Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti


Ittifoqqa bo‘ysunuvchi davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarini O‘zbekiston


Download 2.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/155
Sana15.09.2023
Hajmi2.3 Mb.
#1678583
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   155
Bog'liq
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)

Ittifoqqa bo‘ysunuvchi davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarini O‘zbekiston 
SSRning huquqiy tobeligiga o‘tkazish» to‘g‘risida qabul qilgan qarori ham O‘zbekiston SSR 
Prezidenti I.A. Karimov, O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi va hukumati O‘zbekistonning siyosiy 


98 
– iqtisodiy mustaqilligi, uning milliy suvereniteti uchun dadil qadamlar tashlaganligining isboti 
edi. 
1991 yilning aprel oyiga kelib, Markaz o‘zining ta’sir doirasini saqlab qolish maqsadida 
mustaqil davlatlar ittifoqini tuzishga intildi. 1991 yil aprelda Novo – Ogoryovoda SSSR 
Prezidenti M.S. Gorbachevning 9 respublika rahbarlari bilan uchrashuvi bo‘ldi. Ishtirokchilar 
tomonidan «Mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish va tanglikni bartaraf etishga doir 
kechiktirib bo‘lmaydigan choralar to‘g‘risida» qo‘shma Bayonot imzolandi. Bu hujjat «9 + 1» 
(9 respublika + Markaz) degan nomni oldi. Uning mazmuni markazning yon berganini, Kiyevda 
bildirilgan fikr – mulohazalarga rozi bo‘lganini ko‘rsatadi.
1991 yil 3 iyunda Novo – Ogoryovoda SSSR Oliy Soveti vakillari bilan Respublika 
rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘ldi. Uchrashuvda Mustaqil davlatlar ittifoqi (MDI) tuzish
masalasi muhokama qilindi. Mulk, til va yangi shartnomani tasdiqlash tartibi to‘g‘risida keskin 
munozara bo‘ldi. Uchrashuvda ishtirokchilarning fikr – mulohazalari asosan inobatga olingan 
«Mustaqil davlatlar ittifoqi to‘g‘risida shartnoma» loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha barcha 
Respublikalar Oliy Sovetlariga muhokama uchun jo‘natildi.
Mazkur shartnoma loyihasi O‘zbekiston Oliy Sovetida 1991 yil 14 iyunda muhokama 
qilindi. Kengash Federatsiya tamoyillari asosida Mustaqil Davlatlar Ittifoqini tuzish tarafdori 
ekanligini bildirdi. Shu bilan birga u Respublikalar vakolatlarini yanada kengaytirishga doir 
takliflarni ilgari surdi.
1991 yil iyul oyining oxirlarida Novo – Ogoryovoda yangi shartnoma loyihasini uzil – kesil 
tayorlash uchun Markaz vakillari va Respublika rahbarlarining uchrashuvi bo‘ldi. Markazni 
ham, Respublikalar rahbarlarini ham qanoatlantiradigan «Mustaqil Davlatlar Ittifoqi to‘g‘risida 
shartnoma» loyihasi tayyorlandi. Ammo hamma rozi bo‘lgani holda «Mustaqil Davlatlar 

Download 2.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling