarni qo’llagan xolda anketalar orqali so‘rash hamda o‘quvchilar faoliyatida natijalarni o‘rganish metodlari bilan xuddi shunday taxlil o’tkazish zarur. Qobiliyatlarni, keyinchalik esa kasbga layoqatlilik mustaqil baxolashning shakllanish sharoitlarini o‘rganish uchun uch tipdagi maktablarni: tabaqalashtirilgan ta’lim va kasbga yo‘naltirish ishlari bo‘lmagan maktablarni, tabaqalashtirilgan ta’lim elementlari va kasbga keltirish ishlari bo‘lgan maktablarni, maxsus kasbga yo‘naltirish tadbirlari bo‘lmagan xolda fizika-matematika yo‘nalishidagi maktablarni olish darkor. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling