XULOSA
Ushbu “Temuriylar renessansining jahon tarixida tutgan o‘rni” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasini bajarish jarayonida quyidagi xulosalarga kelindi:
– bashariyat tarixining buyuk siymosi Sohibqiron Amir Temur va temuriylar davrida Turonzamin Renessansi – Uyg‘onish davrining ikkinchi bosqichiga tamal toshi qo‘yilib, boy madaniy meros yaratilgan edi. Va nihoyat XX asr 90-yillari boshlarida Renessansning uchinchi bosqichi boshlanib, asrlarga tatigulik qisqa davrda beqiyos va keng qamrovli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
– Amir Temur va temuriylar davrida mintaqada me’morlik va shaharsozlik yuqori cho‘qqiga ko‘tarildi. O‘z zamonasining noyob yodgorliklari bo‘lgan Oqsaroy, Dor ut-tilovat, Dor us-saodat, Shohi Zinda, Bibixonim jome masjidi va boshqa yana ko‘plab tarixiy – me’moriy obidalar bunyod etildiki, ular bugungi kunda ham o‘z asliyatini yo‘qotmagan;
– Amir Temur va uning keyingi avlodlari zamonasida badiiy ijodiyotning amaliy va tasviriy san’at turi beqiyos rivojlangan, deyishga to‘liq asoslar mavjud.
– bu davrda Turonda amaliy san’at va tasviriy hamda badiiy hunarmandchilik bo‘yicha maktablar yaratilib, mazkur sohalar ancha taraqqiy etgan.
– temuriylar davrida ta’lim o‘z davridagi yuksak usullarda olib borilgan bo‘lib, Sharq dunyosida o‘z o‘rni va salohiyatiga ega bo‘lgan.
– bu davrda Movarounnahr va Xurosonda ilm-fan, ta’lim va tibbiyot ancha ravnaq topgan edi.
Ushbu “Temuriylar renessansining jahon tarixida tutgan o‘rni” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasini bajarish jarayonida quyidagi taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi:
Temuriylar davri madaniyati to‘g‘risida Qarshi davlat universitetida xalqaro ilmiy konferensiya tashkil etish;
Amir Temur va temuriylar davrida buyod etilgan tarixiy yodgorliklar targ‘ibotini kuchaytirish uchun turizm mashrurtlarini tashkil etish;
Har bir ta’lim muassasida Temuriylar davri madaniyatini targ‘ib etuvchi burchaklar tashkil etish;
Amir Temur va temuriylar davri madaniyatini ommaviy axborot vositalarida targ‘ib qilish uchun videofilm va radio eshittirishlar tayyorlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |