Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi
Mirzo Ulug‘bek va uning akademiyasi ilmiy faoliyati
Download 3.39 Mb.
|
Odilbek ilmiy ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Ziji Hoqoniy dar takomili Ziji Elxoniy”.
- “Bog‘lar sayri”
- “Xorda va sinuslar haqida risola”, bu asar bir gradusli yoyning sinusini hisoblab chiqish metodiga bag‘ishlangan. 5) “Hisob kaliti”
- “Arifmetikaga oid risola”.
- “Oysimon shakllarni hal etish to‘g‘risida risola”. 4) “Muhammadiya risolasi”.
- “Fatxiya”
- “Fathiya risolasiga sharh”
3.2 Mirzo Ulug‘bek va uning akademiyasi ilmiy faoliyati
Musulmon Sharqi, ayniqsa, Markaziy Osiyoning madaniyati temuriylar hukmronlik qilgan XIV asrning ikkinchi yarmidan to XVI asr boshlarigacha gullab yashnagan. Bu davr avvalo Amir Temur nomi va faoliyati bilan bog‘liq bo‘lsa, temuriy hukmdorlar – uning avlodlari bu an’anani saqlab qolishga uringanlar va uddasidan ham chiqa olishgan. Sohibqironning keng qamrovli bunyodkorlik faoliyatini uning suyukli nabirasi Mirzo Ulug‘bek izchil davom ettirgan. Ulug‘bek-ning asli ismi xuddi bobosiniki kabi Muhammad Tarag‘ay bo‘lib, u 1394 yil 2 martda Sultoniya shahrida tug‘ilgan. U Temurbek saroyida katta mavqega ega bo‘lgan. Buvisi Saroy Mulkxonim va onasi Gavharshodbegim oqalarning bevosita murabbiyligida voyaga yetgan. Dastlab 15 yoshida, so‘ngra 1412 yilda 18 yashar Ulug‘bek mirzo Mova-rounnahrni haqiqiy boshqarishga kirishgan. Ilm-fan gurkirab rivojlangan. Samarqand ilm-fan va mada-niyat o‘chog‘iga aylangan. Falakiyot, handasa, matematika, riyoziyot ilmi misli ko‘rilmagan darajada rivojlangan. Bugun butun dunyoni hayratga solayotgan va bunday ulug‘ kashfiyotlar yuz bergan. XV asrda G‘iyosiddin Jamshid al-Koshiy unli kasrlarni yaratgan. Faqat undan 175 yil keyingina Yevropada Simon Stiven bu kashfiyotni takrorlagan edi. Ulug‘bek davrida qurilish ishlari rivojlana borgan, bir tomondan yangi imoratlar, ikkinchi tomondan ungacha boshlangan ulkan qurilishlar nihoyasiga yetkazilgan. Ulug‘bek o‘z dushmanlarini tinchitib ulgurmasidanoq, uning farmoniga ko‘ra, Buxoroda, Samar-qandda va G‘ijduvonda madrasalar, madrasa qoshida talabalar uchun qulay hujralar, Marvda diniy mahkamalar qurilgan. Ulug‘bek madrasasining yonida sultonning amri bilan katta hammom bunyod etilgan. Samarqandda Ko‘hak tepaligida mashhur rasadxona qad ko‘targan (1424-1428). Bibixonim masjidi, Go‘ri Amir maqbarasi qurilishi tugallangan. Shohi Zinda majmuasi poyoniga yetkazilgan. Olim Ulug‘bekning ilmiy g‘oyalariga Sharqning buyuk mutafak-kirlari ijobiy ta’siri qanday bo‘lgan bo‘lsa, olim Ulug‘bek va uning ilmiy maktabi olimlari ta’sirida g‘arbning buyuk olimi R.Dekart matematika va geometriya o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ilmiy isbot qilgan. Matematika va geometriya sohasidagi Dekart koordinatlari sistemasining ilmiy yechimiga Sharqning ilmiy ziyosi sabab bo‘lgan. Bu esa o‘z vaqtida Yevropada Uyg‘onish davrini boshlab bergan va uning jadal rivojlanishiga ta’sir etgan. XVII asrda Angliyadagi ilmiy va amaliy matematikada yuz bergan inqilob, sharqning buyuk dahosi bo‘lgan va keyingi ming yillikda yuz bergan ikki Uyg‘onish davrining yetuk vakillarining qoldirgan ilmiy merosi natijasi ekanligini bugun butun jahon e’tirof etmoqda. Mirzo Ulug‘bek temuriy hukmdorlar orasida o‘zining yuksak ma’naviyati, bebaho va benazir aql-zakovati hamda yuksak saviyasi bilan katta shuhrat qozongan. U Samarqandda astronomiya akade-miyasiga asos solgan va uning bu ishi uni o‘z yurti doirasidan chiqib chet ellarda ham nomini yoyilishiga sabab bo‘lgan. Mazkur astronomiya maktabining ilmiy ko‘lamidan kelib chiqib, uni astro-nomiya akademiyasi, deyish o‘rinlidir. Chunki “akademiya” tushunchasi afsonaviy qahramon “Akadema” nomidan olingan bo‘lib, uning nomi bilan Afina shahri yaqinida bir shahar ham Akademiya deb atalganligi ma’lum. Boshqa manbalarda akademiya – ba’zi bir ilmiy muassasalarning nomi hamdir. Qadimgi yunon faylasufi Aflotun (Platon, mil. avv. 429-348 yillar) akademiya tashkil qilgan. XV asrda Samarqandda tashkil qilingan Ulug‘bek rasadxona-sini tan olgan va dunyoga taratgan kishi fransuz yozuvchisi, tarix-chisi va faylasufi Mari Fransua Arue Volter (1694-1778) dir. A.Abdurahmonov o‘zining “Ulug‘bek akademiyasi” nomli kitobi (1994)da Volterning quyidagi so‘zlarini keltiradi: “Transoksianada uning (ya’ni Amir Temurning) o‘rniga taxtga chiqqan mashhur Ulug‘bek Samarqandda birinchi akademiyaga asos soldi”. Chindan ham Ulug‘bek tomonidan qurdirilgan rasadxona o‘z davrining akade-miyasi bo‘lgan. Mashhur fransuz olimi Volter tarixiy merosiga qisqa to‘xtaladigan bo‘lsak, u Amir Temur va Mirzo Ulug‘bek davrini yaxshi o‘rgangan. Ulug‘bekning “Ziji Ko‘ragoniy”, elchi Rui Gonsales de Klavixoning “Kundalik”lari bilan yoshligida tanishgan. Olim “Millatlarning holatlari va odatlari” (1753-1758) kitobining 3-qismini Amir Temur va temuriylar davriga bag‘ish-lab mazkur asarida Sohibqironning o‘z davlatini kengaytirish borasidagi yurishlari, turk sultoni Yildirim Boyazid bilan qilgan jangi, O‘rta Osiyodagi siyosati, Samarqand shaharini poytaxt sifati ravnaq topganligi haqida batafsil yozgan. U Mirzo Ulug‘bek haqida, uning podsholigi, Samarqandda ilmu ma’rifatni taraqqiy ettirib, katta hissa qo‘shganligini hurmat bilan ta’kidlagan: “Ulug‘bekning buyukligi uning qilgan ishlari bilan belgilanadi. U Samarqandda birinchi Fanlar akademiyasini yaratdi, Yer kurrasini o‘rgandi, koinot va yulduzlarni kashf etib, mashhur jadval tuzdi”73 Вольтернинг “Загид ёки тақдир” асари ўзбекчага таржима қилинган (1995). Astronomiya tarixiga “Ulug‘bekning Samarqand akademiyasi”, va Ulug‘bekning “Samarqand astronomiya maktabi” nomi bilan kirdi. Birinchi nomni fransuz olimi Volter, ikkinchi nomni esa o‘zbek matematigi akademik Toshmuhammad Qori-Niyoziy bergandi. Ulug‘bek 1424-1428 yillarda Samarqandda o‘z atrofiga to‘plagan olimlarning ko‘magida Obirahmat arig‘i yonida rasadxona qurdirgan Unda Qozizoda Rumiy ham qatnashgan. Doira shaklidagi bu doira-simon binoning aylanasi 47 metr, balandligi 31 metr bo‘lgan. Binoning sirti koshinlar va sirli parchinlar bilan qoplangan. Ichki sahni sekstant (osmon yoritgichlarning balandligini belgi-lash uchun mo‘ljallangan ko‘zgu qaytargichli asbob) va koridorlar uch qismga bo‘lingan. Rasadxona joylashgan mavze esa mahalliy aholi o‘rtasida “Naqshi jahon” nomi bilan atalgan. G‘iyosiddin Jamshid al-Koshiy rahbarligida rasadxona ichiga uning asosiy o‘lchov asbobi sekstant o‘rnatilgan, bu asbob esa o‘sha davr eng katta sekstanti hisoblangan. Ali Qushchi uning baland-ligini 50 metr deb hisoblagan. Bu joyda Ulug‘bek 15 ming nusxa-dagi barcha sohalarga oid ilmlarni jam etgan eng katta kutubxona barpo etgan. Mirzo Ulug‘bek qadimgi yunon olimlaridan Platon (Aflotun), Aristotel (Arastu), Gipparx (Ibbarxus) va Ptolomey (Batlimus), Sharq olimlaridan Forobiy, Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino va Nosiriddin Tusiy ilmiy merosi bilan yaqindan tanish edi. U aniq fanlardan ma’ruzalar o‘qigan, ilmiy bahslar uyushtirgan, astro-nomik kuzatishlar olib borgan, astronomiya va matematikaga tari-xiga doir asarlar yozgan edi. Ulug‘bek astronomiya maktabi musulmon Sharqi madaniyati va fani tarixida alohida nufuzga ega bo‘lgan va muhim ahamiyat kasb etgan. U boshchiligida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar va kuza-tishlar tufayli 1018 ta yulduzlarning o‘rni va holati o‘rganilib, ularning astronomik jadvali tuzilgan. Markaziy Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari bo‘ylab joylashgan 683 ta geografik markazlarning Samarqand kengligiga nisbatan koordinatlari belgilab chiqilgan. Rasadxona olimlari tomonidan uchinchi darajali algebraik tenglama yechilib, bir darajali yoyning sinusi aniqlangan.74 O‘sha davrda aniq fanlarning rivojlanishi, ana shu sohaga oid ajoyib asarlarning yozilishi, nihoyat buyuk mutafakkirlar, matema-tiklar, astronomlar bilan yaqin muloqatda bo‘lish Ulug‘bek faoliyatining asosiy yo‘nalishini belgilab berdi. Ulug‘bek zamona-sida “Solnomalar qaymog‘i” nomli asarning muallifi, muarrix Lutfullo Hofizi Abro‘ (1431 yilda vafot etgan), falsafiy tasav-vuf xarakteridagi “At-ta’rifati Jurjoniy” risolasining mual-lifi Ali ibn Muhammad Jurjoniy (1413 yilda vafot etgan), mashhur sharhchi, tabib Mavlono Nafis ibn Kirmoniy, yirik shoirlardan Sirojiddin Bisotiy Samarqandiy (1412 yilda vafot etgan), Xayoliy Buxoriy (1449 yilda vafot etgan), 1409-1410 yillarda yozilgan “Yusuf va Zulayho” dostonining muallifi Badaxshiy Durbek, qasida janrining asoschisi, qasidanavis Sakkokiy (1465 yoki 1468 yilda vafot etgan), yetuk mudarrislar Sayyid Imomiddin Mavlono Xavofiy, zabardast shoirlar mavlono Lutfiy, Xayoliy, Ismatullo Buxoriy, Kamol Badaxshoniy, Xoja Abu Fazlulloh Abullaysiy va boshqa fan, adabiyot va san’at namoyandalari yashab ijod qilishgan. Ulug‘bekning himoyasida mazkur ilm maskanining ilmiy salo-hiyati rivojlangan. Astronomiya bilan muntazam shug‘ullanish muqarrar sur’atda tegishli kuzatishlarga hamda astrolyabiya, parallaktik chizg‘ichlar, quyosh soati va boshqa shu kabi asboblar yordamida eng sodda astronomik o‘lchovlarga olib keldiki, bu esa rasadxona qurish uchun zamin bo‘lgan. Madrasa bitgach, unda ta’lim beradigan kishilarni va Ulug‘bekning o‘zi har biri bilan alohida suhbatlashib, avval ularning ilmiy malakasi yetarli ekanligiga ishonch hosil qilgach, tayinlagan. Madrasa mudarrisiligiga kimni tayin etmoqchisiz? deb so‘raganlarida, barcha ilmlardan xabari bor kishini topaman, deb javob beradi. Shunda yerda g‘isht uyumlari oldida yurgan yupun kiyimda o‘tirgan Mavlono Muhammad Havofiy Ulug‘bekning bu gapini eshitib qolgan, darrov o‘rnidan turib, bu vazifaga men loyiqman, deydi. Shundan so‘ng Ulug‘bek sulton uni imtihon qilib haqiqatan ham mazkur vazifaga loyiq topgan. Madrasani ochilish marosimida 90 nafar olim ishtirokida ma’ruza o‘qigan Mavlono Muhammadning ma’ruzasini Ulug‘bek bilan Qozizoda Rumiydan boshqa hech kim tushuna olmagan. Bu yerda tilga olingan Qozizoda Rumiy (asli kelib chiqishi kunyolik Salohiddin Muso ibn Mahmud) mashhur matematik va astronomdir. G‘oyat bilimli bo‘lgan bu olimni zamondoshlari “o‘z davrining Aflotuni” – deb atashgan. U Samarqandda dafn etilgan bo‘lib, Ulug‘bek sultonning unga ehtiromi balandligi boisidan uning qabri ustiga maqbara qurishga farmon bergan. Maqbara Shohi Zinda maqbarasining yaqinida joylashgan. Ulug‘bek maktabi tari-xida muhim rol o‘ynagan boshqa yana bir yirik matematik va astronom G‘iyosiddin Jamshid ibn Mas’ud edi. U 1416 yildayoq astronomik asboblar to‘g‘risida risola yozgan edi. O‘shanda Ulug‘bek Mirzo 23 yoshda edi. Bu asboblarning ko‘pidan o‘z rasadxonasida foydalangan. U matematika va astronomiyaga oid bir qancha asar-larning muallifi hamdir. Ulug‘bek maktabida ish olib borgan Muiniddin, uning o‘g‘li Mansur Koshiy va Koshiyning shogirdi Ulug‘bek mirzo asarlari-ning sharhchisi Ali ibn Muhammad Birjondiylar ham taniqli astronomlardan bo‘lgan. Ulug‘bek asarlarining sharhchisi Qozizoda Rumiy va Ulug‘bekning shogirdi samarqandlik matematik va astro-nom Alouddin Ali ibn Muhammad Qushchini ham zamondoshlari “o‘z davrining Ptolomeyi” deb atashgan. Ali Qushchi ilmiy sohada Ulug‘bekning eng yaqin yordamchilaridan biri edi. Ulug‘bek maktabining nomdor olimlaridan biri Qozizodaning nabirasi Mirim Chalabiy nomi ham diqqatga sazovordir. Madra-sada Ulug‘bek mirzoning o‘zi ham falakiyot ilmiga oid ilmiy ma’ruzalar o‘qir edi. Uchinchi darajali algebraik tenglamaga olib kelgan bir gradus yoyning sinusini aniqlash – Ulug‘bek mirzo va uning maktabi erishgan ajoyib va eng muhim muvaffaqiyatlardan biri bo‘lgan. Bu kabi ilmiy kashfiyotlar o‘zining ilmiyligi va ahamiyati bilan biri-biridan farq qilgan. “Ziji Ulug‘bek”, ya’ni Ulug‘bekning astronomik jadvallari, boshqacha so‘z bilan aytganda, “Ziji Ko‘ragoniy”ning ajoyib sharhchisi astronom Birjondiyning yozishicha, yuqoridagi masalani hal qilish (ya’ni uchinchi darajali algebraik tenglamaga olib kelgan masalani hal qilish) usullaridan biri Jamshidga, ikkinchisi esa zaxmatkash sulton Ulug‘bekka mansubdir. Mirzo Ulug‘bek olimlar, rasadxona xodimlari oldida bir necha bor ilmiy ma’ruzalar qilgan va ular bergan savollarga javob qaytargan. Masalan, Sediyo qo‘lyozmada qayd qilingan ana shunday voqealardan birini keltiradi. Samarqanddagi astronomlar makta-bining vakili, “Ziji Ko‘ragoniy” asarining sharhchisi astronom Chalabiyning bu qo‘lyozmasida bunday deyiladi. “Bizning mullamiz G‘iyosiddin Jamshid bir necha bor sulton, shahzoda, amaldorlar ishtirok etgan yig‘ilishda shu jadvallarning muallifdan nima uchun astronomiyaga oid risolalarda apogey va perigeyda hech qanday tenglama yo‘q, deb aytilgan, vaholanki, biz ularni aniqlashni jadvallardan topib olamiz, deb so‘ragan. Mirzo Ulug‘bek bunday deb javob qilgan: “Mening jadvallarimda ana shu ikki nuqta uchun tenglama belgilab berish mening vazifamga kirmaydi”. “G‘iyosiddinga, - berilgan bu javob, deb yozadi Chalabiy, - to‘g‘ri, chunki shundan keyin biz o‘z sharhlarimizda bu fikrlarni bayon qilib berdik”. Bundan kelib chiqadiki, hatto G‘iyosiddin Jamshid kabi yirik matematik va astronom olimlar ham Ulug‘bek mirzoning maslahatlariga muhtoj bo‘lgan, ilmiy masalalarda unga murojaat qilgan va batafsil javoblarni olgan. Ulug‘bekning faoliyati mutaassib kuchlar bilan kurashlarda toblandi. Ehtimol, olim Ulug‘bek bu kabi murakkab sharoitda ijod qilmaganida, unga tinch va osoyishta muhit bo‘lganida, uning qoldirgan ilmiy merosi bundan ham barakaliroq bo‘lishi tayin edi. G‘iyosiddin Jamshid Koshiy Mirzo Ulug‘bekning ishonchli hamkori edi. U Samarqand astronomiya maktabida o‘z zamonasida matematika fanida inqilob qilgan. U to‘rtinchi darajali kvadrat tenglamalarni yechish muammosini ixtiro qilgan. Taassufki, uning bu ixtirosi bizgacha yetib kelmagan. U o‘zining “Risolat at-atvor”-“Vatarlar va sinuslar haqida” risolasida astronomiya ilmida qayd etilmagan muammolarni hal etgan. Jamshid Koshiyning qilgan ixtirolarini undan ikki yuz yil keyin Yevropalik olimlar takrorlagan. Chunki bu vaqtda Koshiyning nomi va ixtirosi butun dunyoda katta shuhrat qozonib ulgurgan edi. Dunyoning geotsentrik sistemasi Ulug‘bek maktabi astronomik ishlarining negizini tashkil etadi. Mazkur maktabda o‘qitilgan fanlar orasida ta’lim asosini astronomiya fani tashkil etardi. Ulug‘bek boshchilik qilgan astronomlarning muvaffaqiyatli ravishda olib borgan ta’lim va ilmiy ishlari ularni aniqroq asboblar bilan ta’min-langan namunali rasadxona qurish kerak, degan fikrga olib kelgan. Ulug‘bek yuqorida aytib o‘tilgan madrasani qurdirganidan keyin oradan to‘rt yil o‘tgach, ana shu g‘oyani amalga oshirishga kirishgan. Mirzo Ulug‘bek, Qozizoda Rumiy, Mavlono Muiniddin Koshiy bilan o‘zaro maslahatlashib, Ko‘hak tepaligi etagida, Obirahmat soyining bo‘yida rasadxona binosini qurdirgan. Bu binoning atrofida baland hujralar qurilgan. Rasadxona joylashgan tepalik etaklarida ajoyib bog‘ barpo etilgan. Ulug‘bek o‘zining ko‘pgina vaqtini shu bog‘da o‘tkazar edi. Zahiriddin Muhammad Bobur asar-larida ham shunday ma’lumotni o‘qish mumkin: “Yana biroliy imorati Pushtai Ko‘hak domanasida rasaddurkim, zich bitmakning olatidur, Uch oshyonlikdur”.75 Shuni ham aytish kerakki, 1259 yilda Marag‘oda Nosiriddin Tusiy tomonidan qurilgan rasadxona XIV asrning birinchi yarmidayoq xaroba holiga kelgan edi. Biroq tarixiy manbalarda ko‘rsatilganiga qaramay Ulug‘bek rasadxonasining qayerda joylashganligi uzoq vaqt noma’lum bo‘lib keldi. 1908 yilda Samarqandda rus arxeologi V.L.Vyatkin xaro-balar ostidan uning qoldiqlarini topishga muyassar bo‘lgan. Rasadxona qoldiqlari topilgan tepalik yer sathidan balandligi taxminan 21 metr, sharqdan g‘arbga cho‘zilgan kengligi qariyb 85 metr, janubdan shimolga cho‘zilgan uzunligi esa 170 metr keladigan tabiiy tomli balandlikdan iborat. Tepalikdan turib qaraganda chor atrofda keng va ajoyib tabiat manzarasi namoyon bo‘ladi. Qazishma ishlari olib borilgan vaqtda turli rangdagi ko‘pgina koshin g‘ishtchalar, shuningdek, mozaika bo‘laklari topilgan. Chunki Samarqanddagi Ulug‘bek madrasasi ham shunday bezatilgan edi. Aftidan, rasadxona binosi o‘sha davrda hukmron bo‘lgan me’moriy uslubga ko‘ra bezatilgan bo‘lsa kerak.76 Tasviriy manbalardan ma’lum bo‘lishicha, devorlardagi suratlarda osmon gumbazi, samoviy jismlar, ularning joylashishi va o‘zaro munosabati, sayyoralarning orbitalari, qo‘zg‘almas yulduzlar, dengizlar, okeanlar, tog‘lar bo‘yicha iqlim mintaqalariga bo‘lingan yer kurrasi va hokazolar tasvirlangan. Agar uch oshiyonli rasadxona binosining baland tepalikda viqor bilan qad ko‘tarib turishini tasavvur qiladigan bo‘lsak, mazkur bino odamlarda ulug‘vor taas-surot qoldirganligini tushunish qiyin emas. Rasadxonaning ulkan-ligini shundan ham bilsa bo‘ladiki, birinchidan, bu yerda qurilish chiqindilarining juda katta uyumi topildi; ikkinchidan, rasadxo-nadigi asosiy o‘lchov asbobi juda katta bo‘lgan, qazish vaqtida uning bir qismi aniqlangan. XVII-XVIII asrlarga oid adabiyotlarda Ulug‘bek rasadxonasi-ning ulug‘vorligi va ulkanligi aytib o‘tiladi, jumladan yuqorida tilga olingan asbobning balandligi Istanbuldagi Ayo Sofiya ibodatxonasi balandligiga (ya’ni 50 m) teng bo‘lgan. Bu asbobning o‘rnatilishi ham muvaffaqiyatli o‘tgan, asbob yoyining bir qismi meridian yo‘nalishida qariyb 2 metr kenglikda qazilgan chuqurga joylashtirilgan edi. Uning chuqurda saqlanib qolgan qismi ora-lig‘i 51 sm bo‘lgan ikkita parallel to‘siqdan iborat. U pishiq g‘ishtdan urilgan bo‘lib, ganch bilan suvalgan va marmar bilan pardozlangan. Asbob har 70,2 sm oralatib bo‘lingan. Bu esa 1 gradusga to‘g‘ri keladi. Devor ustki tomonidagi marmar plitalarda o‘yilgan chiqiq bo‘lib, u kuzatishlar olib borish uchun zarur bo‘lgan asbobni o‘rnatish va uni surib turish uchun mo‘ljal-langan. “Ziji Ulug‘bek” yoki “Ziji Ko‘ragon” deb atalgan astro-nomik jadvallar Ulug‘bek va uning xodimlarining astronomik ishlarining eng muhim natijasidir. Dastlab bu asar fors-tojik tilida yozilgan edi. Asarning 108 ta qo‘lyozma nusxasi mavjud. Musulmon Sharqida qaror topgan tarixiy sharoitlarga ko‘ra, fors-tojik tili keng miqiyosda tarqalgan edi. Darhaqiqat Ulug‘bek vatanida fors-tojik tilidagi “Ziji Ulug‘bek” (Ziji Sultoniy) saqlanib qolgan: bu asar shu tilda butun dunyoga tarqaldi, “Ziji Sultoniy” o‘z vaqtida yuz yildan ilgari uning muqaddimasi fransuz tiliga tarjima qilingan. Nihoyat, Marog‘oda Nosiriddin Tusiyning “Ziji”, Hindistonda Savayjak-Singx va Abu mulla Farid Dehlaviyning “Ziji” ham fors-tojik tilida yozilgan. “Ziji Ulug‘bek” asari muqaddima (nazariy qismi) Samarqand rasadxonasida olib borilgan kuzatishlar asosida tuzilgan. Ulug‘bek jadvallaridan iborat “Ziji Ulug‘bek” asari muqaddimasi Ulug‘bek tomonidan kuzatishlar to‘plangunga qadar yozilgan bo‘lib, so‘ngra G‘iyosiddin Jamshid uni fors-tojik tilidan arab tiliga tarjima qilgan. Buni XVIII asrga oid bo‘lgan va hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunos-lik institutida (raqami 2123) saqlanayotgan “Ziji ta’rifi Sulton” qo‘lyozmasidan ham ko‘rish mumkin. Arab tilida yozilgan shu qo‘lyozmaning oxirida bunday deyilgan. “Risolani Samarqandda kuzatuv ishlari olib borgan mavlono as-Sulton ibn as-sulton Ulug‘bek ibn as-Sulton Shohrux ibn as-Sulton Temur Ko‘ragoniy yozib tugallagan. U esa Samarqandda kuzatishlar olib borgan Ulug‘bekdir. Buyuk olim G‘iyosiddin Jamshid uni yaxshilab tahrir qilib arab tiliga tarjima qilgan. Bu risolani arabcha matni tojikcha matniga aynan o‘xshamaydi: unga, masalan, taqvim bo‘yicha ozgina qo‘shimchalar ham kiritilgan. Biroq bunday holda masalaning prinsipial tomoni muhim ahamiyatga ega: boshida kuzatishlarning natijalari to‘plan-gunga qadar “Ziji Ulug‘bek” asarining nazariy asosi tojik tilida yozilgan bo‘lib, so‘ngra u arab tiliga tarjima qilingan.77 Taassufki, Samarqand astronomiya maktabi olimlarining ko‘pgina asarlari bizgacha yetib kelmagan: ularning ayrimlari yo‘qolgan, boshqalari esa o‘sha davrdagi mutaassib reaksion kuchlar tomonidan yo‘q qilingan, qo‘lyozmalarning bizgacha yetib kelgan ozgina qismi jahondagi bir necha yirik kutubxonalarda saqlan-moqda. “Zij”ning 120 ga yaqin forsiy, 15 dan ziyod arabiy nusxasi mavjud.78 Ulug‘bekning eng ko‘zga ko‘ringan xodimlaridan biri G‘iyosiddin Jamshid quyidagi asarlarning muallifidir: 1) “Ziji Hoqoniy dar takomili Ziji Elxoniy”. Bu astronomik jadvalga Nosiriddin Tusiy rahbarligida Marog‘a rasadxonasida tuzilgan jadvallar asos bo‘lgan. Jamshid bu jadvallarni tanqidiy tahlil qilgan va tuzatgan, shuningdek, yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirgan. Asar fors-tojik tilida yozilgan: uning bir nusxasi Ayo Sofiyadagi katta kutubxonada saqlanmoqda, sarlavhasidan ko‘rinib turibdiki, asar Hoqonga (ya’ni sultonga) bag‘ishlangan”. 2) “Bog‘lar sayri” asari. Bu asarda astronomiyadagi ba’zi bir amaliy masalalarni hal qilish uchun, jumladan, osmon yoritqichlarining geografik kengligi va uzunligini aniqlash uchun muallif ixtiro qilgan astronomik asbobning bayoni berilgan. Bu risola qo‘lyozmasining bir nusxasi Londondagi “Indio office” kutubxonasida mavjud. 3) “Osmon narvoni”. Arab tilida yozilgan bu asarda osmon jismlarini o‘lchash masalalari bayon etilgan. Risolaning ayrim nusxalari Yevropadagi ba’zi kutubxona-larda, jumladan, Leyden va Oksford kutubxonasida saqlanmoqda. 4) “Xorda va sinuslar haqida risola”, bu asar bir gradusli yoyning sinusini hisoblab chiqish metodiga bag‘ishlangan. 5) “Hisob kaliti” asari bo‘lib, bunda hisob va algebraning ba’zi bir eng muhim masalalari qarab chiqilgan. 6) “Doira haqida risola”, bu asarda doiraning diametriga nisbatini belgilash metodi ko‘rsatib berilgan. Ushbu maktabning yana bir iste’dodli namoyandasi Ulug‘bekning shogirdi Ali Qushchidir. Ali Qushchi quyidagi asarlarning mualli-fidir. 1) “Arifmetikaga oid risola”. Bu asar fors tilida yozilgan bo‘lib, uch qismdan iborat, hind matematikasi va astrono-miyaning ba’zi masalalariga bag‘ishlangan. Uning ayrim nusxalari Leyden kutubxonasida va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshu-noslik institutida saqlanmoqda. 2) “Astronomiyaga oid risola”. Bu asarning eng qadimgi nusxasi Ayo Sofiyadagi katta kutubxonada, shuningdek, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik insti-tutidadir. 3) “Oysimon shakllarni hal etish to‘g‘risida risola”. 4) “Muhammadiya risolasi”. Bu asarda arifmetika va algebra masalalari qarab chiqilgan. Yevropa Uyg‘onish davri (XVII-XVIII asrlar) vakillari mazkur masalada olim Ulug‘bek va uning atrofida to‘plangan olimlarning qilgan kashfiyotlariga asoslanib, o‘z izla-nishlari va ilmiy tadqiqotlarini olib borganliklari ularning e’tiroflaridan ham ayondir. Ali Qushchi Istanbulga ko‘chib ketgan va ushbu risolani tojik-chadan arabchaga tarjima qilgan va uni Sulton Muhammad II ga taqdim qilgan, shuning uchun ham u “Muhammadiya” deb atalgan. Risolani muallif o‘z qo‘li bilan arab tilida yozgan nusxasi Ayo Sofiyadagi katta kutubxonada mavjuddir. 5) “Fatxiya” – astro-nomiya bo‘yicha arab tilida yozilgan risola. Asarning ayrim nusxa-lari Parijda va Istanbulda saqlangan. 6) “Ulug‘bek jadval-lariga sharhlar”. Adabiyot ma’lumotlari bo‘yicha ma’lum bo‘lgan bu asar bizning davrimizgacha yetib kelmagan. Bo‘lib o‘tgan bosqinlar va turli xil sabablarga ko‘ra bu yerda qilingan kashfiyotlar yuzasidan yozilgan asarlarningasl nusxalarini ayrimlari butunlay yo‘qolgan, mavjudlari ham Yevropa mamlakatlaridagi kutubxonalar-dadir. Ali Qushchi 1474 yil 16 dekabrda Istanbulda vafot etgan. Ali Qushchining astronomik “Fathiya risolasiga sharh”, asari Parijdadir. Qibla azimuti masalalariga bag‘ishlangan asar-lar, shu jumladan, “Qibla azimutini tadqiq qilishga oid risola”si esa Istanbulda saqlanmoqda. “Sinus haqida to‘la risola” yoki “Sinus haqida maksimal to‘plam”, bu asar yoy sinusiga doir masalalarni tahlil qilishga bag‘ishlangan. 5) “Almu-qantarot haqida risola” (aniqrog‘i, almuqantarotning chorak qismi haqida asar). Ulug‘bekning yulduzlar katalogi 1665 yilda Oksfordda bosib chiqarilgan, so‘ngra 1767 yilda, 1843 yilda Londonda ko‘chirib bosilgan. Ulug‘bekning astronomik jadvallarga yozgan muqaddimasi 1853 yilda Parijda tarjima qilingan va nashr etilgan. Ulug‘bek-ning yulduzlar katalogi tadqiqoti 1917 yilda Amerikada nashr etilgan. So‘ngra Ulug‘bek qalamiga geografik jadvallar ham mansub bo‘lib, bu jadvallar Nosiriddin Tusiyning jadvallari bilan birga, 1652 yilda Londonda nashr etilgan. Galaktika siri-asrorlari haqidagi Ulug‘bekning qilgan kashfiyoti XV asrning eng katta hodisasi, Yevropada Uyg‘onish davri oldidan qilingan nodir kashfiyot edi, mana olti asr o‘tsa hamki, hisob-kitoblardagi o‘zining o‘ta aniqligi va ilmiy ko‘lami bilan hozirgi kunda ham o‘z ilmiy qiymati va ahamiyatini yo‘qotmagan. Bu sulton Ulug‘bekning emas, olim Ulug‘bekning jahon faniga qo‘shgan ulkan hissasi bo‘lgan. XV asr oxiri va XVI asr boshlarida Movarounnahrning Samarqand Buxoro, G‘ijduvon, Hirot kabi boshqa yirik shahar-larida madaniy hayotda tub yuksalish yuz bergan. Bu joylarda Temurbekning an’analari davom ettirilib unda olimlar, tarix-chilar, bastakorlar, me’morlar adabiyot va san’atning boshqa tur-lari bo‘yicha ham katta guruh shakllangan va Movarounnahr va Xuro-sonning yirik shaharlari haqiqiy fuzalolar maskaniga aylangan. Mirzo Ulug‘bek o‘sha davrda islom dunyosining ma’naviy madaniyati-ni boy an’analariga suyangan holda o‘z atrofiga ilm-fanning katta guruhini to‘plagan. Yuqorida ta’kidlanganidek, Mirzo Ulug‘bek “Ziji jadidi Ko‘ragoniy”, “Risola fi istihoj jab daraja vohida”, “Risolayi Ulug‘bek”, “Tarixi arba ulus” (“To‘rt ulus tarixi”), “Muhit ut-tavorix” kabi salmoqli asarlar yaratgan. Bu asarlar ilmiyligi, aniqligi va hammabopligi bilan ahamiyat-lidir. 2018 yilda Britaniya muzeyida mamlakatimiz tarixiga oid o‘ta noyob eksponat – Mirzo Ulug‘bek suv ichgan piyola saqlanayotganligi aniqlandi. Radiusi 15 santimetr bo‘lgan piyola yuziga “Ulug‘bek Ko‘ragon” deb yozilgan. Piyola yashil rangli nefrit toshdan o‘ta mohirlik bilan sayqallangan holda ishlangan. Uning bandi ajdar shaklida bo‘lib, og‘zi piyola uchini tishlagan, oyoqlari yerga tegib turadi. Piyolaning og‘iz tegar yeri lab shaklida bo‘lib, unga “Karami Haqqa nihoyat yo‘qdir” (“Alloh taolo karamining cheki yo‘q”) degan yozuv bitilgan.79 Alloma tashabbusi bilan 1417 yilda Buxoroda, 1417-1420 yil-larda Samarqandda, 1433 yilda G‘ijduvonda madrasalar bunyod qilingan. Temuriy hukmdorlar ichida ilm-fan, ma’rifat va mada-niyatga yetarli darajada homiylik qilgan shaxs – bu o‘zi ham buyuk olim bo‘lgan Mirzo Ulug‘bek hisoblanadi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov o‘zining «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» asarida buyuk olim va davlat arbobi haqida quyidagi yuksak ehtiromni aks ettiruvchi e’tirofni qayd etgan edi: «Buyuk Amir Temurning nabirasi, benazir alloma Mirzo Ulug‘bekning o‘rta asrlar sharoitida namoyon etgan ilmiy jasorati bugungi kun olimlarini ham hayratga solmasdan qo‘ymaydi».80 Mirzo Ulug‘bek uning zamondoshlari, muarrixlarning xabar berishlaricha, Sharq mutafakkirlari, ular orqali yunon mumtoz ilmiy asarlaridan xabardor bo‘lgan. Mirzo Ulug‘bek zamondoshi Fiyosiddin Koshiyning yozishiga ko‘ra, o‘ta zukko va juda ilmli shaxs bo‘lib, Qur’oni karimni yod bilgan, arab va fors tillarini mukam-mal bilib, tafsir va hadis ilmi bobida bilimdon inson, fiqh, mantiq, adabiyot, musiqa, riyoziyot va falakiyot ilmlarini chuqur bilgan qomusiy olim bo‘lgan. Mirzo Ulug‘bek islom olamida ilk bora hukmdorlik va olimlik darajasini birgalikda olib borgan. U Movarounnahrni musulmon olamining ilmiy markaziga aylanti-rishga harakat qilgan. Xususan, Samarqand, Buxoro, Kesh (Shahri-sabz) ilm-fan markazlariga aylangan. Samarqandning obodonchilik ishlariga bosh-qosh bo‘lib, Go‘ri Amir, Shohi Zinda me’moriy majmualari qurilishini oxiriga yetkazgan. Shohi Zinda majmuasida masjid, peshtok, chortoq qurdir-gan. Mirzo Ulug‘bek davrida Registon maydoni shakllangan, unga Ulug‘bek madrasasidan tashqari xonaqoh, karvonsaroy, o‘ymakor yog‘ochlar bilan bezalgan Muqatta masjidi bino etilgan. Shuningdek, Ko‘kaldosh jome masjidi ham qurib bitkazilgan. Ushbu me’moriy binolardan faqat Ulug‘bek madrasasi asrlar silkinishlariga dosh berib, majmuadan yagona yodgorlik bo‘lib qoldi. Samarqandda barpo etilgan Mirzoyi hammomi va karvon-saroyi, Chilustun (Qirq ustun) va Chinnixona saroylari o‘zlarining me’moriy qurilishi, kompozitsiyalari bilan ajralib turgan. Xususan, Zahiriddin Muhammad Bobur Chilustun va Chinnixona saroylarining ko‘rkam va juda muhtasham bo‘lganligini ta’kidlab o‘tgan edi. Mirzo Ulug‘bek boshqa shaharlardagi me’moriy obidalar qurilishi masalasiga ham e’tibor bilan qaragan. Ular orasida Shahrisabzdagi Ko‘kgumbaz masjidi o‘zining hashamatliligi bilan ajralib turadi. Bu yerdagi “Gumbazi Sayyidon” obidasi qayta tiklangan. Uning sa’y-harakatlari tufayli zamonasining 100 nafardan ortiq olimlari Samarqandga yig‘ildilar. Ular orasida Taftazo-niy, Mavlono Ahmad, o‘z zamonasining “Aflotuni” deb nom olgan Qozizoda Rumiy, Fiyosiy, Muhammad Xavofiy va boshqa taniqli zotlar ham bor edi. 1420 yil Samarqand madrasasi ochilganda, unda 100 nafardan ziyod talaba o‘qigan, madrasada talabalar uchun 50 tadan ko‘proq maxsus hujralar mavjud bo‘lgan. Zayniddin Vosi-fiyning yozishicha, 1420 yili Samarqand madrasasi ochilganida unda 90 nafardan ortiq tolibi ilm qatnashgan. Ilk ma’ruzani Mavlono Xavofiy o‘qigan. Keyinchalik, o‘z zamonining taniqli kishilari Abdurahmon Jomiy, Xoja Ahror Valiy va boshqalar ham Samar-qand madrasalarida tahsil olganlar. Shuningdek, Samarqandda bu davrda bir necha boshqa madrasalar ham bo‘lib (Xonim, Feruzshoh , Shohmalik, Qutbiddin va boshqalar), u yerlarda ham salohiyatli olimlar dars berishgan. Mirzo Ulug‘bek qurdirgan rasadxona ichi koinot, yer kurrasi tasvirlari bilan bezalgan bo‘lib,samoni kuzatish va o‘rganish borasida Fiyosiddin Jamshid yordamida astronomik o‘lchov asbobi – ulkan sekstant o‘rnatilgan. Bu sekstant, o‘z navbatida, Sharqdagi eng katta astronomik asbob o‘lchovi hisoblangan. Shuningdek, mahalliy ustalar (Iso Usturlobiy, Abu Mahmud Xo‘jandiy, ustod Ibrohim) qo‘li bilan ko‘plab zaruriy astronomik o‘lchov asboblari ham yasalgan va o‘rnatilgan. Rasadxona qoshida shuningdek, 15.000 jilddan iborat kitob saqlanadigan boy kutubxona ham bo‘lgan. Uning atrofida olimlar yashaydigan yer – chorbog‘lar Bog‘imaydon va Chinnixona nomi bilan shuhrat topgan. Ulug‘bek Samarqandda o‘ziga xos astronomiya maktabini yaratgan. Rasadxonada Ulug‘bek bilan bir qatorda o‘z zamonasining mashhur matematigi va astro-nomlari Qozizoda Rumiy (Salohiddin Muso ibn Muhammad), Fiyosiddin Jamshid al-Koshiy, Ulug‘bekning shogirdi o‘z davrining “Ptolomey”i nomi bilan shuhrat qozongan Ali Qushchi (Alouddin ibn Muhammad) va boshqalar yelkama-yelka turib ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borganlar. Shu jihatdan buyuk olimning “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” (“Ko‘ragoniyning yangi astronomik jadvali”) nomli asari diqqatga sazovordir. Bu asar 1437 yil yozib tugatilgan bo‘lsa-da, olim umrining oxiriga qadar unga yangi natijalarni kiritib borgan. Bu asar ikki qismdan iborat bo‘lib, unda keng muqaddima va 1018 ta yulduzlarning o‘rni berilgan. Undan tashqari Ulug‘bekning “Tarixi arba’ ulus” (To‘rt ulus tarixi) nomli tarixiy asari va musiqaga bag‘ishlangan beshta risolasi ham mavjuddir. Ulug‘bekning o‘ta salohiyatli olim bo‘lganligini uning zamondoshlari Fiyosiddin Jamshid, Abdurazzoq Samarqandiy, Davlatshoh Samarqandiy va boshqalar ham e’tirof etganlar. Mirzo Ulug‘bekning ilmiy merosi jahon ilm-fan olamida hamisha yuqori baholanganligini, hozirda ham uning yulduzlar harakatiga oid hisob-kitoblari kompyuter yordamida tekshirib ko‘rilganda atigi bir necha daqiqa farq qilinganligini 1996 yil YUNESKOning o‘sha davrdagi Bosh kotibi Federiko Mayor ham birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov bilan bo‘lgan muloqotda faxr bilan ta’kidlagan va buyuk vatandoshimiz merosiga yuksak baho berib, buni rasadxona oldida ham ta’kidlagan edi. Ulug‘bek rasadxonasi yodgorligi mustaqillik yillarida qayta ta’mirlandi, atrofi obodonlashtirilib, buyuk olim hurmatiga bag‘ishlangan monumental kompozitsiya barpo etildi. Mirzo Ulug‘bek davrida, shuningdek, Samarqand Sharqning madaniy markaziga aylanganligi uchun mashhur faylasuf Ali ibn Muhammad Jurjoniy, taniqli tabib Mavlono Nafis, shoir Xayoliy Buxoriy, “Yusuf va Zulayho” dostonining muallifi Durbek, qasida janrining taniqli namoyandasi o‘zbek shoiri Sakkokiy, mashhur xattot Abdurahim Xorazmiy Ulug‘bek homiyligi ostida Samar-qandda yashab ijod qilgan. Sharqning ko‘plab taniqli olim va shoirlari, fuzaloyi ulamo-lari Samarqandga tez-tez kelib turishgan. Ulug‘bek davrida o‘ziga xos tarixnavislik maktabi ham paydo bo‘lgan. XV asrdagi taniqli muarrixlar, “Zubdat at-tavorix” (“Tarixlarning yuqori qismi”) asarining muallifi Hofizi Abro‘, “Matlai as-sa’dayn va majmai al-bahrayn”- (“Ikki saodatli yulduzning chiqishi va ikki dengiz-ning qo‘shilishi”) asarining muallifi Abdurazzoq Samarqandiy, “Ravzat as-safo” (“Jannat bog‘lari”) asarining muallifi Mirxond, “Habib us-siyar” (“Do‘stga maktub”) va boshqa qator asarlarning muallifi Xondamir Ulug‘bek yaratgan madaniy sharoitda o‘sib ulg‘ayishgan. Mirzo Ulug‘bekning buyukligi uning qilgan ishlari bilan belgilanadi. U Samarqandda birinchi Fanlar akademiyasini yaratdi, Yer kurrasini o‘rgandi, koinot va yulduzlarni kashf etib, mashhur jadval tuzdi.81 Ajdodlarimiz tarixida 1004 yilda tashkil etilgan Ma’mun akademiyasidan so‘ng, Ulug‘bek akademiyasi O‘rta Osiyo tarixida ikkinchi akademiya sifatida yuzaga kelgan va tan olingandi. Mirzo Ulug‘bek ta’kidlagan ediki: “O‘tmish dunyo o‘tib ketmoqda, ammo yaratilgan ishlar abadul-abad qolajak”. Mirzo Ulug‘bekning vafotidan so‘ng madaniy markaz Xurosonga, jumladan, uning poytaxti Hirotga ko‘chgan. Hirot madaniy va ilmiy markazining shakllanishida Xuroson hukmdori Sulton Husayn (Boyqaro) (1469-1506) va ayniqsa, buyuk shoir va mutafak-kir, g‘azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiyning (1441-1501) o‘rni nihoyatda beqiyos bo‘lgan. Husayn Boyqaro butun Xurosonda ilm-fan, adabiyot, madaniyat homiysiga aylangan. Uning o‘zi “Husayniy” taxallusi bilan g‘azallar yozgan. Bizning kunlargacha uning she’riy “Devoni” va nasriy “Risola” asarlari yetib kelgan. Ta’kidlash joizki, Sulton Husayn (Boyqaro) xayrixohligi va homiyligi madaniy yuksalishga katta turtki bo‘lgan. O‘zbekiston mustaqilligi yillarida mamlakatimizda milliy qadriyatlarimizni tiklash, uni zamon talablari asosida yoshlar ongiga singdirish bo‘yicha keng qamrovli tadbirlar bajarilmoqda. Bu davrda buyuk ajdodlarimizning so‘nmas dahosiga hurmat-ehti-rom, ularning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish chet ellarda ham oshib bormoqda. Jahonning turli mamla-katlarida ularning hayoti va faoliyati haqida ilmiy va badiiy asarlar, ulug‘ ajdodlarimiz xotirasiga yodgorliklar barpo etil-moqda. Shular qatorida Belgiyada Ibn Sinoga, Litvada Mirzo Ulug‘bekka, Moskva, Tokio va Boku shaharlarida Alisher Navoiyga, Misr poytaxti Qohira shahrida esa Ahmad Farg‘oniy xotirasiga o‘rnatilgan muhtasham haykallarni eslash joiz. Masalan, birgina Fransiyada Amir Temurga oltin suvi yugurtirilgan haykalcha yasalgani buning yaqqol dalilidir. Mirzo Ulug‘bek olimu fozillarni iqtisodiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlabgina qolmasdan, o‘zi ham muayyan fan sohalarida samarali ijod qilgan salohiyatli olimdir. Ulug‘bek-ning “Tarixi arba’ ulus” (“To‘rt ulus tarixi”) nomli tarixiy asari hamda musiqa ilmiga bag‘ishlangan risolasi nihoyatda nom qozongan. Olimning dovrug‘ini jahonga tanitgan, ulkan va hasha-matli bino Ulug‘bek rasadxonasidir. U bu inshootning dunyoda mavjud bo‘lgan rasadxonalardan har tomonlama ustun bo‘lishiga harakat qilgan edi. Rasadxona boy kutubxonaga ega bo‘lib, unda qariyb 15 ming kitob saqlangan. Shuningdek, atoqli astronom Yan Gaveliy tomonidan 1647 yili nashr qilingan “Selenografiya” kitobida Oydagi kraterlardan ikkitasi buyuk vatandoshlarimiz Ahmad Farg‘oniy va Mirzo Ulug‘bek nomi bilan atalgan. Xullas, Amir Temur vorislari Movarounnahr, Xurosonda ilm-fanning yuksak darajada ravnaq topishiga, Samarqandni madaniyat markaziga aylantirishga ko‘p kuch sarflashgan. Bu davrda Movarounnahrda ilmning ko‘p sohalari ravnaq topgan. Samarqandda Ulug‘bek boshchiligida vujudga kelgan falakiyot maktabining dovrug‘i tez orada butun jahon uzra taralgan. Hirotda buyuk shoir va mutafakkirlar Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy yashashib, samarali ijod qilishgan. Bularning hammasida buyuk bobokalonimiz Sohibqiron Amir Temur va uning alloma nabirasi – Mirzo Ulug‘bekning xizmatlari beqiyosdir. Shu boisdan yoshlarni barkamol etib tarbiyalash uchun bilim sarchashmasi hisoblangan Temuriylar davri ilm-fanini o‘rganish va yoshlarga yanada chuqurroq singdirish nihoyatda dolzarbdir. Download 3.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling