Qarshi davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti geografiya kafedrasi


Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi


Download 1,91 Mb.
bet156/190
Sana04.04.2023
Hajmi1,91 Mb.
#1329063
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   190
Bog'liq
Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi 3-KURS MAJMUA

Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi asosiy umumkasbiy fan sifatida 3-4 va 5-6 semestrlarda o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy-ilmiy(oliy matematika, fizika, statistika, ekologiya), umumkasbiy(umumiy yer bilimi, landshaftshunoslik asoslari, umumiy gidrologiya) va ixtisoslik(geografiyaning asosiy muammolari, geografik o‘lkashunoslik, ijtimoiy geografiya) fanlaridan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik talab etiladi


Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni
Ushbu fan ilmiy-tadqiqot institutlariga, oliy, o‘rta maxsus, umumta’lim tizimi muassasalariga, ishlab chiqarish va boshqaruv tashkilotlariga malakali geograf mutaxassislarni tayyorlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bilimlar beradi. U asosiy umumkasbiy fani hisoblanib, yuqori malakali geograflar tayyorlash tizimining ajralmas bo‘g‘inidir.
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Talabalarning materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallardan foydalaniladi. Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda mos ravishdagi ilg‘or pedagogik texnologiyalar qo‘llaniladi.
“Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi” kursini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondashuvlardan foydalaniladi:
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o‘z mohiyatiga ko‘ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to‘laqonli rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog‘liq o‘qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondashilishni nazarda tutadi.

Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling