Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti


-Mavzu: Texnologik jarayon haqida asosiy tushuncha


Download 0.97 Mb.
bet22/83
Sana28.12.2022
Hajmi0.97 Mb.
#1020314
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   83
Bog'liq
Kasb hunarga yo\'naltirish (Majmua)

15-Mavzu: Texnologik jarayon haqida asosiy tushuncha


Reja

1. Yangi texnika va ilg‘or texnologiya, uning ifodalanishi.


2. Mehnat predmetiga mexanik ta’sir etish (Texnologiya va dizayn yo‘nalishi-materiallarni kesish, qirqish, biriktirish, payvandlash, servis xizmati yo'nalishi-gazlarnalarning olinishi, ularni bichish-tikish, pardozlash, mahsulotlarga birinchi va ikkinchi ishlov berish, yarim fabrikatlar va h.k)

Sizlar baza korxonasiga ekskursiya vaqtida mahsulot olishning ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdingiz. Uning asosiy qismini texnologiya (texnologik jarayon) tashkil etadi. Texnologiya deganda mahsulot olish jarayonida qo’llanadigan xom ashyo, material yoki yarimfabrikatni qayta ishlash, tayyorlash, ularning xolatini, xossalari va shaklini o’zgartirish usullarining majmui tushuniladi. Odatda texnologiya konkret ishlab chiqarish bilan bog`lanadi. Masalan, sulfat kislota olish, po’lat eritish, non yopish, poyabzal tayyorlash va hokazolarning texnologiyasi bir-biridan farqlanadi.


Texnologik jarayonlarni tashkil etishda texnologik xujjatlar muxim o’rin tutadi. Texnologik xujjatlarning asosiy turlari marshrut kartasi, operatsiya kartasi, eskizlar kartasi, texnologik instruktsiya, asbob-uskunalar qaydnomasidir. Bularning dastlabki ikkitasidan ishlab chiqarishning hammasida, keyingilaridan esa ko’pincha faqat donalab va kam seriyali ishlab chiqarishda foydalaniladi. Marshrut va operatsiya kartalari xaqida batafsilroq to’xtalib o’tamiz.
Marshrut kartalarida chiqariladigan maxsulotning xarakteridan qat`i nazar, materiallar, yarimfabrikatlar va xom ashyolar tayyor mahsulotga aylangunicha bosib o’tadigan butun yo’l aks etadi. Marshrut kartada barcha operatsiyalar bo’yicha buyumlar tayyorlashning texnologik jarayoni tavsifi, asbob uskunalar, jixozlar qo’llanadigan materiallar haqidagi ma`lumotlar, shuningdek normativ xarakterdagi ayrim ma`lumotlar bo’ladi.
Operatsiya kartalarida o’tishlar bo’yicha har bir aloxida operatsiyaning bajarilishi marshrut kartalaridagiga qaraganda batafsilroq ifodalanadi. SHuningdek ularda asbob-anjomlarning, qo’llanadigan nazorat o’lchov instrumentlari va priborlarning muqobil ish rejimi ko’rsatiladi.
Xujjatlarda belgilangan ishlar tartibiga, texnikadan foydalanish qoidalariga, texnologiya intizomiga aniq rioya qilish texnologik jarayonni amalga oshirishning majburiy shartidir.
Sizlar mehnat ta`limi mashg`ulotlarida texnologik jarayon odatda uch bosqichdan: xom ashyolarni olish, tayyor detallarni yasash va buyumlarni yig`ishdan iborat bo’lishini bilib oldingiz. Ana shu tayyorlov, shakl berish va yig`ish bosqichlari xalq xo’jaligining ko’p tarmoqlariga doir korxonalardagi texnologik jarayonlarda o’z o’rniga ega. Masalan, mashinasozlik korxonasidagi texnologik jarayonning qanday o’tishini ko’raylik.
Tayyorlov bosqichi tayyorlov (quyish, shtampovkalash) tsexlarida amalga oshadi. Ularda dastlabki materiallar va xom ashyolardan bo’lajak detallarning zagotovkalari olinadi. Korxonada xom ashyoniig sarflanishi mazkur tsexlardagi ishchilar (quyuvchilar, modelchilar, qolipchilar, presslovchilar, shtampovkachilar) mehnatining sifatiga va tayyorlov ishlab chiqarishining texnik jixozlanishiga ko’proq bog`liqdir. Zagotovka qanchalik aniq yasalsa, metallga ishlov berishda u shunchalik kam isrof qilinadi, ishlab chikarish shunchalik tejamli bo’ladi.
Detallarga shakl berish bosqichi mexanika tsexlarida o’tadi. Olingan zagotovkalarga xilma-xil instrumentlardan foydalanib turli stanoklarda ishlov beriladi. Bu ishni xar xil kasblardagi ishchilar: tokarlar, frezerchilar, slesarlar, pardozlovchi va boshqalar bajaradi. Tayyorlangan detallarga tegishli tsexlarda texnik talablarga muvofiq termik, ximiyaviy yoki boshqacha ishlov beriladi. Bu esa ularning chidamliligi va mustaxkamligini oshiradi. Ayrim detallarni tashqi muxit ta`siridan saqlash uchun ularning sirtiga turli qoplamalar surtiladi. Detallar ishlov berish tsexlaridai yig`uv tsexiga keladi.
Yig`ish bosqichini ikki pog`onaga: tayyorlanadigan buyumning tarkibiy kismi shakllanadigan asosiy yig`ish va buyumni umumiy yig`ish pog`onalariga bo’lish mumkin. Masalan, avtomobil (zavodining bir tsexida dvigatel, ikkinchn tsexida bo’lajak buyumning kuzovi yig`iladi, bu asosiy yig`ish bo’ladi, umumiy (so’nggi) yig`ish bosh konveyerda boradi: bunda yig`ish birliklari na detallardan avtomobil xosil bo’ladi.
Konstruktorlik tayyorgarligi berilgan topshiriqni texnik-iqtisodiy asoslash va buyumga qo’yiladigan texnik talablar ifodalangan dastlabki xujjatni ishlab chiqishdan boshlanadi.
Oxirgi natija ishchi xujjat, yani ishchi chizmalar bo’lib, ularda buyumlarni tayyorlash na nazorat qilish uchun zarur: yig`ish chizmalari, detallarning chizmalari, ularning tafsilotlari va xokazolar ifodalanadi.
Ana shu xujjatlar asosida korxonaning texnologik tayyorgarligi amalga oshadi. By tayyorgarlik maxsulot tayyorlashning texnologik jarayonlarini ishlab chiqarishdan iborat bo’lib, u texnologik xujjatlarda: marshrut, operatsiya kartalari va xokazolarda o’z aksini topadi. Korxonaning texnologik tayyorgarligi ishlab chiqarishning texnologik gayyorgarligi yagona tizimiga, ya`ni xalq xo’jaligining istalgan tarmog`iga mansub har bir korxona rioya etadigan standartlarga muvofiq amalga oshiriladp.
Texnologik jarayonlarni loyihalashda bir tomondan buyumga qo’yiladigan texnik talablar, ikkinchi tomondan ishlab chiqarishning imkoniyatlari, uning zarur stanoklar, instrumentlar va ishchi kadrlar bilan ta`minlanganligi hisobga olinadi.


Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling