Qarshi davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti geografiya kafedrasi
Afrika materigining geologik – geomorfologik tuzilishi va relyefi
Download 1,91 Mb.
|
Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi 3-KURS MAJMUA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriq. Geologik – geomorfologik xaritada
- 4-topshiriq.
- Blits savollari
Afrika materigining geologik – geomorfologik tuzilishi va relyefi.
Afrika kontur xaritasida quyidagi geologik tog’ jinslari tarqalgan oblastlarni belgilang : a) tokembriygacha; b) intruziv tog’ jinslari; b) effiziv; g) uchlamchi; d) to’rtlamchi tog’ jinslari. Tokembriy jinslar materikning 3/4 qismini egallaydi, bu jinslar asosan Afrika platformasi ustida joylashgan. Tokembriy jinslari tarqalgan hududlardagi tog’ oldi bukilmalari, ichki botiq havzalarida to’rtlamchi va uchlamchi tog’ jinslari to’plangan. Intruziv jinslar ham bu hududda o’zining yirik qismlari bilan alohida ajralib turadi. Effuziv jinslar Sharqiy Afrika rayonida, Viktoriya ko’lidan sharqiy qismlarda tarqalgan. Bu mashg’ulotni bajarishda dunyoning geologik xaritasi, Vlasovaning “Materiklar geografiyasi” kitobidan foydalaniladi. Har qaysi tog’ jinslari shartli ranglar orqali bo’ladi, geologik xaritalarda tokembriy jinslar – (rozoviy) pushtirang, intruziv jinslar – qizil, uchlamchi va to’rtlamchi tog’ jinslari – to’q sariq va och sariq, effuziv jinslar uchun – (liliviy) binafsha ranglar bilan boyash qabul qilingan. Talaba har bir tog’ jinslari tarqalgan hududlar xaritasini diqqat bilan kuzatib indekslarni esga saqlab qolishi kerak. Topshiriq. Geologik – geomorfologik xaritada: a) Tektonik yoriqlar, grabenlarni; b) vulqonlarni, v) Kuchli zilzilalar sodir bo’ladigan rayonlarni o’z shartli belgilariga ko’ra joylashtirish lozim. Shu kartada a) Har xil tizimiga ega bo’lgan, paydo bo’lishiga ko’ra turli xildagi yirik tog’ qurilmalarini; b) baland yassitog’larni; v) hamda pasttekisliklarni tasvirlash ham talab qilinadi. Ko’rsatilishi lozim bo’lgan tabiiy – geografik obyektlar: 1) Atlas burmali tog’lari. 2) Tuareg massivi va Tibesti. 3) Ruvenzori massivi. 4) Abissin tog’lari. 5) Drakon tog’lari. 6) Kap tizmasi. 7) O’rta Anger havzasi, Chad ko’li, Oq Nil, Kongo, Kalaxari. 8) Kattara. Assal botig’i. Geologik xarita bilan birgalikda materikning foydali qazilmalarini ham shartli belgilariga ko’ra tasvirlanishi lozim. 3-topshiriq. Afrika materigining arablar, gollandlar, fransuz, rus, inglizlar sayohatchilari va olimlari tomonidan tadqiq etilishi to`g`risidagi ma’lumotlarni amaliy mashg`ulot daftariga yozish. Ibn Battuta, D. Livingston, Stenli, I. Vavilov sayohatlari yo`nalishlarini yozuvsiz xaritaga tushirish. 4-topshiriq. Afrika materigida turli geologik davrlarda ro`y bergan burmalanishlar, tektonik harakatlar natijasida yer yuzasi re’yefining o`zgarishini izohlash. 5-topshiriq. Afrika materigini 100 shimoliy kenglik bo`yicha relyef profili chizish. Yer yuzasi litosfera plitalari va ularning harakatlarini, Afrika materigining geografik joylashgan o’rnini, atrofidagi okeanlar, dengiz, qo’ltiq, bo’qozlarni, okean oqimlarini, orollar va yarim orollar, chekka nuqtalarning nomini, ularning koordinatalarini yozuvsiz xaritaga tushirish va tavsif berish. Blits savollari 1. Yer yuzasining asosiy litosfera plitalari nechta? 2. Platforma deb nimaga aytiladi? 3. Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursi qanday fanlar bilan aloqador ? 4. Afrika materigini qaysi okeanlar o’rab turadi? 5. Materik atrofida qanday arxepalaglar mavjud? 6. Afrika materigining chekka nuqtalari? Download 1,91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling