Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti
-Mavzu:Fan texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillari va istiqboli
Download 0.97 Mb.
|
Kasb hunarga yo\'naltirish (Majmua)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Zamonaviy ishlab chiqarish
- 2. Zamonaviy ishlab chiqarish omillari: — ishlab chiqrish vositalari; — ishchi kuchi. 3. Ishlab chiqarishning rivojlanish bosqichlari
5-Mavzu:Fan texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillari va istiqboli
Reja: 1. Fan texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillari. 2.Yangi texnika va ilg'or texnologiya tushunchasi. 3. Zamonaviy ishlab chiqarishning bozor munosabatlari bilan uzviyligi. Bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar asosida ishlab chiqarishni kengaytirish, samarali yo`nalishlarini aniqlash va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish muhim ahamiyatga ega. Zamonaviy ishlab chiqarishning bozor munosabatlari bilan uzviyligini ta`minlashdan ko`zlangan asosiy maqsad – ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatli bo`lishi, bozor talablariga javob berishi va bozor munosabatlari sharoitida raqobatlasha olishidan iboratdir. Shu sababli, yog`och, metall va gazlamaga ishlov berish hamda pazandachilik asoslari bo`yicha maxsulotlar tayyorlash va buyumlar yasashda mustaqil ijod qilish va bozor iqtisodiyoti talablari darajasidagi sifat va dizaynga javob beradigan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish uchun mehnat ta`limi ustaxonalarida yetarli sharoitlar mavjuddir. Mavjud sharoitlar asosida zamonaviy ishlab chiqarish ishlarini tashkil etishda quyidagilarga e`tibor berish kerak: 1. Zamonaviy ishlab chiqarish: — mehnat ta`limi darslari mobaynida moddiy va ma`naviy ne`matlarni yaratish jarayoni; — mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste`mol qilishning uzluksiz yangilanuvchi jarayoni; — ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga erishish jarayoni. 2. Zamonaviy ishlab chiqarish omillari: — ishlab chiqrish vositalari; — ishchi kuchi. 3. Ishlab chiqarishning rivojlanish bosqichlari: Birinchi bosqich – ishlab chiqarishda oddiy asbob-uskunalarning murakkablariga o`tishi orqaligina taraqqiyot kuzatiladi, oddiy turdagi mahsulotlar tayyorlashga ehtiyojlar kuchayadi; Ikkinchi bosqich – mashina, mexanizm va stanoklar asosida mahsulotlar ishlab chiqarish rivojlanadi, tovar bozori xo`jaligi yuzaga keladi va keng doiradagi moddiy va madaniy ehtiyojlar qondiriladi; Uchunchi bosqich – xizmat ko`rsatish sohasi yanada rivojlanib, fan ishlab chiqaruvchi kuchga aylanadi, resurslarni tejovchi, “yuqori” texnologiyalarga o`tiladi, bozor iqtisodiyoti oddiy ehtiyojlarni to`liq qondirish va yuqori darajadagi talablarni amalga oshirishga erishadi. Zamonaviy ishlab chiqarishda bozor munosabatlariga kirishish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Bu jarayonda, bozor munosabatlari kishilar uchun g`oyat foydali bo`lgani uchun vujudga kelgan bo`lib, u uzluksiz ravishda rivojlanib boradi. Iqtisodchilar tomonidan berilgan ta`rifga ko`ra, bozor – bu oluvchi bilan sotuvchi uchrashadigan joy, munosabat — kishilar o`rtasidagi aloqa, muomaladir. Demak, mehnat ta`limi mashg`ulotlaridagi bozor – bu o`qituvchi va o`quvchi o`rtasidagi yangi axborotlarni almashinuvi, ishlab chiqarish jarayonidagi aloqa, ularning o`zaro “Ustoz-shogird” faoliyati asosida bilim, ko`nikma va malakalarni shakllanishi bo`lsa, munosabat – o`qituvchi va o`quvchi o`rtasidagi yaqinlik, aloqa, muomala hisoblanadi. Bozor munosabatlari asosida ishlab chiqarishni tashkil etishda moddiy-texnik baza muhim ahamiyat kasb etadi. Odatda yog`och va metallarga qo`lda, stanoklar yordamida ishlov beriladi. Maktab sharoitida yog`och va metallarga o`quv ustaxonalarida ishlov beriladi. Yog`och, metall va gazlamaga ishlov berish hamda pazandachilik asoslari bo`yicha o`quv ustaxonasi ish va o`lchov asboblari, moslamalar, stanoklar bilan jihozlanadi. Ustaxonada materiallar va zarur ko`rgazmalar ham bo`ladi. Ustaxonada olib boriladigan mashg`ulotlar ish o`rni deb ataluvchi maxsus joyda bajariladi. Ish o`rni barcha kerakli asbob-uskuna va materiallar bilan ta`minlanadi. Maktab o`quv ustaxonasida har bir o`quvchi uchun alohida ish o`rni jihozlanadi. Bu esa o`quvchilarni mashg`ulot paytida bir-birlariga xalaqit bermay ishlashlari uchun qulaydir. Yog`och, metall va gazlamaga ishlov berish hamda pazandachilik asoslari bo`yicha bir necha xil asbob-uskunalar va moslamalardan foydalaniladi. Bular o`lchash-rejalash va ish asboblaridan iborat. O`lchash-rejalash asboblariga metall lineyka, buklama metr, chizg`ich, shtangensirkul nutromer kabilar kirsa, ish asboblariga esa arra, randa, iskana, egov, zubilo, temir arra, bolg`a va boshqalarni kiritish mumkin. Ishlab chiqarishni jadallashtirish va sifatli buyumlar tayyolashda dastgoh va stonoklardan ham foydalaniladi. Gazlamaga ishlov berish va pazandachilik asoslari yo`nalishlari bo`yicha ham ko`plab asbob-uskunalardan foydalaniladi. Masalan, qaychi, tikuv mashinasi, pichoq, turli pechlar va b. Bundan tashqari, zamon talablari asosida ishlab chiqarishni tashkil qilishdagi muhim ko`rsatkich mavjud bo`lgan materiallardan samarali tartibda foydalanish hisoblanadi. Ishlab chiqarish jarayonida turli xil buyumlar tayyorlashda materiallardan to`g`ri va isrof qilmasdan foydalanish, tayyorlangan buyumning sifatini, ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish uchun ishlatiladigan materialning turini, xususiyatlarini, shu xususiyatlariga ko`ra ishlov berish texnologiyasini bilish talab etiladi. Umuman olganda bozor munosabatlari zamonaviy ishlab chiqarish jarayoni bilan uzviy ravishda quyidagi funksiyalarni bajaradi (2-shakl): - mehnat ta`limida bozor ishlab chiqarish bilan iste`molni bog`lash, kerakli uy-ro`zg`or buyumlarini tayyorlash va yetkazib berish orqali insonlarning turmush farovonligini ta`minlashga xizmat qiladi. - mehnat ta`limi mashg`ulotlarida buyum tayyorlash, ya`ni tovar ishlab chiqarish uchun mehnat sarflanadi, shu mehnat qiymatni shakllantiradi. Tovar bozorga chiqishiga qadar mehnat moddiy shaklda (masalan, stol, stul, chekich, o`qlov, ko`ylak, turli pishiriq maxsulotlari va hokazo) bo`ladi, bozorda sotilgach, undagi mehnat ma`lum miqdordagi pulga aylanadi, ya`ni qiymat pul shakliga o`tadi. - ishlab chiqarishni yangilashga shart-sharoitlar yaratishda bozordan kerakli mehnat qurollari, xom ashyo, har xil materiallarni xarid etadilar va kerakli bo`lgan yangi-yangi axborot hamda har xil ishlab chiqarish uchun zarur bo`lgan ma`lumotlarni ham oladilar. - mehnat ta`limi mashg`ulotlarida tayyorlangan buyumlarni bozorda sotish orqali iqtisodiy hamkorlik ta`minlanadi va bozor talablariga asosan buyumlar ishlab chiqariladi. Bozor hamma vaqt iqtisodiy hamkorlikni kengayib borishini talab qiladi. - ishlab chiqarishning uzluksiz takrorlanib turishini ta`minlash, tayyorlanayotgan buyumning zamonaviyligi, tan narxining arzonligi, bozor talablariga to`la javob berishi va har tomonlama raqobatlasha olishi bilan belgilanadi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling