Qarshi davlat universiteti pedagogika-psixologiya fakulteti ijtimoiy pedagogika, psixologiya va maktabgacha
Qo„shiq ijro etishda ovoz mashqlarining o„rni
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
kichik yoshdagi bolalarga estetik tarbiya berishda musiqaning oziga xos xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo„shiqchilikda ovoz xosila tizilmalarining tuzilishi va ahamiyati.
- Bolalar ovozini rivojlantirish
- Kichik, o„rta, katta va tayyorlov guruhlarida bayram ertaliklari
- Kichik va o„rta guruhlarda bayram ertaliklari
Qo„shiq ijro etishda ovoz mashqlarining o„rni. Musiqa mashg‗ulotlarida bolalarga tizimli ravishda vokal va xor malakalarini sindirib borish o‗qituvchining eng muhim vazifalaridan biridir. Kichik maktab yoshdagi bolalarning ovoz xosila tizilmalari juda nozik, ovoz diapozonlari cheklangan bo‗ladi. Uzoq vaqt surunkasiga qo‗shiq kuylash bolalar ovoz xosila tizilmalarining shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun dars stukturasini buzib musiqa savodi va 59
musiqa tinglash faoliyatlari o‗rnida ham qo‗shiq kuylatish xolalariga yo‗l qo‗yish tavsiya etilmaydi.
Bolalar ovoz xosila tizilmalariga patur yetkazmaslik, ovoz saqlashning muhim sharti ovoz diapozonlarini yaxshi aniqlash va ishchi diapozonlaridagi notalardan tashqariga chiqmaslik, shuningdek vokal malakalarini izchilik bilan rivojlantirib borishdir. Odatda har bir mashg‗uloti ovoz sozlash malakalaridan boshlanib, bu mashqlar bolani navbatdagi vokal kuylash ishalri uchun tayyorlaydi. Ovozni sozlash mashqlariga doimiy ravishda u mashg‗ulotdan bu mashg‗ulotga qaytarilib keladigan mashqlar ishlatiladi. Bu mashqlarning vazifasi ovoz va nafas xosila tizilmalarining to‗g‗ri yo‗nalishda shakllanishini ta‘minlashdan iboratdir.
Birinchi mashq odatda bitta ovozda masalan, sol oktava notasida ijro qilinadi. Bolalarga bu tovushni unlisida juda ko‗p vaqt davomida chuzib turish taklif qilinib, og‗iz bushlig‗i va hiqildoq keng ochilib, kuylash xuddi ―Esnash‖ holatida amalga oshiriladi.
Xar bir kuylovchi erkin nafas olib ya‘ni nafas tamom bo‗g‗ilgandan yana nafas olib usha tovushni kuylashni davom etitridadi. Bu holatda umumiy kuyganlik va tonning aniqligi har bir bolani umumiy jaranglashda moslashga yordam beradi.
Kuylash jarayonida unison paydo bo‗lib, kuylovchilarning diqqat bir joyga tuplangpnligini sezgandan keyin xormeyster o‗qituvchi navbatdagi mashqqa o‗tish mumkin.bu mashqda bolalar shu sol tovushni yana unlisi faol nafas chiqarish orqali to‗rt marta qisqa qilib kuylashlari va beshinchi martasida chuzishlari lozim.
Bu ijro usuli nafas jarayonini faollashtiradi va tovushhosil qilishning erkin, zuriqmasdan bo‗lishini ta‘minlaydi. Navabatdagi mashq yuqoridagi mashqni unlisida kuylashdan iboratdir. Bunda tovushni dumaloq holda ya‘ni yu yoki i holatda kuylaganda yaqinlashtirish lozim. Bu xolatda yorqin va yaqin jarangdor va tovush tuqmalarning aktiv ishlashiga zamin yaratiladi.
Bu mashqlardan keyin tovushni konsertrik tarbiyalash uslubidan foydalanib kuyning diapozoni kengaytirib va boshqa tovushlarda ham yengil kuylashga o‗tish mumkin. 60
Ikkinchi guruh mashqlar odatda u yoki bu vokal xor malakalarini rivojlantirish uchun qo‗llaniladi. Bu mashqlar zanjir shaklidagi nafas olishini ko‗p ovozlikni akapella qilib kuylash malakalarini tartiblaydi.
Masalan gammani yuqoriga yoki pastga butun notalarda kuylanadi va har bir tovushning o‗rtasida nafas yanngilanadi.
Bu mashqda har bir ijrochi boshqa ijrochilar bilan bir vaqtga va aniq qilib naqasni tiklaydi, so‗ngra intonatsion aniq shu tovushni qaytaradi.
Uchinchi guruh mashqlar rahbari tomonidan asarni o‗rganish jarayonida ishlab chiqiladi. U mashqlar asarni o‗rganish jarayonida paydo bo‗ladigan intatsion ritmik yoki boshqa muammolardan kelib chiqqan holda rahbar tomonidan tuziladi. Qo„shiqchilikda ovoz xosila tizilmalarining tuzilishi va ahamiyati. Insonning ovoz xosila tizilmasi o‗ziga xos murakkab musiqa asbobi bo‗lib o‗zining rang-barang tembr boyligi nihoyatda nozik musiqa ifodalash xususiyatlariga egaligi bilan hamma musiqa asboblaridan ustun turadi. Chunki kishi ovozi kuy va so‗zni organik payvandlash natijasida musiqiy nutqni asl ma‘nosini ochib beradi. Bu boradi inson ovoziga teng keladigan birorta ham musiqa asbobi yo‗q. Ovoz xosila tizilmai tomoq, xiqildoq, xaqum nafas ravogi ovoz pardalari bog‗lamlari rezator va har xil ushalardan iborat.
Xiqildoq ovoz paydo qilish xosila tizilmai vazifasini bajaradi. Xiqildoq uzuksimon, qalqonsimon va ikkita shoxsimon uchburchak tomonlardan iborat bo‗ladi. ular muayyan muskullar yordamida oldinga va orqaga harakat qiladi. Qalqonsimon tagayning pastki uzuksimon tang‗ayning xalqa qismi ustidagi pardalar elastik tolalardan tuzilgan. Tomoqning xalqum devorlari tomonidan nafas yo‗li boshlanadi va ovoz ravog‗iga taqaladi. Ovoz ravog‗i har ikkala chetida juda nozik tola-tuqimalaridan iborat kuchliligi ovoz barqarorligi, ovoz chidamliligi kabidir. Ovoz yumshoq va jarangdor bo‗lsa, bu ovoz tembri yaxshi hisoblanadi. Aniq barqarorlik ovozning qaltiramasliligi, har bir tovushni u balandlikka chuzib tura olish qobiliyatiga egaligidir. Ovozning chidamliligi esa ko‗ylaganda tez charchamaslik qiyin va katta asarlarni ijro qilishda ovozning toliqmaslik xususiyati bilan belgilanadi. Qushiq
61
aytish manand tovush ovoz pardalarining tebranishi hamda rezanatorlar tovushni kuchlantirish natijasida paydo bo‗ladi. Rezanatorlar ikki hil bo‗ladi: Yuqori va pastki. Yuqori –bosh rezanatorga ovoz pardalarining tepasiga joylashgan xiqildoq.,burun va og‗iz bo‗shliqlari kiradi. Pastki kukrak rezanatoriga kukrak rezanatoriga kukrak qafasi troxeyale bronxlar kiradi. Rezanatolar tovush xosil qilish paytida o‗z shaklini xajmini artikulyatsiya xosila tizilmasi orqali o‗zgartirib turadilar. Diapozoni yuqori registr tovushlar, bosh rezanotor, pastki registr tovushlari – ko‗krak rezanotor deyiladi. O‗rta registr tovushlarini kuylaganda aralash bosh va kukrak registrlaridan foydalaniladi. Artikuliyatsiya-lotincha ―artikul‖ –bo‗linish degan ma‘noni bildiradi. Talaffuz aniq yoki noaniq bo‗linish artikulyatsiya xosila tizilmasining aktiv yoki passivligiga bog‗liq. Vokal darslarida olib boriladigan ma‘lum mashqlar artikuliyani aktivlashtiradi. Artikulyatsiya xosila tizilmasi organlarni aktivlashtirish uchun turli xil mashiqlardan foydalanish mumkin. Masalan, pastki jag‗ xarkatining aktivlashtirish uchun ―na‖, ―ma‖, ―da‖ kabi bug‗inlardan foydalanib mashq qilish mumkin. Tug‗ri talaffuz qilishda undosh bug‗inlardan undosh va unli tovushlarni o‗zaro munosabati katta ahamiyatiga ega bo‗ladi.
O‗nli tovushlarni uzlashtirishda undosh tovushlarning aniq talaffuzi muhum rol o‗ynaydi.
Endi lab tish faolligi uchun qilinadigan mashiqlardan ayrim namunalar keltiramiz. Lablarning faolligi uchun lab undoshlari z. m. p. ya. f. Va lab unlilari o. u. yu. tovushlaridan nu. mu. mo. bu. ku. Kabi bug‗unlar tuzib talaffuz qilish mumkin. Til faolligini oshirish uchun undosh d. k. z. l. n. r. s. t. s. ch. sh. Va unli tovushlardan iborat lya.lyo.lyu.le. va hokozo bug‗inlardan tuzilgan mashiqlardan foydalanish mumkin.
Agar u. unlilari k.g. undoshlar bilan qushib ku, ku, gu bug‗inlari yordamida mashq qilinsa artikulyatsiya xosila tizilmasining orqa tomoni faollashadi. Shuningdek di, zi, de, ze bug‗inlar yordamida mashq qilish artikuliyatsiya xosila tizilmasining oldingi qismini faollashtiradi va tovush bir muncha mayin va
62
xarakatchan bo‗ladi, til oldinroqda joylashadi. So‗z talaffuzida ovoz kuchli tessitura talab qiladi. Yuqori registrda kuylaganda ovoz birmuncha qiyin sharoitda bo‗ladi. Bunday paytda yuqori notalarda ovozni shakllantirish bilan so‗zlarni aniq tanaffuz qilish oddiy ish bo‗lmaydi.
Asardagi adabiy matn so‗zlarini tinglovchilarga yetkazib berish vositasi deksiya deyiladi. Deksiya asarning g‗oyaviy mazmunini ochib berishda muhim o‗rin tutadi. Vokal musiqasida so‗z va muzika bir birini tuldiradi va badiiy obraz yaratadi.
Deksiya lotincha ―talaffuz‖ nutq aniq so‗z talaffuzi ma‘nosini bildiradi.
Musiqa rahbari bolalarga asar matnini tug‗ri va aniq talaffuz qilishni o‗rgatish bilan cheklanmasdan so‗zlarni qanday talaffuz qilishni bilishi mantiqiy urg‗ularga orfoepiya qoidalariga rioya qilishi zarur. Talaffuzning aniq bo‗lishi nutq xosila tizilmasining qanday joylashganligi va ishlashiga bog‗liq. Ovoz pardalari, tovush xosil qilish pardalari joylashgan. Odam ovozi juft va toq xiqildoq tog‗aylari pardalarining muskullari yordamida bir – biri bilan birikish hosil bo‗ladi. Nafas orqali chiqayotgan havo xiqildog‗i tog‗aylar orasida tortilgan baland pastligi yo‗g‗on-ingichkali xiqildog‗ bo‗lishiinng katta-kichikligini pardalarning tarangligiga ularning uzunligi va qalinligiga, til xalqum,-xiqildoq muskullarning qisqarishiga bog‗liqdir. Bu pardalar yuqori va pastda joylashgan bo‗lib, yuqoridagi soxta pastdagisi esa chin ovoz pardasi deyiladi. Qo‗shiqchilikda qo‗shiq aytishga moyil va ma‘lum ovoz balandligi, yoqimli tembrga, tiniq lirik yoki dramatik kichik yoki katta kuchlanishga ega bo‗lgan ohangdor ovozlar kuylashga monand ovozlar hisoblanadi. Yetarli hajmi chiroyli tembr ovoz, lablar, yumshoq tanglay, qattiq tanlay, jag‗ tinglash qo‗shiqchilik nutqini tashkil qiladi. Shunday qilib qo‗shiq ijrosida asarning poetik va mazmunini tinglovchilarga yetkazib berishda talaffuz talaffuz artikulyatsiya muhim rolb uynar ekan. Musiqa madaniyati darslarida bolalarning so‗z talaffuzi mahorati bilan birga nutq madaniyatini o‗stirib borish lozim. Yaxshi kuylash malakasiga ega bo‗lgan bola har qanday shaklda yozilgan qo‗shiqni to‗g‗ri talaffuz qila oladi.
63
Bolalar ovozini rivojlantirish Ovoz-axborotini o‗zatishning g‗oyat muhim tovush vositasidir, odamlarning o‗zaro aloqa bog‗lash vositasidir. Odamlarning ovoz bilan bog‗liq faoliyatining asosiy turlari nutq va qo‗shiq aytishdan iborat bo‗lib, ularga ayni vaqtda musika faoliyatining bir turi deb ham qaraladi.
Ovoz – insonning katta boyligi bo‗lib, bu boylikdan u butun umri davomida foydalanadi. Shu munosabat bilan tovush xosila tizilmasini ustalik bilan mashq qildirish, chiniqtirish, uni mumkin qadar uzoq vaqt sog‗lom saqlashga intilish muhimdir.
Shu narsa aniqki, bolalikdan qo‗shiq aytishga to‗g‗ri o‗rgatish odamni muzikaviy – ijodiy rivojlantirishnigina emas, balki uning tovush xosila tizilmaini mustahkamlash, ovozni asrashning ham samarali usulidir. Qo‗shiq aytishni rivojlantirish nutqning shakllanishiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi. Shu sababli qo‗shiq aytishga bolalikda to‗g‗ri o‗rgatish muhimdir. Bunda bolaning qo‗shiq ovozni iloji boricha ertaroq, ehtiyot bo‗lib, g‗amxo‗rlik bilan rivojlantirish, uning tovush xosila tizilmasining holatiga doimo e‘tibor bilan qarash zarur.
Bola ovozining rivojlanishi bola yoshining ulg‗ayishi natijasida qo‗shiq aytishga aniq maqsadni ko‗zlab o‗rgatish tufayli yoki muntazam o‗quv jarayoniga uyutirilmagan sharoitlardagi ijobiy ta‘sir ostida, yoki bo‗lmasa har ikkala yo‗lning qo‗shilib ketishi tufayli yuz beradigan jarayondir. Bola ovozining birlamchi manbai bo‗g‗iz bo‗lib,unda tovush naychalari oralig‗ida tutashgan tovush pardalari bo‗ladi. Qo‗shiq aytgan vaqtda markaziy asab sistemasining boshqaruvida faqat bo‗g‗iz emas, balki artikulyatsiya xosila tizilmai, nafas organlari hamda boshqa organ va sistemalar jalb etiladi.
Boladagi tovush xosila tizilmasining ayrim organlari takomillashuvi jarayonida ba‘zan ular rivojida nomutanosiblik paydo bo‗ladi. Bir tomondan-bu jarayonda sezilarli sakrashlar yuz beradi, ikkinchi tomondan shunday intervallar bo‗ladiki, bunda ayrim organlarning rivojlanishi deyarli sezilarsiz o‗tadi. Ularning shakllanishi bir vaqtda tugamasligi ham xarakterlidir.
Qo‗shiq aytishga o‗rgatishni tashkil etishda shu narsa katta ahamiyatga egadirki, bolalaning ovozi yosh jihatidan kamol topishining bir qancha davrlarini 64
boshdan kechiradi. Ularning muddatlari turli bolalarda har hil bo‗lib, ba‘zan juda katta farq qiladi.
Bunda bolaning ovoz diapozoni bir muncha qisqarishi, kuylash chog‗ida bir qadar o‗ng‗aysizlik, kuylab bo‗lgandan so‗ng charchoq paydo bo‗lishi, ovoz jarangida bir muncha o‗zgarish yuz berishi, masalan u bir oz bo‗g‗ilishi mumkin. Qo‗shiqchilik rivojida yuqorida ko‗rsatib o‗tilgan optimal ko‗rsatgichlarga erishish uchun qo‗yidagi asosiy qoidalarni bajarish kerak. a) qo‗shiq hamisha erkin, tabiiy, zo‗riqmasdan aytilishi kerak; b) qo‗shiq aytish xotirjamlikni, faollikni, emotsional tayyorgarlikni, qo‗shiq aytish chog‗ida gavdani tutish qoidalariga rioya qilish zarurligini, muayyan asarni ijro etishga ruhiy jihatdan tayyor bo‗lishi, o‗zining musiqa tinglash qobilyatini muttasil kontrol qilib turishni talab qiladi; v) jarangdor, lekin ayni vaqtda mayin, yumshoq, ohangdor tovushni, butun diapozonda bir tekis bo‗lgan tovushni shakllantirishga, ovozning individual go‗zalligini saqlashga harakat qilish kerak; g) ovozning jaranglash tembrini ovoz diapozoning markaziy qismidan yuqori va pastga qarab mustahkamlash hamda rivojlantirish, uning eng chetdagi tovushlarini suiiste‘mol qilmaslik, ovozning ishchi diapozoni –butun diapozonning shunday bir qismiki, uning doirasi oson va erkin kuylanadi, ovozning bir tembri saqlanib, undan aralash tovushlar muvaffaqiyatli shakllantiriladi degan fikrga asoslanish; д) qo‗shiq aytgan vaqtda qichqirish, tovushni zo‗riqtirish mumkin emas; ye) doimo past tovush va bolaning lanjligi bilan bog‗liq holda qo‗shiq aytishdan ham naf kam; j) qo‗shiq nutqining aniqligi (talaffuz) yaxshi bo‗lmog‗i uchun unli tovushlarni to‗g‗ri, aniq, lekin birmuncha silliqlashtirib shakllantirish kerak; undosh tovushlarni aniq, keskin, qisqa, har bir kishida ma‘lum darajada individual bo‗lgan qo‗shiq aytish rejimida ovoz xosila tizilmasining ishidagi qulaylik buzmagan holda chiqarish zarur; 65
Maktabgacha ta‘lim muassasalarida bayram ertaliklari jarayonlarida estetik tarbiya berish samarali kechadi. Keyingi paragrafda shu haqda so‘z boradi II.3. MTM tarbiyalanuvchilari uchun bayram tadbirlarini o‟tkazishda musiqaning o‟rni Nafosat tarbiyasining mazmuni serqirra bo‗lib, musiqa tarbiya eng asosiy o‗rinni egallaydi. Musiqiy ta‘limning oliy maqsadi: yosh avlodni milliy musiqa merosimizga vorislik qila oladigan hamda musiqa boyligini idrok eta oladigan, yetuk, barkamol, madaniyatli, nafaqat o‗z milliy an‘analarini, balki boshqa millatlar madaniyatidan boxabar va bu an‘ana, madaniyatlarini hurmat qiladigan qilib voyaga yetkazishdan iboratdir. Bunda nafosat tarbiyasining ahamiyati benihoya kattadir. Bayram ertaliklari estetik ya‘ni nafosat tarbiyasi berishda muhim tadbirlardan biridir. Ertaliklar bog‗cha hayotining eng muhim va tarkibiy qismiga aylangan bo‗lib, tantanavorlik, xursandlik va shodlik holatini vujudga keltiradi, bolalarning badiiy didini tarbiyalaydi. Bayram ertaliklaridan maqsad, bolalarni nafosat olamiga olib kirish, ularda ajoyib yorqin taassurotlar qoldirish va shodlik baxsh etishdan iboratdir. O‗zbekiston Mustaqillikka erishdi. Istiqlol sharofati tufayli qadryatlarimiz, unutilgan, lekin bola tarbiyasida nihoyatda zarur bo‗lgan urf-odatlarimiz tiklanmoqda. Shu sababli bayram ertaliklari shaklan va mazmunan o‗zgarmoqda. Bolalar bog‗chalarida nishonlanadigan asosiy bayramlar quyidagilardan iborat: 1. O‗zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni. 2. O‗qituvchi va murabbiylar kuni. 3. Mehrjon bayrami. 4. Yangi yil bayrami. 5. Vatan himoyachilari kuni. 6. Xalqaro xotin-qizlar bayrami. 7. Navro‗z bayrami. 8. Xotira va qadrlash kuni. 66
9. Gul va qushlar bayrami. 10. Sog‗lomjon va polvonjon bayram ertaligi. 11. Bolalarni maktab quchog‗iga kuzatish tadbiri. Har bir bayramning o‗z ma‘nosi va alohida xususiyati bor. Masalan, 1 sentabrda nishonlanadigan Mustaqillik bayramida vatanni sevish va e‘zozlash, unga munosib farzand bo‗lib yetishish, uning yutuqlaridan faxrlanish hissi tarbiyalanadi. Bayram katta guruh bolalari bilan o‗tkazilib, ular O‗zbekiston Respublikasi madhiyasini kuylaydilar. Kichik va o‗rta guruh bolalari tomoshabin sifatida qatnashadilar. Ertalikdagi o‗yinlar, inssenirovkalarda xalqimizning erishgan yutuqlari, mehnatning insonga quvonch baxsh etishi odamlarning bir-biriga mehr-oqibati, qadriyatlarimiz ko‗rsatilishi kerak. Musiqa rahbari bayram dasturini tuzishda ijodiy yondoshib, zamonaviy bolalar qo‗shiqlari bilan bir qatorda, o‗zbek xalq qo‗shiqlarini ham dasturga kiritishimiz lozim.
«Quyosh bobo» ga minnatdorchilik bildirib, «Bobodehqon» mehnatini, «Ona yer» saxovatini, mehr muruvvatini, «Kuzjon» ning to‗kin sochinligini ramziy obrazlar orqali chuqurroq idrok etishlariga erishish lozim. Bu bayramni katta, o‗rta va kichik guruh tarzida o‗tkazish mumkin. Bayram tantanalarida iloji boricha o‗zbek milliy asboblarini (karnay, sunray, nog‗ora) jalb qilish tavsiya etiladi. Imkoniyat bo‗lmasa, fonogrammadan foydalanish lozim.
Askiyalar va
kichik sahnalashtirilgan ertaklar ham bo‗lishi tavsiya etiladi. Qo‗shiq, lapar (aytishuv) va askiyalar mazmuni bolalarga tushunarli bo‗lishi kerak.
bolalarining eng sevimli bayramidir. Unda chiroyli bezatilgan archa, quvnoq kuy, qo‗shiq va o‗yinlar Qorbobo, Qorqiz va turli ertak qahramonlari, o‗rmon hayvonlari ishtirok etib, bolalar bilan xursandchilik qiladilar. Navro„z bayramida uyg‗onayotgan borliq, tabiat ulug‗lanadi. Qadriyat, urf- odat udumlarini aks ettiruvchi mazkur bayram, tabiat uyg‗onishi, yangi mehnat mavsumining boshlanishi, tabiat go‗zalligidan zavqlanish va uni asray bilish, ko‗kalamzorlashtirish, mehnatni ulug‗lash kabi g‗oyalarni o‗zida mujassam etadi. 67
Qo‗shiq-yallalar kuylanadi, o‗lanaytishuvlar va turli xil qiziqarli o‗yinlar o‗tkaziladi. Bu bayramni bog‗cha sharoitidan kelib chiqqan holda, zalda yoki hovlida o‗tkazish mumkin. Qadimda sharq xalqlari o‗z sayllariga odamlarni karnay-surnay orqali chorlaganlar. Shuning uchun bayramning tantanali qismida milliy cholg‗u asboblardan yoki fonogrammadan foydalanish lozim. Badiiy qismda quvnoq qo‗shiqlar yangraydi.
mehrlari va ulkan muhabbatlarini qo‗shiq, she‘r, raqs, o‗yinlarida ifodalaydilar. Ularning mehnatlarini e‘zozlab, minnatdorchilik bildirib, o‗z qo‗llari bilan yasagan sovg‗alarini taqdim etadilar. Ular uchun katta, o‗rta va kichik guruhlarda konsert uyushtiriladi. Bayram uchun to‗g‗ri tanlangan qo‗shiq, musiqa, sahna ko‗rinishlari bolalarda xushchaqchaq kayfiyat tug‗dirishda katta ahamiyatga ega. Ular bayramning umumiy xarakteriga, mazmuniga mos bo‗lishi kerak. Agar bog‗chada xalq cholg‗u asboblaridan tuzulgan bolalar ansambli bo‗lsa, uni ham bayram dasturiga kiritish kerak. Buyuk siymolar tavallud topgan kunlar uchun badiiy musiqiy nafosat soatlarini tashkil etish, bolalarda milliy g‗urur tuyg‗ularini shakllantirib boradi. Ularning rasmlarini ko‗rsatib, buyuk xizmatlari haqida ma‘lumotlar berish, bolalar yoshiga mos asarlari bilan tanishtirish esa bolalar ma‘naviyatini oshiradi. Shuningdek, bayramlar bolalarni Respublikamizda yashaydigan barcha millat va xalqlarning urf-odatlari, qo‗shiq va o‗yinlari bilan tanishtirish hamda ularga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalashda kata o‗rin egallaydi. Kichik, o„rta, katta va tayyorlov guruhlarida bayram ertaliklari MTM da olib boriladigan barcha bayram ertaliklari vositasida oliyjanob fazilatlar yosh avlodga bog‗cha yoshidan boshlab shakillantiriladi. Bayram ertaliklari jarayonida bola hayotiy voqiylikni musiqaviy obrazlar orqali idrok etib boradi. Bolalar yoshiga xos musiqa asarlari kichintoylarda unutilmas taassurot qoldiradi, ularni ruhiy dunyosini boyitadi. Bog‗cha sharoitidagi musiqaviy tarbiya badiiy adabiyot va tasviriy san‘at bilan uzviy bog‗langan holda amalga oshiriladi.
68
Kichik va o„rta guruhlarda bayram ertaliklari 1. Mustaqillik bayrami. Bu bayram tadbiri 1-sentabrda o‗tkaziladi. Tadbir O‗zbekiston Davlat madhiyasining yangrashi bilan boshlanadi. Bolalar Vatanimiz haqidagi she‘rlarni yoddan o‗qib, qo‗shiqlar ijro etadilar. 2. Mehrjon bayrami – Bobodehqon va ona zaminni ulug‗lovchi bayramdir. U 25- oktabrdan 5-noyabrgacha o‗tkaziladi. 3. Archa bayrami. Bu bayramda Qorbobo, Qorqiz va sevimli ertak qahramonlari ishtirok etadilar. 4. 8-mart – Onajonlar bayrami. 5. Navro‗z bayrami 21-martdan boshlanadi. 6. Sog‗lom va polvonjon tadbiri esa 1-iyunda o‗tkaziladi.
Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling