257
O’zbekiston birinchi Prezidenti I.Karimovning 1996 yil 23-28 iyun kunlarida AQShda bo’lishi
O’zbekiston va Amerika munosabatlarini yangi pog’onaga ko’tardi. I.Karimov bilan B.Klinton uchrashuvi
ikki mamlakat o’rtasidagi munosabatlarga siyosiy zamin hozirladi.1996 yil 25 iyun kuni O’zbekistonning
AQShdagi elchixonasi ochildi.
2001 yilda O’zbekistonda AQSh bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar soni 70
tadan
ortdi. AQSh sarmoyasi ishtirokida respublikamizda barpo etilgan 305 ta qo’shma korxona sanoat,
qishloq
xo’jaligi, to’qimachilik, gaz-kimyo, neft, oltin
qazib olish, transport, kommunikatsiya va ta’lim sohalarida
samarali faoliyat ko’rsatmoqda.
“Zarafshon-Nyumont”, “O’z-Teksako”, “O’z-keysmash”, “O’zkeystraktor”, “O’z-Eksayd”, “BiEy
Ay”ning Xo’jaobod gaz ombori qurilishi, “ABB Lummus Global” bilan hamkorlikdagi Sho’rton gaz-kimyo
majmuasi shular jumlasidandir. O’zbekistonning AQSh bilan savdo aylanmasi 300 mln.
AQSh dollardan
oshdi.
IV.Seminar mavzusi ustida ishlash: Bu vazifa talabalarning matn ustida ishlash
orqali bajariladi.
V.Guruhlarda ishlash.
Talabalar to’rt guruhga bo’linadi. Ularni qo’llanma,
adabiyotlar, matn boyicha ishlari quyidagicha
topshiriqlarni bajarish bilan mustahkamlanadi.
1 – guruhga topshiriq:
O’zbekistonning xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy-siyosiy aloqalarining yo’lga
qo’yilishi va O’zbekiston Respublikasining BMTga a’zo bo’lishi haqida tushuncha bering.
Do'stlaringiz bilan baham: