Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti


Beshinchi Konstitusiyaviy tamoyil


Download 2.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/155
Sana15.09.2023
Hajmi2.3 Mb.
#1678583
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   155
Bog'liq
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)

Beshinchi Konstitusiyaviy tamoyil — Konstitusiya va qonunlarning ustuvorligidir. 
Konstitusiyaning 15 – moddasida «O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitusiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari
mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitusiya va qonunlarga muvofiq ish 
ko‘radilar», deb belgilab qo‘yilgan. 
Oltinchi Konstitusiyaviy tamoyil — xalqaro andozalar darajasida ifodalangan fuqarolar 
huquqlari, erkinliklari va majburiyatlarining tengligi va daxlsizligidir. O‘zbekiston 
fuqarolarining huquqlari muhim xalqaro hujjatlar — «Inson huquqlari butun jahon 
Deklaratsiyasi», «Iqtisodiy, sotsial va madaniy huquqlar to‘g‘risida xalqaro akt», «Fuqarolik va 
siyosiy huquqlar to‘g‘risida xalqaro akt» va boshqalar asosida bayon etilgan. 
Konstitusiyaning 18 – 52 — moddalari inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari 
va burchlariga bag‘ishlangan. O‘zbekiston davlati tomonidan fuqarolarning huquqlari va 
erkinliklari oliy qadriyat sifatida tan olingan va ular himoya qilinadi. Konstitusiya bo‘yicha har 
bir shaxsning o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilishi kafolatlanadi. 
Yettinchi Konstitusiyaviy tamoyil — qonuniylikdir. Qonuniylik jamiyatning bir maromda 
hayot kechirishini, davlat organlarining maromli faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi. Davlat, 
uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitusiya va qonunlarga 
muvofiq ish ko‘rgandagina jamiyatda barqarorlik va taraqqiyot bo‘ladi. 
Sakkizinchi Konstitusiyaviy tamoyil — O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy 
qoidalarini aniq belgilab qo‘yilganligidadir. Asosiy Qonunning 17 – moddasida O‘zbekiston 
Respublikasi tashqi siyosati aks etgan.
Konstitusiyada davlat xalqning manfaatlari va xavfsizligini ta’minlash maqsadida boshqa 
davlatlar bilan ittifoq va do‘stona aloqalar o‘rnatishi hamda davlatlararo tuzilmalarga kirishi va 
ulardan ajralib chiqishi mumkinligi qonunlashtirilgan. 

Download 2.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling