Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi
Download 3.39 Mb.
|
Odilbek ilmiy ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vazifalari
- Ilmiy yangiligi.
- Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi.
Tadqiqotning obyekti va predmeti Amir Temur va temuriylar davrida madaniy hayot – Temuriylar Renessansi masalalari hisoblanadi.
XIV – XV asrlarda Markaziy Osiyoda Amir Temur va temuriylar davrida madaniy hayoti tarixini o‘rganish tadqiqotning predmeti hisoblanadi. Tadqiqotning maqsadi Turonzaminda temuriylar davlatining vujudga kelishi, madaniy hayotning turli sohalari tarixini hamda uning rivojlanishini tadqiqot shaklida amalga oshirish hisoblanadi. Vazifalari: – Movarounnahrda Amir Temur tomonidan markazlashgan davlatga asos solinishini yoritib berish; – Temuriylar davri madaniyatining o‘ziga xos jihatlarini ko‘rsatib berish; – Amir Temur va temuriylar davrida me’morchilik sohasining rivoj topishini yoritish; – temuriylar davrida amaliy va tasviriy san’at yutuqlarini tahlil etish; – madrasa ta’limi va tibbiyot sohasining yo‘lga qo‘yilishi o‘rganish; – Mirzo Ulug‘bek va uning akademiyasi ilmiy faoliyatining ahamiyatini ko‘rsatib berish Ilmiy yangiligi. XIV – XV asrdarda Turkistonda Amir Temur va Temuriylar davri madaniyati muammolarining nazariy va amaliy jihatlari tahlil etiladi. Moddiy va ma’naviy madaniyatning rivojlanishi uchun ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlar, ularning mohiyati, Temuriylar Renessansinining shakllanishidagi o‘ziga xos xususiyatlar, shuningdek bu davrda ilm-fanning rivojlanishi masalasi yaxlit mavzu sifatida kompleks tadqiq etilib, tegishli xulosalarga kelindi va zarur tavsiyalar berildi. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi. Amir Temur va temuriylar davrida madaniy hayoti tarixiga doir hozirgacha bir qancha ilmiy-tadqiqotlar olib borilgan. O‘rganilayotgan davr tarixiga doir bir qator ilmiy asarlar hamda tadqiqotlarda mavzuning ayrim masalalari o‘z ifodasini topgan. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha amalga oshirilgan tarixshunoslik tahlili Amir Temur va temuriylar davrida mintaqaning siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotini kompleks tarzda tadqiq etish ilmiy-nazariy hamda ilmiy-amaliy jihatdan zarur ekanligi ko‘rsatadi2. Amir Temur va temuriy hukmdorlar davrida yaratilgan manbalar va manbaviy ahamiyatga ega bo‘lgan, tarjima qilinib, nashr etilgan asarlarni kiritish lozim deb topildi3. Ushbu tarixiy manbalar haqqoniyligi va xolisligi bilan alohida ajralib turadi. Chunki ushbu mualliflarning aksariyati Amir Temur va temuriylar davrida yashagan va sodir bo‘lgan voqea-hodisalarga guvoh bo‘lishgan. Amir Temur va temuriylar davriga xo‘jalik taraqqiyoti masalalarida A.G. Malyavkin, N.Mahmudov, I.P. Petrushevskiy, M.N. Fedorov, A.R. Muhammadjonov4larning kitoblari ancha ma’lumotlar beradi. Qurilish va obodonchilik ishlariga oid izlanishlar M.S. Bulatov, A.R. Muhammadjanov, Y.S. Ashurov5larda, san’at, adabiyot va madaniy hayot taraqqiyoti L.I. Rempel, B.A. Ahmedov, B.G. G‘afurov, L.I. Miroshnikov, I.M. Mo‘minov, E.R. Rustamov6 va boshqalarning izlanishlarida keltirib o‘tilgan. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda yaratilgan bo‘lib, Amir Temurning millatimiz g‘ururi, iftixori ramziga aylanishida, Sohibqiron tavalludining 660 yilligining jahon miqyosida keng nishonlangan va undan keyingi davrda chop etilgan izlanishlar muhim ahamiyatga ega bo‘ldi7. Shuningdek, yevropalik M.Brion, L.Keren, R.Grusse, J.P.Ru, V.Cherevanskiy8larning Amir Temur saltanatiga bag‘ishlangan asarlarida ham madaniy hayotning turli masalalariga to‘xtalib o‘tilgan. Istiqlol davrida Amir Temur va temuriylar davriga oid izlanishlarda B.Ahmedov9ning xizmatlarini alohida tilga olib o‘tish lozim. Amir Temur va temuriylar davri davlat boshqaruvi, ijtimoiy-huquqiy munosabatlariga doir masalalar Sh.O‘ljayeva, Z.Muqimov10 izlanishlarida, xo‘jalik-iqtisodiy munosabatlar O.Bo‘riyev, O‘.Mavlonov, N.E. Karimova, I.To‘xtiyev, M.Orziyev, A.Ahmadov11 va boshqalarning tadqiqotlarida, qurilish, moddiy madaniyat, obodonchilik A.Berdimurodov, D.Qurbonova, N.Nemseva, S.Hasanov, D.Yusupova12larning ishlarida, ilm-fan va madaniyat taraqqiyoti A.Ahmedov, A.Abdurahmonov, A.Choriyev, O.Bo‘riyev, H.Jo‘rayev, A.Zamonov, H.Sulaymon, N.Norqulov13 va boshqalarning asarlarida davr tarixiga oid turli masalalar ko‘tarilganligini ko‘rish mumkin. Shu o‘rinda B.Ahmedov, Muhammad Ali, Yunus O‘g‘uz14 va boshqa mualliflarni sanab o‘tish maqsadga muvofiq. Xullas, mustaqillik davrida O‘zbekistonda temurshunoslik yo‘nalishi shakllanib, temuriylar davrini haqqoniy va tarixiy manbalar asosida xolisona o‘rganish boshlandi. Muammo tarixshunosligining tadqiqoti shuni ko‘rsatadiki, Amir Temur va vorislari davrida madaniy hayot masalasi alohida dissertatsiya shaklida ilmiy tadqiq qilinmagan. Bu esa mazkur mavzuni ilmiy jihatdan yanada teran o‘rganilishini taqazo qiladi. Download 3.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling