Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti
Download 2.3 Mb. Pdf ko'rish
|
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- “prezident” atamasi
Savol va topshiriqlar 1. Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol haqida so`zlab bering? 2. Mustaqil Oʻzbekiston davlatining yuzaga kelishi va mustahkamlanishida I. Karimovning tarixiy xizmatlari haqida gapirib bering? 3. Taraqqiyotning “O‘zbek modeli” va uning o‘ziga xos xususiyatlari haqida nimalarni bilasiz?. 4. Mustaqil O`zbekiston Konstitutsiyaning qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati to`g`risida ma`lumotlar ayting? 5. Davlat ramzlarihaqida so`zlab bering? 7-mavzu. O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar. Reja: 1. Milliy davlat boshqaruvi tizimi. Mustaqil O‘zbekistonda hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi. 2. O‘zbekistonda ko‘p partiyaviylik tizimining shakllanishi va uning ahamiyati. Siyosiy partiyalar faoliyatidagi xususiyatlar. 3. O‘zbekistonda parlament tizimi va undagi islohotlar. Huquq-tartibot organlari va sud tizimidagi o‘zgarishlar. 120 4. O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki. 5. Ijtimoiy-sherikchilik. O‘z-o‘zini boshqaruv organlarining faoliyati v aularning jamiyatni demokratlashtirishdagi o‘rni. 6. O‘zbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. Inson haq-huquqlarini ta’minlash va himoya qilish. Oila instituti va uning davlat tomonidan qo`llab-quvvatlanishi. O`z-o`zini boshqarish organi – mahalla boshqaruv tizimining takomillashuvi. Oʼzbekistonda Prezident Institutining joriy etilishi. Sobiqittifoq Respublikalari orasida birinchi boʼlib OʼzbekistondaPrezidentlik lavozimi joriy etilgan edi. Davlat boshqaruviningPrezidentlik Instituti 1990 yilning 24 martida “Oʼzbekiston SSRPrezidenti lavozimini taʼsis etish va Oʼzbekiston SSR Konstitutsiyasi(asosiy qonuni)ga oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisidagi” qonunbilan joriy etilgan edi. Oʼz SSR Oliy Soveti oʼn ikkinchi chaqiriq birinchi sessiyasida I.A Karimov Prezident etib saylandi. Oʼsha sessiyada qilinganmaʼruzada I.A Karimov shunday degan edi “....Bugun yuzaga kelgan vaziyatda Oʼzbekiston SSR Prezidenti lavozimini taʼsis etish muhim ahamiyat kasbetmoqda. ......Respublikada yakka boshliq lavozimining joriy etilishi Ittifoq miqyosida boʼlganidek, qonunlar va davlatning boshqa qarorlarini ijro etish omillarini mustahkamlashga, demak, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, millatlararo va boshqa sohalarda qayta qurish jarayonlarini tezlashtirishga koʼmaklashishi shubhasizdir”. 1991 yil 29 dekabr va 2000 yil 9 yanvarda toʼgʼridan-toʼgʼri umumxalqsaylovlari muqobillik asosida oʼtkazilib, unda I.Karimov Prezident etibsaylandi. Oʼzbekiston Respublikasining 1992 yil 8 dekabrda qabul qilinganKonstitutsiyasiga muvofiq Prezident – hokimiyatlar boʼlinishi printsipigarioya qilinishida davlat mexanizmi uchun eng muhim institutdir. Maʼlumki, “prezident” atamasi lotincha “praesidenso”, soʼzidan olinganboʼlib, aynan tarjimasi “oldinda oʼtiradigan” degan maʼnoni beradi. Butushuncha konstitutsiyaviy-huquqiy maʼnoda davlat boshligʼini anglatadi. Hozirgi kunda dunyodagi 130 dan ortiq davlatlarning hokimiyat tizimidaprezidentlik instituti mavjud. “Prezident” atamasi oʼzining hozirgimaʼnosida 1787 yilgi AQSh konstitutsiyasida mustahkamlanib, AQShdaprezidentlik joriy etilganidan boshlab ishlatilib kelinmoqda. Prezidentni davlatning markaziy boshqaruv organlari tizimida tutganoʼrni davlat boshqaruvining shakliga bogʼliq. Agar mamlakatda davlatboshqaruvining parlamentar respublika turi oʼrnatilgan boʼlsa, u holdaPrezident faqat davlat boshligʼi vazifasini bajaradi va u ijroyahokimiyatiga rahbarlik qila olmaydi. Shuning uchun ham boshqaruvningparlamentar respublika shaklida Prezident davlat organlari tizimidamarkaziy oʼrinni egallamaydi. Boshqaruvning Prezidentlik respublikasishaklidagi davlatlarda esa Respublika Prezidenti davlat va ijro etuvchihokimiyat boshligʼi hisoblanadi. U davlat boshqaruv organlari tizimidamarkaziy oʼrinni egallaydi. Davlat boshligʼi sifatida Prezident davlat hokimiyati boshqaruvorganlarida yetakchi va muvofiqlashtiruvchi rol oʼynaydi. Prezident davlatichida va xalqaro munosabatlarda 121 Oʼzbekistonning Oliy vakilligini amalgaoshiradi. Davlat boshligʼi oʼzida u yoki bu hokimiyat tarmogʼini emas balki,davlat va butun davlat hokimiyatining birligini namoyon etadi. Download 2.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling