Qarshi davlat universiteti roman german filologiyasi fakulteti fransuz tili va adabiyoti bo
Download 1.08 Mb. Pdf ko'rish
|
boshlangich sinflarda xorijiy tillarni oqitishda ilgor pedagogik texnologiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
- LUG’ATLAR
- ANNOTATION
Didaktik o‘yinli texnologiyalar. Ta’lim jarayonida didaktik o‘yinli texnologiyalar didaktik o‘yinli dars shaklida qo‘llaniladi. Ushbu darslarda o‘quvchilarning bilim olish jarayoni o‘yin faoliyati bilan uyg‘unlashtiriladi. Shu sababli o‘quvchilarning bilim olish faoliyati o‘yin faoliyati bilan uyg‘unlashgan darslar didaktik o‘yinli darslar deb ataladi. 44
Inson hayotida o‘yin faoliyati orqali quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: O‘yin orqali shaxsning ma’lum bir faoliyatga bo‘lgan qiziqishi ortadi. Kommunikativ - muloqot madaniyatini egallashga yordam beradi. Shaxsning o‘z iqtidori, qiziqishi, bilimi va o‘zligini namoyon etishga imkon yaratadi. Hayotda va o‘yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklarni yengishga tayyorlaydi, mo‘ljalni to‘g‘ri olish ko‘nikmalarini hosil qiladi. O‘yin jarayonida ijtimoiy normalarga mos xulq-atvorni egallash, kamchiliklarga barham berish imkoniyati yaratiladi. Shaxsning ijobiy xislati va fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi. Insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan qadriyatlar tizimi, ayniqsa, ijtimoiy, ma’naviy-madaniy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o‘rganishga e’tibor qaratiladi. O‘yin ishtirokchilarida jamoa muloqot madaniyatini rivojlantirish ko‘zda tutiladi. O‘yin bilan bog‘liq faoliyat o‘zining to‘rtta xususiyati bilan ajralib turadi: Erkin rivojlantiruvchi faoliyatning vujudga kelishi (Bunda o‘yin ishtirokchilari rollarni, vazifalarni tanlash, o‘z faoliyatidan ko‘ngli to‘lishi nazarda tutiladi). Ijodiy muhitning tarkib topishi (o‘yin ishtirokchilari tegishli ijodiy va mustaqil faoliyatga ega bo‘ladilar). His - hayajonli vaziyatning paydo bo‘lishi (o‘yin davomida musobaqa, raqobat, hamkorlik, o‘zaro yordam vujudga keladi). O‘yin davomida belgilangan qonun-qoidalarga qat’iy amal qilinishi (o‘yin mazmuni, borishi, mantiqiy ketma-ketligi, vaqt balansi va h.k.). O‘yin tarkibiga quyidagi masalalar kiradi: a) o‘yinning syujeti; 45
b) muayyan rollar, vazifalar; s) ushbu rollarni amalga oshirish uchun bajariladigan amallar (usullar); d) aniq o‘yinlar yoki shartli ravishdagi o‘yin vositalaridan foydalanish; e) o‘yin ishtirokchilari o‘rtasidagi munosabat, muloqot. O‘yin faoliyatining tarkibi quyidagilardan tashkil topadi: O‘yindan ko‘zda tutilgan maqsadni aniqlash, loyihalash. Ushbu maqsadni amalga oshirish yo‘llarini belgilash. Olingan natijalarni tahlil qilish. O‘yin strukturasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish.
Didaktik o‘yinli darslarning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagi jadvalda o‘z aksini topgan.
46
Didaktik o‘yinli darslarni o‘quvchilarning bilim olish va o‘yin faoliyatining uyg‘unligiga qarab: syujetli-rolli o‘yinlar, ijodiy o‘yinlar, ishbilarmonlar o‘yini, konferensiyalar, o‘yin-mashqlarga ajratish mumkin. O‘qituvchi avval o‘quvchilarni individual, so‘ngra guruhli o‘yinlarga tayyorlashi va uni o‘tkazishi ular muvaffaqiyatli chiqqandan so‘ng, ommaviy o‘yinlarga tayyorlashi lozim. Chunki o‘quvchilar didaktik o‘yinli darslarda faol ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlari, bundan tashqari, sinf jamoasi o‘rtasida hamkorlik, o‘zaro yordam vujudga kelishi lozim.
Didaktik o‘yinli darslar dasturida qayd etilgan ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsad va vazifalarni hal qilishga qaratilgan bo‘lishi. Muhim muammolarga bag‘ishlanishi va ular o‘yin davomida hal qilinishi. Barkamol inson shaxsini tarbiyalash tamoyillariga, sharqona odob-ahloq normalariga mos kelishi. O‘yin strukturasi mantiqiy ketma-ketlikda bo‘lishi. Mazkur darslarda didaktik prinsiplarga amal qilinishi va eng kam vaqt sarflagan holda ulkan samaraga erishish kerak. O‘qituvchi tomonidan tavsiya etilgan topshiriqlarni kurgazmali qurollarga tayangan holda bajarib o‘z javoblarini asoslaydilar. Mazkur didaktik o‘yinli darslarda hamma o‘quvchilar hamkorlikda ishlaydilar. Avval o‘zlashtirgan bilimlarini yangi vaziyatlarda qo‘llab yangi bilimlarni egallaydilar. Bu esa o‘quvchilarning o‘z bilimlariga, iqtidoriga ishonch uyg‘otadi. Natijada har bir o‘quvchi sidqidildan va jiddiy tayyorgarlik muvaffaqiyatning garovi ekanligini anglaydi va yanada ko‘proq bilim olishga kirishadi. «Chigil yozdi» Bu usul dars boshlanishida o‘quvchilarni darsga ruhiy tayyorlash va dars yarmida o‘quvchilarning diqqatini mashg‘ulotning keyingi bosqichiga qaratish 47
uchun qo‘llaniladi. Bunda o‘qituvchi she’rlardan parcha aytishi, hazil savollar berishi, fonetik mashqlar bajarishi va turli xil qiziqarli o‘yinlar tashkil etishi mumkin. Boshlang’ich siflarda xorijiy tillarni o’qitishda tajriba - sinov darsligining afzalligi mavzularning 4 soatdan taqsimlanganligi, berilgan mavzularni o’yin tarzida o‘tilishi o‘quvchilarga tili o‘zlashtirishiga yordam beradi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasi (1997 yil 29 avgust) da qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” mazmunida barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazish jarayonining mohiyati to’laqonli ochib berilagan.
Boshlang’ich siflarda xorijiy tillarni o’qitishda zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo’yiladigan muhim talabalardan biri yuksak natijalarga erishishdir. Bugungi kunda o’quvchilarning o’quv va ijodiy faolliklarini oshiruvchi pedagogik texnologiyalarni darslarda qo’llash interfaol metodlar bilan bog’liqdir.
Masalan, ta’lim amaliyotida foydalanilayotgan interfaol metodlardan hisoblanmish “Fikriy hujum” metodi A.F.Osborn tomonidan tavsiya etilgan bo’lib, uning samaradorligi talabalarning pedagogik mahorat va tafakkur ko’lamining qanchalik kengligiga bog’liq bo’ladi. Chunonchi, o’qituvchi darsda bir mavzuni o’rtaga tashlaydi, o’quvchilar esa gaplar ishtirokida og’zaki “situatsiya” tuzadilar. Unda tanqid ta’qiqlanib, luqma va hazil-mutoyibalar o’rin egallaydi.
Stil g’oyasiga muvofiq ishlab chiqarilgan “Klaster” metodidan esa o’quvchilar bilan yakka yoki guruh tartibida tashkil etiladigan mashg’ulotlar jarayonida foydalanish mumkin. Masalan, bunda ham o’qituvchi bir she’rning sarlovhasini doskaga yozadi. O’quvchilar bu she’rda gap nima haqida ketayotganini, hatolarga e’tibor bermay yoki fikrning sifatiga e’tibor bermay ularni shunchaki, nimaniki o’ylagan bo’lsa, qog’ozga yozaveradi. Agar ma’lum muddat biror bir g’oyani o’ylay olmasa, o’sha she’rdagi biror narsaning rasmini chizib, davom ettiradi. Interfaol metodlardan “Qora quti” metodi ham darsning qiziqarli o’tishida yordamchi vositadir. Bu metodni qo’llashdan maqsad – 48
o’quvchilar tomonidan mavzuni puxta o’zlashtirishga erishish va ularni faol bo’lishga undash yoki hamkorlikda ishlash, mantiqiy tafakkur yuritish ko’nikmalarini shakillantirishdan iborat. Misol uchun, qora quti ichiga biror so’zni qog’ozga yozib yoki usha so’z predmet orqali tasvirlanib, qora quti ichiga yashiriladi. O’quvchilar ushbu qutini ochganda so’zning tarjimasini yoki predmetning nima ekanligini aniqlashlari va shu so’z ishtirokida gap tuzishi kerak bo’ladi.
O’quvchilarga qo’yiladigan shart shundan iboratki, ular quyidagi sxema ichiga matnga tuzilgan reja yoki undagi qaxramonlarni joylashtirib berishlari kerak bo’ladi yoki matndagi tayanch so’zlarni ham yozib tasvirlashlari mumkin. Ushbu strategiya o’quvchilarga mavzuga nisbatan tahliliy yondashuv, ayrim qismlar negizida mavzuning umumiy mohiyatini o’zlashtirish ko’nikmalarini hosil qiladi va bu bilan talabaning qay darajada darsga tayyor ekanini qiziqtirib qo’yib, matnni o’qigan yoki o’qimaganligini ham bilib olish mumkin bo’ladi.
Xullas, zamonaviy ta’limni tashkil etishda ushbu interfaol metodlardan foydalanish, ya’ni qisqa vaqt ichida muayyan nazariy bilimlarni o’quvchilarga yetkazib berish, ularni darsga shu yo’l bilan qiziqtira olish, ularga ma’lum faoliyat yuzasidan ko’nikma va malakalarini hosil qilish, shuningdek, o’quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ularni to’g’ri baholash biz o’qituvchilardan yuksak pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab qiladi, xolos.
49
XULOSA Boshlang’ich siflarda xorijiy tillarni o’qitishda maktab chet tili ta’limi o’quvchilarning fransuz adabiy tili me’yorlari darajasida og’zaki va yozma nutq malaklarini shakllantirish, imlo va uslubiy jihatdan savodxon qilish, ijodiy va mustaqil fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish kabi maqsadlarni amalga oshirishni nazarda tutadi. Binobarin, til muhim muloqot vositasi sifatida ulug’ ne’mat har bir millatning noyob qadriyati hisoblanadi. Til inson mehnati faoliyati davomida ijtimoiy hodisa tarzida shakllanib, rivojlanib boradi va namoyon bo’ladi, inson salohiyatining rivojlanib borishida asosiy omil vazifasini o’taydi. Boshqa dunyoviy bilimlar qatori, chet tili ta’liming ham o’ziga xos maqsad va vazifalari mavjud. Maqsad shundan iboratki, o’quvchilar til haqidagi bilimlarni shunchaki o’zlashtirib qo’ya qolmay uning butun go’zalligini his etish, til sezgirligi tarkib topishi, fransuz tilidan nutq vaziyatiga ko’ra o’rinli hamda savodli foydalana olish malaklariga ega bo’lishlari lozim. Olimlarning ta’kidlashicha, har bir inson kamolot sari intiladi. Jamiyatda yashash uchun insondagi tug’ma ne’matlarning o’zi yetarli emas. U tarixiy taraqqiyot jarayonida insoniyat tomonidan bunyod etilgan ne’matlardan bahramand bo’lishi va ulardan imkon qadar o’rganishi, o’zlashtirishi kerak. Inson oldida ajdodlar tomonidan asrlar davomida to’plangan behisob moddiy va ma’naviy boylik mavjud. Yillar o’tgani sayin ajdodlar o’rnini avlodlar egallaydi, biroq ajdodlar qoldirgan boy madaniy meros avloddan avlodga o’tib, boyib, rivojlanib, takomillashib boradi. Til ana shunday noyob madaniy merosdir. Til vositasida o’zaro fikr almashinadi, hissiyotlar namoyon bo’ladi, insoniyat hayoti davomida to’plagan tajribalar bilan tanishish imkoniyati yaratiladi. Muloqot vositalari ko’p, biroq faqat til orqaligina fikringizni, quvonch va tashvishlaringizni, hissiyotlaringizni ifodalash mumkin. Boshqa vositalar inson ruhiyatini, hissiyotlarini tilchalik ifodalay olmaydi. Darhaqiqat, kishilik jamiyatida biror - bir jarayon yo’qki, til ishtirok etmagan bo’lsin. 50
Zero, tilning ana shunday beqiyos imkoniyatlaridan o’quvchi – yoshlarni barhamand etish, ona tilimiz bilan bir qatorda chet tillarga hurmat – ehtirom tuyg’ularini tarbiyalsh ushbu soha mutaxassislari zimmasidadir. Hozirgi kun ta’limi pedagoglar oldida o’quvchi – yoshlarga faqat bilim berish emas, bilim olish yo’llarini o’rgatish talabini qo’ymoqda. Bunday talabning mohiyati shundaki, o’quvchini maktabdan keyingi hayotga tayyorlab, o’z ustida muntazam ishlash, bilim doirasini kengaytirib borish ko’nikmalarini shakllantiradi. Bilim olish esa, o’quvchining mustaqil faoliyati orqali amalga oshadi. Aynan shu masala, ya’ni o’quvchilarda mustaqil va ijodiy fikrlash ko’nikmalarini tarkib toptirish masalasi ta’limda eng asosiy va muhim vazifasidir. Ijodiy tafakkur, mehnatga ijodiy munosabatda bo’lish – ana shu ta’lim islohotidagi va shaxsni har tomonlama kamol toptirishdagi muhim jihatlardandir. Bitiruv malakaviy ishimda boshlang’ich siflarda xorijiy tillarni o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol ususlublardan foydalanish to‘g‘risida batafsil ma’lumot berishga va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta’limga tadbiq etishning afzalliklari, boshlang’ich siflarda xorijiy tillarni o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalarning va interfaol usullarning turlari, ta’lim jarayonida ularning qo‘llanilishi, darslarni rejalashtirish hamda mashg‘ulotning texnologik xaritasini tuzish masalalarini to‘liqroq tahlil qilishga, shu bilan birga bitiruv malakaviy ishim davomida bu mavzuni to‘la yoritishga harakat qildim. Mazkur bitiruv malakaviy ishi kirish, asosiy qism (Asosiy qism 2 bobdan iborat), xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Ishning kirish qismida muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimovning «Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch» asari (2008 yil) va 2012 yil 10 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qabul qilgan "Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 1 gi Qarori mavzusida va ta’lim sohasini rivojlantirishga oid qilgan barcha ma’ruzalaridagi bildirilgan fikr va
1 I. Karimov., PQ-1875-son. 2012 yil10 dekabr, Toshkent sh.,.
51
mulohazalar hamda O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishining eng muhim ustuvor yo‘nalishi xususida belgilab bergan vazifalari to‘g‘risida ma’lumot berishga harakat qildik. Mazkur qismda mavzuning dolzarbligi, maqsadi va vazifalari xususida fikr yuritiladi. Asosiy qismning I bobida boshlang’ich siflarda xorijiy tillarni o‘qitish xususiyatlari, maqsadi, interaktiv metodlar va ta’lim texnologiyalari hamda ularni chet tillarni o’qitishda qo’llashning samaradorligi, ahamiyati hamda ularni ta’limga tadbiq etish afzalliklari haqida ma’lumotlar beriladi. II bobida boshlang’ich siflarda xorijiy tillarni o‘qitishda interaktiv metodlar va ta’lim texnologiyalari to’g’risida ma’lumotlar hamda ularni chet tillarni o’qitishda qo’llashning samaradorligi, dars jarayonida leksik, grammatik, fonetik materiallarni o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol ususlublardan foydalanishning dolzarbligi, amaliy ahamiyati hamda ularni ta’limga tadbiq etish afzalliklari haqida ma’lumot beriladi. Fransuz tilini o‘qitishda interfaol usullardan foydalanish masalalari va ularning turlari misollar bilan yoritiladi va tahlil qilinadi. Tahlil qilish davomida texnologiyalarni va interfaol usullarni yaratilish tarzi, mazmuni, qo‘llanilishi va o‘ziga xos jihatlariga e’tibor beriladi, fransuz tili darslarini rejalashtirish va texnologik xarita, ya’ni dars loyihasi, uni tuzish to‘g‘risida ma’lumot beriladi. Mavzuni yoritishda mashg‘ulotlarda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol ususlublarning qo‘llanishi masalasi mavjud bo‘lgan fransuzcha, ruscha, o‘zbekcha manbalardan imkon qadar foydalanilgan. Bitiruv malakaviy ishidan nafaqat fransuz tili o‘qituvchilari, balki barcha chet tili fani o‘qituvchilari qo‘llanma sifatida foydalanishlari mumkin. Ishning xulosa qismida bitiruv malakaviy ishni yozish jarayonida erishilgan xulosalar va fikrlar jamlanmasi bayon qilinadi.
52
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI: 1. I.A. Karimov “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch”, Toshkent, 2008 yil. 2. Karimov I.A. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. –
Toshkent, “O‘zbekiston”, 2012 y. 3. Karimov I.A. “2014 yil – Sog’lom bola yili” davlat dasturi. 2014 yil. 4. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 10 dekabr 2012 Yil. ”Chet tillarini o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ – 1875 – sonli Qarori. “Barkamol avlod” gazetasi 15 dekabr 2012 yil. 1. I.A. Karimov, “2010 yil – Sog’lom bola yili” davlat dasturi. 2014 yil.
2. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi”. 29 avgust 1997 yil. 3. Collection Ressources de classe. Documents Authentiques Ecrits. La France. CLE Internationale, 2003. 8. Giovanna Tempesta.Grammaire. Tests CLE. La France.CLE Internationale, 2003. 9. Ishmuhamedov R. « Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yo’llari. Toshkent “Nizomiy nashriyoti”. TDPU 2005 yil. 10. “Iqtidor”, “Fan” nashriyoti. 2009 yil. 11. Jalolov J. “Chet tili o’qitish metodikasi” 1996 yil. 12. Yo’ldoshev J.T. “Yangi pedagogik texnologiyalar yo’nalishidagi muammoni yechimlari. 1999 yil. 13. Lernausgangslage Klassenstufe 7im Fach Französisch. Berlin, 2007. 14. Malla Ochilov “yangi pedagogik texnologiyalar” Qarshi “nasaf” nashriyoti. 15. “Ma’rifat” gazetasi, 2011 yil 9 – aprel soni. 16. Nicole McPride. “Grammaire française”. Hachette Livre. Paris, 1997.
53
17. “Oliy o’quv yurtlarida xorijiy til va adabiyot o’qitishning dolzarb muammolari”. Respublika ilmiy – amaliy anjumani materiallari. Jizzax 2008 yil. 18. Popova I.N.Kazakova, J.A. “Fransuz tili grammatikasi”. M. “Nestor Akademik” 2008 yil. 19. “Roman va german tilshunosligining dolzarb muammolari” Ilmiy – amaliy konferensiya materiallari. Toshkent 2009. 20. “Ta’limda innovatsion texnologiyalar”. Toshkent, 2008 yil. 21. Tolinov U, Usmonboyeva M “Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari”. Toshkent 2006 yil. 22. “Chet tillarini o’qitishda interaktiv uslublarning samaradorligi” Urganch shahri, 2007 yil 5 – may. 23. “Xorijiy tilshunoslik, adabiyotshunoslik va o’qitish uslubiyoti masalalari”. Respublika ilmiy – amaliy anjumani materiallari. Jizzax 2009 yil. 24. «Xorijiy tillar va adabiyotlarini o’rgatishda madaniyatlararo muloqot » To’plam. Toshkent 2010 yil.
Internet saytlari : 1.
www.google.fr
2. www.google.com
3. www.ziyonet.uz
4. http://fr.wikipédia.org
LUG’ATLAR: 1. Becherelle. La grammaire pour tous. Dictionnaire de la grammaire française en 27 chapitres. Index des difficultés grammaticales. Hatier Paris. 1990. 2. Безвесельная Н.Т., Данченко Т.А. Новейший французско – русский, 54
русско – французский словарь. Киев. 2005. 3. Ганшина К.А. Dictionnaire français - russe. M.1987. 4. Ibragimov X, Mamadaliyev A et d’autres. Dictionnaire français - ouzbek. T, Nihol, 2008. 5. Ibragimov X, Mamadaliyev A et d’autres. Dictionnaire ouzbek - français. T, Shams ASA, 2006. 6. Le petit Larousse illustré. Dictionnaire. Paris 2008. 7. Шерба Л.В. Русско – французский словарь. М.1957. 55
ANNOTATION Nous savons que le Président I. A. Karimov fait une grande attention à l’ensegnement des langues étrangères dans notre pays. La preuve en est que le 10 décembre 2012 le Président de l’Ouzbékistan a signé le décret sur le développement des mesures du système d’apprentissage des langues étrangères. Aujourd’hui l’intérêt à apprendre des langues étrangères développe. Nous savons que les technologies pedagogiques jouent un grand rôle dans l’apprentissage de la langue française. Mais, peu de littératures en français et en ouzbek consacrées a l’apprentissage des langues étrangères a l’aide de technologie pedagogique. Nous comptons que notre thème est actuel dans le système d’apprentissage des langues étrangères.
Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling