Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti


Download 2.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/155
Sana15.09.2023
Hajmi2.3 Mb.
#1678583
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   155
Bog'liq
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)

 
Savol va topshiriqlar 
1. Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol haqida so`zlab 
bering? 
2. Mustaqil Oʻzbekiston davlatining yuzaga kelishi va mustahkamlanishida I. Karimovning 
tarixiy xizmatlari haqida gapirib bering? 
3. Taraqqiyotning “O‘zbek modeli” va uning o‘ziga xos xususiyatlari haqida nimalarni 
bilasiz?. 
4. Mustaqil O`zbekiston Konstitutsiyaning qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati 
to`g`risida ma`lumotlar ayting? 
5. Davlat ramzlarihaqida so`zlab bering? 
 
7-mavzu. O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, 
amalga oshirilgan siyosiy islohotlar. 
Reja: 
1. Milliy davlat boshqaruvi tizimi. Mustaqil O‘zbekistonda hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi.
2. O‘zbekistonda ko‘p partiyaviylik tizimining shakllanishi va uning ahamiyati. Siyosiy 
partiyalar faoliyatidagi xususiyatlar.
3. O‘zbekistonda parlament tizimi va undagi islohotlar. Huquq-tartibot organlari va sud 
tizimidagi o‘zgarishlar.


120 
4. O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy, ijtimoiy hamda 
iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki.
5. Ijtimoiy-sherikchilik. O‘z-o‘zini boshqaruv organlarining faoliyati v aularning jamiyatni 
demokratlashtirishdagi o‘rni.
6. O‘zbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini 
rivojlantirish konsepsiyasi. Inson haq-huquqlarini ta’minlash va himoya qilish. Oila instituti va 
uning davlat tomonidan qo`llab-quvvatlanishi. O`z-o`zini boshqarish organi – mahalla 
boshqaruv tizimining takomillashuvi.
Oʼzbekistonda Prezident Institutining joriy etilishi. Sobiqittifoq Respublikalari orasida 
birinchi 
boʼlib 
OʼzbekistondaPrezidentlik 
lavozimi 
joriy 
etilgan 
edi. 
Davlat 
boshqaruviningPrezidentlik Instituti 1990 yilning 24 martida “Oʼzbekiston SSRPrezidenti 
lavozimini taʼsis etish va Oʼzbekiston SSR Konstitutsiyasi(asosiy qonuni)ga oʼzgartirish va 
qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisidagi” qonunbilan joriy etilgan edi. Oʼz SSR Oliy Soveti oʼn 
ikkinchi chaqiriq birinchi sessiyasida I.A Karimov Prezident etib saylandi. Oʼsha sessiyada 
qilinganmaʼruzada I.A Karimov shunday degan edi “....Bugun yuzaga kelgan vaziyatda 
Oʼzbekiston SSR Prezidenti lavozimini taʼsis etish muhim ahamiyat kasbetmoqda. 
......Respublikada yakka boshliq lavozimining joriy etilishi Ittifoq miqyosida boʼlganidek, 
qonunlar va davlatning boshqa qarorlarini ijro etish omillarini mustahkamlashga, demak, 
siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, millatlararo va boshqa sohalarda qayta qurish jarayonlarini 
tezlashtirishga koʼmaklashishi shubhasizdir”. 
1991 yil 29 dekabr va 2000 yil 9 yanvarda toʼgʼridan-toʼgʼri umumxalqsaylovlari 
muqobillik asosida oʼtkazilib, unda I.Karimov Prezident etibsaylandi. Oʼzbekiston 
Respublikasining 1992 yil 8 dekabrda qabul qilinganKonstitutsiyasiga muvofiq Prezident – 
hokimiyatlar boʼlinishi printsipigarioya qilinishida davlat mexanizmi uchun eng muhim 
institutdir. 
Maʼlumki, “prezident” atamasi lotincha “praesidenso”, soʼzidan olinganboʼlib, aynan 
tarjimasi “oldinda oʼtiradigan” degan maʼnoni beradi. Butushuncha konstitutsiyaviy-huquqiy 
maʼnoda davlat boshligʼini anglatadi. 
Hozirgi kunda dunyodagi 130 dan ortiq davlatlarning hokimiyat tizimidaprezidentlik 
instituti mavjud. “Prezident” atamasi oʼzining hozirgimaʼnosida 1787 yilgi AQSh 
konstitutsiyasida mustahkamlanib, AQShdaprezidentlik joriy etilganidan boshlab ishlatilib 
kelinmoqda. Prezidentni davlatning markaziy boshqaruv organlari tizimida tutganoʼrni davlat 
boshqaruvining shakliga bogʼliq. Agar mamlakatda davlatboshqaruvining parlamentar 
respublika turi oʼrnatilgan boʼlsa, u holdaPrezident faqat davlat boshligʼi vazifasini bajaradi va u 
ijroyahokimiyatiga rahbarlik qila olmaydi. Shuning uchun ham boshqaruvningparlamentar 
respublika shaklida Prezident davlat organlari tizimidamarkaziy oʼrinni egallamaydi. 
Boshqaruvning Prezidentlik respublikasishaklidagi davlatlarda esa Respublika Prezidenti davlat 
va ijro etuvchihokimiyat boshligʼi hisoblanadi. U davlat boshqaruv organlari tizimidamarkaziy 
oʼrinni egallaydi. 
Davlat boshligʼi sifatida Prezident davlat hokimiyati boshqaruvorganlarida yetakchi va 
muvofiqlashtiruvchi rol oʼynaydi. Prezident davlatichida va xalqaro munosabatlarda 


121 
Oʼzbekistonning Oliy vakilligini amalgaoshiradi. Davlat boshligʼi oʼzida u yoki bu hokimiyat 
tarmogʼini emas balki,davlat va butun davlat hokimiyatining birligini namoyon etadi. 

Download 2.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling