Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi


XULOSA Ushbu “Temuriylar renessansining jahon tarixida tutgan o‘rni


Download 3.39 Mb.
bet12/14
Sana11.11.2023
Hajmi3.39 Mb.
#1767358
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Odilbek ilmiy ish

XULOSA
Ushbu “Temuriylar renessansining jahon tarixida tutgan o‘rni” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasini bajarish jarayonida quyidagi xulosalarga kelindi:
– bashariyat tarixining buyuk siymosi Sohibqiron Amir Temur va temuriylar davrida Turonzamin Renessansi – Uyg‘onish davrining ikkinchi bosqichiga tamal toshi qo‘yilib, boy madaniy meros yaratilgan edi. Va nihoyat XX asr 90-yillari boshlarida Renessansning uchinchi bosqichi boshlanib, asrlarga tatigulik qisqa davrda beqiyos va keng qamrovli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
– Amir Temur va temuriylar davrida mintaqada me’morlik va shaharsozlik yuqori cho‘qqiga ko‘tarildi. O‘z zamonasining noyob yodgorliklari bo‘lgan Oqsaroy, Dor ut-tilovat, Dor us-saodat, Shohi Zinda, Bibixonim jome masjidi va boshqa yana ko‘plab tarixiy – me’moriy obidalar bunyod etildiki, ular bugungi kunda ham o‘z asliyatini yo‘qotmagan;
– Amir Temur va uning keyingi avlodlari zamonasida badiiy ijodiyotning amaliy va tasviriy san’at turi beqiyos rivojlangan, deyishga to‘liq asoslar mavjud.
– bu davrda Turonda amaliy san’at va tasviriy hamda badiiy hunarmandchilik bo‘yicha maktablar yaratilib, mazkur sohalar ancha taraqqiy etgan.
– temuriylar davrida ta’lim o‘z davridagi yuksak usullarda olib borilgan bo‘lib, Sharq dunyosida o‘z o‘rni va salohiyatiga ega bo‘lgan.
– bu davrda Movarounnahr va Xurosonda ilm-fan, ta’lim va tibbiyot ancha ravnaq topgan edi.
Ushbu “Temuriylar renessansining jahon tarixida tutgan o‘rni” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasini bajarish jarayonida quyidagi taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi:

  • Temuriylar davri madaniyati to‘g‘risida Qarshi davlat universitetida xalqaro ilmiy konferensiya tashkil etish;

  • Amir Temur va temuriylar davrida buyod etilgan tarixiy yodgorliklar targ‘ibotini kuchaytirish uchun turizm mashrurtlarini tashkil etish;

  • Har bir ta’lim muassasida Temuriylar davri madaniyatini targ‘ib etuvchi burchaklar tashkil etish;

  • Amir Temur va temuriylar davri madaniyatini ommaviy axborot vositalarida targ‘ib qilish uchun videofilm va radio eshittirishlar tayyorlash.



Download 3.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling