Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi


Download 3.39 Mb.
bet8/14
Sana11.11.2023
Hajmi3.39 Mb.
#1767358
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Odilbek ilmiy ish

2.2 Amaliy va tasviriy san’at
Amaliy san’at. Amir Temur va temuriylar davrida me’moriy bezaklar nihoyatda shuhrat qozongan. Bu vaqtda binolarning barcha qismlarini bezatishda an’anaviy bezak turlari bilan birga yangilari paydo bo‘lgan va keng qo‘llanilgan. Ularning texnologiyasi va tadbiq etilishi katta mahorat va anchayin mablag‘ni talab qilgan. Bu davrda foydalanilgan bezak turlari orasida me’morlik kera-mikasi va monumental rassomlik, shuningdek, yog‘och va tosh o‘ymakor-ligi ancha taraqqiy etgan edi. Temurbek saltanatida ham mavjud an’anaga tayangan holda me’morlik keramikasi ravnaq topgan, sirli koshon taxtachadan naqshdor mozaika, g‘ishtli mozaika,sirli o‘yma-korlik terrakota shakllangan64
XIV asr 80-yillarigacha parchin va uning bir necha turi mavjud bo‘lgan. Amir Temur davrida relyefli (bo‘rtma) sirli terrakotaning ikki xili, ya’ni o‘ymakor va bosma gulli xillari ishlatilgan. Bundan Shahrisabzning Oqsaroy majmuasidagi to‘rtburchaklik ustunlarida foydalangan.
Bu davrda mozaikali elementlarni mahorat bilan bajarish usullari rivoj topgan, mayda gul va burjlar markaziga boshqa rang berilib, ular o‘sha davrda ustalari jihozlagan maxsus usulda bajarilgan. Mozaika o‘rnini me’morlik bezagi egallagan. Temurbek saltanatida quruvchilar rangli naqshinkor me’morlik keramika-sining kam ta’sirli turlaridan tortib, ranglarni boy tarzda mohirona bezatish imkoniyatiga ega bo‘lgan.
Bu davrda naqshdor mozaika rivojlanib, islimiy bezaklarni joriy qilish kuchaygan. Sohibqiron davrida g‘ishtli mozaika shakllangan va keng rivojlangan. U hashamatli binolar sirtini naqsh bezaklari bilan qoplash ehtiyoji tufayli shakllangan. Uning ilk naqshlari XIV asr boshlarida Ozarbayjonda maqbarani bezatishda foydalanilgan.
Bu usul Samarqandda XIV asr oxirida Shirinbeka oqa maqbarasida qo‘llanilgan. Oqsaroy, Afg‘oniston, Eron o‘rta asr yodgorliklarida ham me’morlik keramikasidan foydalanilgan. Shuningdek, Shohi Zinda majmuasida ham qo‘llanilgan. Amir Temur va Mirzo Ulug‘bek davri yodgorliklarida ham me’morlik keramikasi bilan bezatilgan.
Tosh o‘ymakorligi temuriylar davrida ravnaq topgan bo‘lib, binolarni o‘yma tosh bilan bezash Markaziy Osiyoda keng tarqalgan. Chunki tosh asosiy qurilish va bezak ashyosi bo‘lib kelgan. Ozarbayjon, Armaniston, Kichik Osiyo, Hindistondan kelgan tosh yo‘nuvchi ustalar mahalliy ustalar bilan hamkorlikda durdona asarlar yaratishgan. Badiiy maktablar shakllanib, bunda tub joyli ustalar asosiy rol o‘ynagan.
Bibixonim masjidi, Go‘ri Amir maqbarasida, temuriylarning boshqa qabrtoshlarida bu turdagi tosh o‘ymakorligini ko‘rish mumkin.
Yog‘och o‘ymakorligida XIV-XV asrlarda yog‘ochga o‘yma naqsh solishda qattiq va qimmatli daraxt turlaridan yong‘oq va qayrag‘och ishlatilgan. O‘yma naqshli yog‘och ustun, eshik, yondor, panjara va boshqa yog‘och buyumlar tayyorlash qurilishda muhim bezak hisoblangan. Bu davrda Turkistonda qattiq qayrag‘ochdan yirik naqshli ustunlar tayyorlangan.
Buni Buxorodagi Chashmayi Ayyub, Turkistondagi Xoja Ahmad Yassaviy, Samarqanddagi Shohi Zinda, Go‘ri Amir, Qusam ibn Abbos, Shahrisabzdagi Shamsuddin Kulol maqbaralarida ko‘rish mumkin.
Sankt-Peterburgdagi Davlat Ermitajida ham o‘yma naqshli eshiklar namunalari saqlanadi.
Mirzo Ulug‘bek davrida bu an’ana davom ettirilib, buni o‘zi qurdirgan madrasasi eshiklarida qo‘llagan. Sohibqiron Samarqand va Shahrisabzda mohir ustalarni to‘plab, mavjud mahalliy badiiy usullar va texnik yangiliklar bilan boyitgan. Bu o‘z navbatida xalq amaliy san’atining keyingi rivojiga ham zamin yaratgan.
Tasviriy san’at.65Amir Temur o‘z zamonasining eng yetuk hukmdori edi. Qaysi mulkni fath etsa, o‘sha mulkning ma’naviy merosi, adabiyoti, san’ati bilan qiziqar va o‘z yurtining rivojlanishi uchun boshqa yurtlar va millatlarning madaniyati ta’sirini ancha teran his qilar va bunga astoydil harakat qilgan. Temurbek Sharq mamlakatlari, Hind, Yevropa mamlakatlariga qilgan yurishlari vaqtida o‘sha yurtning shaharsozligi, me’morlik an’analari, san’atiga juda katta e’tibor bergan.
Temurbek o‘zi bilan birga rassomlar, adabiyot va san’at ahlini ham keltirgan. Ularga qulay shart-sharoitlar yaratgan, uning ta’sirida Samarqandda kishini hayratda qoldi-ruvchi boy tasviriy va ma’naviy mulk shakllangan. U ma’naviy mulk umumbashariy mulk, u qayerda bo‘lsa, hammaga baravar xizmat qiladi, degan donish fikrni ilgari surgan. Jahon tarixiga Temuriylar Renessansi nomi bilan kirgan tarixiy jarayon Temurbek orzu qilganidek butun dunyoga xizmat qildi.
Sohibqironning amalga oshirgan bu xayrli ishlari ta’sirida XV asr oxiri – XVI asrda Hirotda tasviriy va amaliy san’at misli ko‘rilmagan sur’atda rivojlangan. Kamoliddin Behzod asos solgan tasviriy san’at va miniatyura san’ati Uyg‘onish davrini ham hayratga solganligi sir emas. Hozirga qadar ham bu ko‘hna zaminda tasviriy va amaliy san’at u yoki bu tarzda boyib, taraqqiy topib kelayotir. Temurbek barpo etgan davlat uning avlodlari davrida jangu jadallar bilangina emas, balki barcha sohada o‘zining insoniyatni hayratga soluvchi jihatlari bilan ham dunyo ahlini lol etib kelgan.
XVI asrda Hirotda, keyinroq Hindda davom etgan Temuriyzoda shahzodalar u boshlab ketgan bu ulug‘vor ishni davom ettirganligi haqiqatdir. XV asr oxiri – XVI asr tasviriy san’atning san’at yo‘nalishining avj pallasi hisoblangan. O‘sha davrda Kamoliddin Behzod va uning davrdoshlari Mirak Naqqosh, Qosimali, Shoh Muzaffar kabi mo‘yqalam sohiblari yetishib chiqqan. Bu davrning tasviriy san’at janri o‘zining xilma-xilligi, uslubiy jihatdan rang-barangligi bilan Behzod asos solgan Hirot musavvirlik maktabining muhim yo‘nalishi edi. Bu davr tasviriy san’ati mavzu va voqeliligiga qarab portret, hayotiy lavhalar, tabiat manzara-lari, bino va badiiy asarlarga ishlangan tasvirlardan iborat bo‘lgan. Mazkur asarlar ichida bizgacha Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Abdulla Xotifiy, Kamoliddin Behzod, Husayn Boyqaro, Bobur mirzo, Shayboniyxonlarning portretlari saqlanib qolgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Temurbekning shaxsiy anjomlari turli muzeylarga tarqalib ketgan. Masalan, Temurbekning Kur’oni Karim muqovasini bezab turgan yoquti, ayni kunlarda Londonda, Temurbekning shaxsiy qilichi esa XX asrning boshlarigacha Tehron muzeyida saqlanadi.
Movarounnahr musavvirlik va amaliy san’atning o‘chog‘iga aylangan. Turonlik san’at ustalari o‘zlarining aqliy va ijodiy imkoniyatlaridan kelib chiqib, ko‘pgina asarlar yaratgan. Bu Samarqand, Buxoro, Yassida keng yoyilgan. 1385-1405 yillarda yaratilgan bu nodir san’at asarlari Shirinbeka oqa va Tuman oqalarning hilxonalarida saqlangan.
Amir Temur va temuriylar davri ma’naviy madaniyati juda qadimiy va tarixiy ildizga ega. Arxeologik tadqiqotlarga ko‘ra dastlabki tasviriy san’at namunasi Kushonlar davri Fayoztepa (Termiz shahri yaqinida) ibodatxonasidan topilgan. Bu san’at turi realistik tavsirlarda ilk o‘rta asrlarda hozirgi O‘zbekiston hududlarida (Bolaliktepa, Varaxsha va Afrosiyob) keng rivojla-nib, jahon tasviriy san’ati xazinasidan joy olgan.
Sir emaski, tasviriy san’atning ba’zi bir turlario‘rta asrlar davrida, ba’zibir diniy aqidalardan kelib chiqib, u darajada keng taraqqiy topmagan, degan fikrlar ham mavjud. Ammo davlat boshqaruvida, qattiq tartib intizom hamda chuqur diniy bilimga ega bo‘lgan Temurbek o‘z boshqaruvini mutaassib dindorlarga berib qo‘ymaganligi haq. Tasviriy san’at Nizomiy Ganjaviy, Alisher Navoiy, Hind miniatyura maktabi tomonidan Zahiriddin Muhammad Bobur asarlariga chizilgan, Akbarshoh saroyida bezak sifatida chizilgan tasvirlarda qay darajada rivojlanganligini ilg‘ash mumkin.
XV asr oxiri – XVI asrlar boshlarida tasviriy san’at sohasiga Kamoliddin Behzod, Mirak Naqqosh, Qosimali, Mahmud Muzahhib, Xoja Muhammad Naqqosh, Shoh Muzaffar kabi mo‘yqalam sohiblari samarali faoliyat ko‘rsatgan va o‘z hissalarini qo‘shishgan bo‘lsa, bizgacha Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Abdulla Xotifiy, Behzod, Husayn Boyqaro, Bobur mirzo va Shayboniyxon kabi allomalarning tasvirlari yetib kelganligi oldingi sahifa-larda aytib o‘tildi. Mahmud Muzahhib Alisher Navoiy tasvirini yaratgan. Kamoliddin Behzod Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy va Husayn Boyqaro portretlarini yaratgan, Husrav Dehlaviyning “Layli va Majnun” dostoniga Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asarlariga miniatyura va rasmlar chizgan.
Xullas, Amir Temur va uning keyingi avlodlari zamonasida badiiy ijodiyotning bu turi beqiyos rivojlangan, deyishga to‘liq asoslar mavjud.
Movarounnahrda tasviriy san’atning rangtasvir turi shakllanib, uning markazi Samarqand shahri bo‘lgan. Buyuk Jahongir-ning o‘zga yurtlardan olib kelgan olimu fuzalolari, mohir ustalar bilan bir qatorida musavvirlar ham bo‘lgan. Bag‘dodlik rassom Abdulhay Amir Temur buyrug‘i bilan ustaxona boshlig‘i etib tayinlangan.
Akademik G.A.Pugachenkovaning “Sredneaziatskiye miniatyuri” (O‘rta Osiyo miniatyuralari”) asarida 17 ta miniatyura ilova qilingan bo‘lib, ulardan 2 tasi 1628 yilda Samarqandda ko‘chiril-gan. Bu Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asaridan olinib, Sohibqiron hayoti va faoliyati bilan bog‘liqdir. Miniatyuralardan biri “Temur va To‘xtamish askarlari o‘rtasidagi jang” deb nomlangan. Abdulloh Hotifiyning 1568 yilda yozilgan “Temur-noma” asari “Temur qabulida” miniatyurasi bilan ziynatlangan. Hozir Baltimordagi Jon Garrit kutubxonasida. “Amir Temur shahzoda-larni qabul qilmoqda” nomdagi miniatyura saqlanmoqda. 22x15 santimetr o‘lchamdagi bu asar oltin suvi yuritilgan qog‘ozga siyoh bilan chizilgan.
Mazkur miniatyura asarida Temurbek taxtda o‘tiribdi, shahzo-dalar qo‘llarida sovg‘a salomlar bilan, unda qilich va qalqon, kamon va o‘q yoylar bilan bezatilgan ot ham tasvirlangan. Bunda “Amir Temur Smurna qal’asini zabt etmoqda” asari Baltimordagi Xopkins universitetiga tegishli. Mazkur asarda 1402 yildagi jang tasvirlangan bo‘lib, buyuk amir jangga ot ustida rahbarlik qilmoqda. Uning lashkarlari qilich, kamon, nayza bilan qurol-langan. Sohibqiron siymosini yaratish G‘arb musavvirlari talqi-nida ham aks etgan. Ular esa moy buyoqdan foydalanishgan.
Muzeyshunos olima D.Qurbonovaning yozishicha, Fransiyadagi muzeylarning birida Amir Temurning to‘rtta surati mavjud. Italyan rassomi qalamiga mansub suratda Sohibqiron tasviri florensiyalik dvoryan qiyofasida, nemis rassomi qalamiga mansub suratda esa nemis imperatori qiyofasida, uchinchisi ingliz lordi, to‘rtinchi tasvir esa Fransiya qiroli Karl VI ga o‘xshash qiyofada aks ettirilgan. Chunki har bir rassomning qalbi ham, qarashlari ham, ichki hissiyotlari ham millati bilan bog‘liqigi shubhasizdir. Lekin nima bo‘lganda ham bu tasvirlar ularning buyuk Sohibqiron dahosiga ehtiromi natijasidir.66
Amir Temurdek tarixiy shaxs siymosi golland rassomi Rembrandt Xarmens van Reyn ijodini ham chetlab o‘tmagan. Buyuk rassom avtoportret va portretlar turkumini yaratgan. U Boburiylar hind miniatyurasidan foydalanib, Amir Temurning o‘g‘li Umarshayx mirzo, Zahiriddin Muhammad Bobur, uning o‘g‘li Humoyun mirzo va nabirasi Akbarshoh Olamgir davrasida chizgan. Rembrandt bu asarini tasviriy san’atning grafika usulida yaratgan.
Ukrainada yashagan polyak rassomi Stanislav Xlebovskiy tomonidan 1878 yilda yaratilgan asar “Boyazid Amir Temur tutqun-ligida” deb nomlangan. Tarixdan ma’lumki, Usmonli turklar sultoni Yildirim Boyazid 1402 yil 20 iyulda Anqara yonida Amir Temur bilan bo‘lgan jangda mag‘lub bo‘lib asirga tushadi. Mazkur asarda Boyazid zindonda xuddi qafasdagi qushdek tasvirlangan.
Arabchadan U.Uvatov tomonidan o‘zbek tiliga o‘girilgan Ibn Arabshohning “Ajoyib al-maqdur fi tarixi Taymur” asariga (T., 1992) ishlangan miniatyurada Temurbek hindu libosida xuddi hind rojalariga o‘xshatib tasvirlangan. 1941 yil iyun oyida Amir Temur va temuriylar qabrini ochgan sobiq ittifoq Fanlar akademiyasi Moddiy madaniyat instituti ilmiy xodimi, rus antropologi M.M.Gerasimov Amir Temur byustini bosh suyagi asosida uning qiyofasini juda qo‘rqinchli qilib tasvirlagan edi. Vaholanki, Temurbek shaxsini yaqindan bilgan muarrix Sharafud-din Ali Yazdiy hamda Ibn Arabshohning tasvirlashicha, Temurbek uzun bo‘yli, baquvvat gavdali, uzun soqolli chiroyli kishi bo‘lgan.
Mustaqillik tufayli Temurbek shaxsi hamma tomonlama to‘g‘ri talqin etildi. Yurtimizning ko‘pgina hududlarida Amir Temur-ning haykallari va byustlari qad ko‘tardi. Sohibqironning Toshkentdagi ot ustidagi, Samarqandda taxtda hamda Shahrisabzda kuch-g‘ayrat va yigitlik orzulariga to‘lgan haykallari O‘zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi akademigi Ilhom Jabborov tomonidan yaratildi.
Ko‘pgina musavvirlarimiz Malik Nabiyev va boshqalar u kishining siymosini yaratish uchun Ibn Arabshoh, Sharafuddin Ali Yazdiyning asarlariga murojaat qilishib, mazkur asarlarga yara-tilgan miniatyura va rangtasvirlardan foydalanib, Sohibqiron-ning haqiqiy siymosini tasvirlashdi.
Badiiy hunarmandchilik.67 Sohibqiron Amir Temur va vorislari davri ijtimoiy-iqtisodiy hayotda badiiy hunarmand-chilik yetakchi o‘rinda turgan. Bu davr badiiy hunarmandchiligining muhim xususiyati shuki, saltanatni turli mintaqalari badiiy an’analarining keng qamrovli o‘zaro aloqada bo‘lgan deyish mumkin.
Chunki badiiy hunarmandchilik mahsulotlari ko‘plab ayirbosh-langan va turli mamlakatlardan nusxalar ko‘chirib keltirilib, natijada mushtarak uslub shakllangan. Bu davrda Eron, Markaziy Osiyo yoki Arab dunyosi mamlakatlari ustalari yaratgan buyumlarni bir-birlaridan farqlash ancha qiyin bo‘lgan, albatta.
Bu markazlarga Xitoy, Hindiston, Arab dunyosi mamlakatlari an’ana va madaniyatlari ijobiy ta’sir etgan. XIV asr oxiri – XV asr boshlari Movarounnahr va Xurosonda kulolchilik, xususan, sirkor kulolchilik rivojlangan. Xitoy chinnisiga taqlid qilin-gan, mahalliy uslubdan ham foydalanilgan. Bu keramika Yevropada yuqori baholanib yangi an’ana – “Temuriylar uslubi” shakllandi.
Ayniqsa, Hirotda moviy rangli chinni ishlab chiqarish o‘sib, unga Alisher Navoiy homiylik qilgan. Bezak berishda otliq, gul, buta, anor, shaftoli, o‘simlik, ajdaho va boshqa tasvirlar tushirish rivojlangan. Bu davrda lagan, kosa, uy-ro‘zg‘or jihozlari, zargarlik mahsulotlari, ibodat buyumlari, qurol-yarog‘lar tayyorlangan. Bronza va misdan 60 dan ziyod idishlar yasalgan.
Temuriylar davrida naqqoshlik rivoj topgan. Dekcha, kosa, ko‘za, idish qopqog‘i, mis, qoshiq, tarozilar Samarqanddagi Registon maydoni yaqinidagi ustaxonalardan topilgan.
Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasidagi 11 ta bronza buyum XIV-XV asr boshlaridagi xos buyumlar majmuasi hisoblanadi. Zargarlik, yog‘och, suyak, shisha, marmar, nefrit va aqiq bilan bog‘liq hunarmand-chilik turlari o‘sgan. Qilich, pichoq dastasi uchun suyak ishlatilgan. Sandiq, g‘aladon, kitob javoni, lavh, musiqa asboblari, pastak kursilar, taxt jihozlari, harbiy aslahalar yasalgan.
Sangtaroshlik mehnati ham taraqqiy etgan. Jun, ipak, teri, zig‘ir, paxtadan qimmatbaho mahsulotlar tayyorlangan. Gazlama va gazlama ishlab chiqarish XIV-XV asrlarda keng quloch yoygan, gilam-do‘zlik rivojlangan. Poytaxt Samarqandda kiyim-kechak ishlab chiqarish ravnaq topgan. Taraqqiyot asta-sekin Hirotga o‘ta boshla-gan. Saroy liboslari, aslzodalar kiyimlari ishlab chiqarilgan. An’anaviy xalq kiyimi nihoyatda oddiy bo‘lib, ular bozorlardagi maxsus rastalar va do‘konlarda sotilgan.
Sohibqiron Amir Temur saltanati hukm surgan yillarda jamiyat hayotining barcha taraqqiyot rivojlanish unsurlarini davlat siyosati darajasiga olib chiqqan edi. Shu sababli ham u davrda badiiy hunarmandchilik nafaqat jamiyatning kun kechirish vositasi, balki chinakam san’at va madaniyat darajasiga ko‘tarilgan.
Ayniqsa, yog‘och darvozalarga o‘ymakorlik uslubida bezak berish, ganchdan o‘ymakorlik ishlarini amalga oshirish, madrasalarni ichki va tashqi tomonlariga o‘chmaydigan tarzda bezak berish shu darajada taraqqiy topgan ediki, mana olti asr o‘tsa hamki, bu ranglar quyosh, yomg‘ir hamda qorlar ta’sirida o‘zgarib ketmagan.
XV asrdagi Samarqand shahrining olti darvozasidan biri – Ohanin darvozasiga o‘yma naqsh solinib, temirdan yoki cho‘yandan qilinganligi ma’lum. Metall buyumlarni yasaydigan turli ustalar – mixchilar (mix, chegaron), taqachilar (na’lbandon), sim cho‘zuvchilar (simkashon), pichoqchilar (kardagaron) bo‘lgan. Ba’zi pichoq dasta-lari esa qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan. Dilkusho me’moriy majmuasi (Ishratxona – mustamlaka yillarida bu kabi atash urf bo‘lgan)dagi buyumlar orasida dastasi suyakdan va g‘ilofi kimxobdan qilingan pichoq mavjudligi eslatib o‘tiladi. Rangli metallarni ishlash o‘sha davr metallsozlik sohasining muhim tarmog‘i edi. Bu yerda mis buyumlar yasash alohida o‘rin egallagan. Misdan uy-ro‘zg‘or va boshqa buyumlar tayyorlangan. Oddiy mis idish tovoqlarning paydo bo‘lganligi, uning shahar aholisi turmushiga keng kirib borganligidan dalolat beradi.
Majmuaga hadya etilgan buyumlar ro‘yxatida turli qozonlar, ko‘zalar, mis lagan, bronzadan yasalgan hulancha, oltin suvi yuritil-gan obdasta, kumush bo‘yinli mashraba, tilla suvi yuritilgan mis jomlar, shuningdek, temir, bronza kumushdan o‘yib ishlangan naqshinkor xilma-xil yog‘ chiroqlar shamdonlar,misdan ishlangan va tilla suvi yuritilgan qandillar tilga olingan. Ishratxona madrasasiga hadya qilingan uy-ro‘zg‘or buyumlari orasida temir oyoqli mis manqal eslatib o‘tilgan. Bu manqalda toshko‘mir cho‘g‘ida ovqat pishirilgan bo‘lsa kerak.
Rossiya Davlat Ermitaji (Sankt-Peterburg) madaniyat va san’at tarixi bo‘yicha yodgorliklar kolleksiyasi orasida bronzadan 1397 yilda yasalgan katta qozon va ikkita shamdon mavjud bo‘lib hozirgi Turkistondagi Xoja Ahmad Yassaviy majmuasiga ular shaxsan Amir Temurning buyurtmasi bo‘yicha tayyorlangan, Tojiddin Isfahoniy nomi o‘yib yozilgan. Muarrix Ibn Arabshoh Go‘ri Amir maqbarasiga o‘rnatilgan oltin va kumush qandillar haqida eslatib o‘tadi. Shuni aytish kerakki, Amir Temur tomonidan keltirilgan ustalar o‘z texnikasini mexanik tarzda qo‘llab qolmasdan, O‘rta Osiyolik ustalar mahoratidan ham foydalanishgan.
Mustaqillik yillarida temuriylarga tegishli buyumlar izidan Sankt-Peterburg Davlat Ermitajida saqlanayotgan va Rossiya bosqini davrida olib chiqib ketilgan temuriylar xonadoniga ategishli zargarlik buyumlarini o‘rganilganda ikkita alohida uzuklar aniqlangan. Mazkur uzuklar oltindan tayyorlangan. Ushbu uzuklar-ning bittasi bosh xonim Saroy Mulkxonimga, ikkinchisi esa Mironshoh mirzoga tegishli bo‘lganligi aniqlangan. Mazkur uzuk-larning bittasi nefrit ko‘zli va muhrli, ikkinchisi xrizolit ko‘zli va muhrli bo‘lgan. Bu uzuk bezak ham hukmdor oilasiga tegishli muhrni ifoda etgan. Bu muhrdan temuriylar hujjatga bosiladigan muhr-belgi sifatida foydalanishgan.
Davlat Ermitajida Temuriylar va boshqa rasmiy shaxslarning nomlari yozilgan bu kabi nefrit, xrizolit, serdolik va agatdan tayyorlangan muhr-uzuklarning saqlanib kelinayotganligi o‘sha davr san’atining bebaho jihatlari sifatida e’tirof etilmoqda. Zargarlik va badiiy hunarmandchilikdagi bu kabi mahorat badiiy o‘ymakorlik san’atidan alohida tayyorgarligi va bilimi bo‘lgan ustalarning ixtisoslashib borishini talab qilgan.
XV asrda Samarqandda zarbxona mavjud bo‘lib, u yerda tanga zarb qiluvchi ustalar ishlashgan. Amir Temur va uning vorislari hukmronlik qilgan davrdagi harbiy yurishlar qurol-yarog‘ yasashni ancha rivojlantirgan. Samarqand davlatning poytaxti sifatida qurol-yarog‘ yasaydigan markaz bo‘lib qolgan. Amir Temurning maxsus ustaxonalarida turli qurol-yarog‘lar: hujum va mudofaa qurollari – dubulg‘alar (ularning ba’zi birlarida po‘lat to‘rlar bo‘lgan), sovutlar, o‘q-yoylar tayyorlangan, qilich va o‘q-yoy jangchilarning asosiy hujum quroli bo‘lib hisob-langan. Hokimlar va zodagonlar uchun mo‘ljalangan harbiy qurollar qimmatbaho toshlar va o‘yma naqshlar bilan chiroyli qilib bezatilgan. Muarrix Ibn Arabshoh zargarlar Xoja Ali Sheroziy va Xoja Muhammad Sheroziy, sangtaroshlar sardori naqqosh Oltunni tilga olgan.68
Temurbek Muhammad Sulton honaqohiga dafn etilganidan so‘ng (ma’lum vaqtdan so‘ng u Go‘ri Amirga ko‘chirilgan), muarrix Ibn Arabshohning yozishicha, maqbaraning devorlariga qimmatbaho tosh-lar bilan bezatilgan kiyim boshlari, qurol-yarog‘lari va anjom-lari osib qo‘yilgan. Podshohning bu kabi qimmatbaho bezaklari mamlakat aholisi uchun naqadar qimmatga tushganligini ana shu muarrix keltirgan ma’lumotlardan yaqqol ko‘rish mumkin: bu buyum-lardan eng kichigining bahosi butun boshli bir viloyat solig‘iga teng edi.
Go‘ri Amirdagi naqsh solinib mohirlik bilan ishlangan uymakor eshiklar (hozir bu eshiklarning naqshlari yo‘qolib ketgan) xalq ustalari tomonidan badiiy yog‘och hunarmadchilik san’ati ko‘rinishlaridan biri bo‘lgan. Binolarning ichki tomonlari devorlari uyib ishlangan yog‘och bilan bezatilgan. Zahiriddin Muhammad Boburning yozishicha, Samarqandning bozor maydonida joylashgan (keyinchalik, Registon nomi bilan mashhur bo‘lgan) masjidi Muqatta’inning devorlari va shiplari naqsh solingan ayrim yog‘och bo‘laklari bilan bezatilgandi.69
To‘n, bosh kiyimlar, po‘stinduzlik kasbi keng rivojlangan. Po‘stindo‘zlar mazkur teridan tikilgan po‘stinlarni iqlimi sovuq dasht va tog‘li hudud aholisi uchun ishlab chiqarishgan. Zahiriddin Muhammad Bobur sovuq qattiq bo‘lgan kezda unga ham eski po‘stin keltirishgani haqida yozadi. Zayniddin Vosifiyning e’tiroficha, Samarqandda havo sovuq bo‘lgan paytda madrasadagi muhtoj tolibi ilmlarga po‘stin keltirib berilgan. XV asr boshida Samarqandda Tim Telpakfurushon (Bosh kiyimlar rastasi) qurilgan. Bu yerda bosh kiyim tikadigan ustalar va ularning do‘konlari, sotish rasta-lari joylashgan.
Zardo‘zlar zardan qimmatbaho kiyimlar va ularning ayrim bo‘laklarini tikishgan. Bunday buyumlar sultonlar,ularning oilalari va zodagonlar uchun mo‘ljallangan. Temurbek qarorgohida bo‘lgan elchi Klavixo saroydagi amaldorlarning zar bilan tikilgan “juda chiroyli qilib” marvarid, qizil yoqut va boshqa qimmabaho toshlar qadalgan to‘nlar kiyishganligini qayd etgan. Shu davrdagi ko‘pgina miniatyuralarda amaldorlarning zarbof to‘nlar kiygan-ligi tasvirlangan. Samarqandda zardo‘zlar mahallasi mavjud edi. Shunday qilib, san’atning asoschilari kulollar, temirchilar, zargarlar, to‘quvchilar, g‘isht teruvchilar, duradgorlar, o‘ymakorlar va qurol-yarog‘ yasovchilar bo‘lgan.
Amir Temur hukmronligi yillarida badiiy hunarmandchilik chinakam san’at darajasiga chiqqan. Bu uning urush kiyim va qurol-yarog‘ aslahalaridan tortib, bino va inshootlarning ichi va sirtida, qurilish ashyolarida ham aks etib turgan. O‘sha kezlarda binolarning sirtiga berilgan hal – rang va sirli bo‘yoqlarning tayyorlanish texnologiyasi hanuzcha ham sirligicha qolgan.
Bu davrda Buxoro, Samarqand, Kesh (Shahrisabz), Marv, Mash-had, Hirot san’at va hunarmandchilikning o‘chog‘i sifatida tarixda qolgan. Ular Xitoy va Hindiston kabi yirik madaniyat o‘choqlari bilan madaniy aloqalar o‘rnatibgina qolmay, o‘z san’atini bir-birlariga yetkazadigan manzillarga aylangan. Bu yerda Temurbek tasarrufidagi yurtlarning dovrug‘i keng yoyilgan. Chunki san’at va badiiy hunarmandlikning juda ko‘plab shohona uslublarini usta-lari bu yurtga yig‘ilgan va ularning ijodiy imkoniyatlari katta bo‘lgan.
Bu davrda badiiy hunarmandchilikning o‘sha paytda keng tarqal-gan turi badiiy sopolchilik (keramika), shaharsozlik va me’mor-likning ajralmas bir qismi bilan uyg‘unlashib ketgan. Ayniqsa, Afrosiyob, Nishopur sopolchilik san’ati yanada teranroq va o‘zgacha uslublarda o‘zini namoyon etgan. Bu davrga kelib san’atning torevtika – ma’danga ishlov berish san’ati shunday maqomga yetganki, bu afsonaviy chinakam san’at asari darajasiga chiqqan. Mis, qalay kabi yumshoq metallarga solingan bo‘rtma naqshlar kishini hayratga soladigan darajaga yetgan. Zargarlik chinakam badiiy san’atga aylangan. Oltin, kumushdan yasalgan va ular bilan ishlov berilgan buyumlar Temurbekning chetdan olib kelgan ustalari, turonlik ustalar va ustazodalarning odatiy yumushi bo‘lgan.
XIV asr ikkinchi – yarmi XV asr san’at asarlari oltin va kumushdan ishlangan. Bu buyumlar o‘sha davr zodagonlarining xonadonlarida keng foydalanilgan. O‘tkazilgan arxeologik qazuvlar jarayonida topilgan ma’dan buyumlari ro‘yxati “Ishrat-xona” maqbarasining vaqf hujjatlarida taqdim etilgan. Ular orasida mis langar(qozon), mis noila (gulob – ichimlik tortila-digan qozonsimon idish), brinch xulonchi (kosa), brinch oftoba, kumush qoplamali brinch, zarhallangan mashraba, mis qandillar shular jumlasidandir.70
Temurbek saltanatida 1396 yil yozida o‘tkazilgan tantanalarda, jahondagi barcha mamlakatlarning hunarmandlari turli kiyimlar-da o‘z mamlakatlarining urf-odatiga ko‘ra, o‘z kasblari bo‘yicha noyob bezaklar ishlashgan, har xil matolardan bayram liboslari tikishgan. Malakali zargarlar ganchga, toshga o‘yib gul soluvchi naqqoshlar va boshqa hunarmandlarga shogird tushish an’anasi mavjud bo‘lgan.
Xullas, bu davrda Turonda amaliy san’at va tasviriy hamda badiiy hunarmandchilik bo‘yicha maktablar yaratilib, mazkur soha-lar ancha taraqqiy etgan.


Download 3.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling