«Vatan taraqqiyoti partiyasi» va Fidokorlar miiliy demokratik partiyasining qo'shma
qurultoyi bo'ldi. Unda har ikki partiya harakati, faoliyat dasturi yakdilligi muhokama qilindi va
ular birlashib ishlash maqsadga muvofiq, degan xulosaga keldilar. Partiyalar birlashib, Vatan
taraqqiyoti yo`lida xizmat qilishga qaror qilindi. FMDP bosh kotibi qilib Axtam Tursunov
saylandi. Partiyalarning Oliy Majlisdagi fraksiyalari ham birlashib, deputatlar soni 54 taga yetdi.
2004-yil dekabr oyida bo`lib o`tgan saylovlarda FMDPdan jami 616 deputat saylandi.
Shundan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga 18 kishi, senatiga 6 kishi, qolganlari esa mahalliy
kengashlarga say-lanishdi, 2007-yilga kelib partiya a'zolari soni 60 mingdan oshdi. 2008-yil 26-
iyul kuni O`zbekiston milliy tiklanish demokratik partiyasi va Fidokorlar milliy
demokratik partiyasining qurultoylari bo`lib o`tdi. Unda har ikki partiya dasturlari va siyosiy
qarashlarida mushtaraklik borligini nazarda tutib, birlashishga qaror qilishdi. Mamlakatda
ko`ppartiyaviylik tobora takomillashib bordi. Ular erkin va, ozod hayot, demokratik davlat,
fugarolik jamiyat qurish borasida ma'lum ishlarni amalga oshirrnoqdalar.
Biroq, hayot shuni ko`rsata boshladiki, har bir partiyaning aniq, faqat o'ziga xos qiyofa-ga,
o`z saylovchilari va tarafdorlariga ega bo`lishi borasida sustkash-lik sezila boshlandi.
Masalan, dehqon-fermerlar, tadbirkorlar va ishbilarmonlar, ular qaysi soha va yo`nalishda
faoliyat ko`rsatishidan qat'i nazar partiya-laming e'tiboridan chetda qola boshladi. Shu nuqtayi
nazardan jamiyatimizning iqtisodiy hayotida tobora kengayib, kuchga to`lib bora-yotgan
tadbirkor va ishbilarmonlar, kichik va o`rta biznes, fermerlar harakati el-yurt taraqqiyotiga,
mamlakatimizning hal qiluvchi soha-larida to`siq bo`lib turgan muammolami bartaraf qilish
mas'uliyatini o`z zimmasiga olish uchun ularga siyosiy maydonni ochib berishni hayot taqozo
qila boshladi. Shu maqsadda, 2003-yil oktabr oyida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati
Do'stlaringiz bilan baham: |