Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti


chuqurlashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida»


Download 2.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/155
Sana15.09.2023
Hajmi2.3 Mb.
#1678583
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   155
Bog'liq
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)

chuqurlashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida»gi, 1994 yil 23 fevralda «Chorvachilikda 
iqtisodiy islohotlarni takomillashtirish hamda dehqon (fermer) xo’jaliklari va xususiylashtirilgan 
fermalar manfaatlarini himoya qilish choralari to‘g‘risida», 1995 yil 24 martdagi 
«Chorvachilikda xususiylashtirishni davom ettirish va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab – 
quvvatlash chora – tadbirlari to‘g‘risida» qarorlar qabul qilindi. Bu qarorlarga ko‘ra, 1995 
yilda jamoa xo‘jaliklarining zarar bilan ishlayotgan 1499 qoramolchilik fermalari 
xususiylashtirildi. Natijada respublikada ishlab chiqarilayotgan go‘sht va sutning 75% ni 
xususiy sektor bera boshladi. 
Chorvachilik sohasi bilan bir qatorda asalarichilik, pillachilik ham rivojlanmoqda. 
Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida iqtisodiyotning boshqaruv tizimi tubdan 
o‘zgartirildi, xo‘jalik yuritishning bozor iqtisodiyotiga mos yangi tizimi yaratildi. Bozor 
infratuzilmasi asoslari barpo qilindi. Mamlakatimiz iqtisodiy tanazzul davridan o‘tib oldi. 1995 
yilga kelib makroiqtisodiyotda barqarorlikka erishildi va 1996 yildan boshlab barqaror o‘sish 
ta’minlanmoqda. Mamlakatda o‘tkazilgan tub islohotlar natijasida iqtisodiy o‘sishni 
ta’minlovchi zarur shart – sharoitlar vujudga keldi. Xususiy mulkchilikning huquqiy asoslari 
yaratildi.
Davlat mulkini xususiylashtirish natijasida ko‘p ukladli iqtisodiyot shakllandi. Eng muhimi, 
odamlarimizning tafakkuri, hayotga bo‘lgan munosabati tubdan o‘zgarmoqda. Turmush 
darajasi, oilasining farovonligi o‘ziga bog‘lik ekanligini tushunib yetayotgan odamlar tobora 
ko‘payib bormoqda. Shunday qilib, iqtisodiyot tarkibidagi tub o‘zgarishlar, yangi korxonlarning 
bunyod etilishi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida samarali natijalar berdi.
Har qanday islohot, agar u odamlar hayotini yaxshilashdan iborat pirovard natijaga 
qaratilmasa, unday islohotlar keraksizdir. Shuning uchun ham O‘zbekistondagi amalga 
oshiriladigan tub islohotlar har tomonlama barqarorlikni ta’minlashga, ijtimoiy yo‘naltirilgan 
bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini bunyod 


152 
etishga qaratildi. Mustaqillik yillarida mamlakat hukumatining iqtisodiy strategiyasi asosan eng 
muhim uch vazifani hal etishga yo‘naltiriddi: 
Ishlab chiqarishning pasayishini to‘xtatish: 
Iqtisodiy yuksalishning asosi sifatida makroiqtisodiy barqarorlikka erishish; 
Barqaror iqtisodiy rivojlanish uchun shart-sharoit yaratish. 
O‘zbekistonda islohotlar endigina boshlangan 1992 yildayoq birinchi prezident Islom 
Karimov O’zbekistondagi iqtisodiy o‘zgarishlar barqarorlik vaziyatida o‘tishi kerakligini 
aloxida ta’kid-lagan edi. Shuning uchun ham u o‘zining «O‘zbekiston iqtisodiy isloxotlarni 
chuqurlashtirish yo‘lida» (1992) nomli kitobida hukumat siyosati xususiylashtirish va raqobat 
vaziyatini shakllantirish jarayonlarini chuqurlashtirishga, makroiqtisodiy barqarorlikni 
ta’minlashga, milliy valyutani mustahkamlashga, iqtisodiy tizimda chuqur tarkibiy 
o‘zgartishlarni amalga oshi-rishga, kuchli ijtimoiy kafolatlar beradigan huquqiy demokratik 
davlatni shakllantirishga qaratilgan, deb uqdiradi. 
Shu bois mustaqillik yillarida O‘zbekiston iqtisodiyotini isloh qilishning muqim natijasi 
bu makroiqtisodiyotni barqarorlashtirishga erishilgani bo‘ldi. Binobarin, bu jarayon bozorni 
shakllantirishdagi muhim jihatdir. «Barqarorlashtirish siyosati, - deb yozadi I.Karimov, - eng 
avvalo, bu makroiqtisodiyotda muvozanatni saqlash, ishlab chiqarishning keskin darajada 
pasayishiga va ommaviy ishsizlikka yo‘l qo‘ymaslikdir. Shuningdek, u pul qadrsizlanishining, 
pul emissiyasining boshqarilishini ta’minlash, to‘lov balansini bir meyorda saqlash sohasida 
aniq maqsadni ko‘zlab olib boriladigan davlat siyosatidir». 
O‘zbekistonda makroiqtisodiyotni barqaror qilish borasi da qator amaliy choralar 
belgilanar ekan, avvalo bu boradagi jahon tajribasi o‘rganildi, ayni chog’da MDH davlatlarida 
shu sohada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil qilindi. Jumladan, o‘tish davrida davlat o‘z 
iqtisodiy siyosatini belgilashda avvalo ustivor, katta istiqbolga ega bo‘lgan tarmoqlar va ishlab 
chiqarishlarni har tomonlama rag‘batlantirish, ya’ni eng muhim bo‘g‘inlarni aniqlash (neft - 
neft mustaqilligi, energetika - energetika mustaqilligi, don - g‘alla mustaqilligi, paxtani qayta 
ishlash sanoati va hokazolar) orqali iqtisodiyotni tarkiban qayta tashkil qilish bo‘yicha izchil 
siyosat yuritishi lozim edi. 
Shuni ro‘y-rost aytish kerak, mustaqillik qo‘lga kiritilgan 1991 yil oxirlari va 1992 yilda 
O’zbekiston zimmasiga og‘ir va jiddiy sinovlar tushdi. 
Shu davr mobaynida «davlat va xalq o‘z taqdirini, o‘z mustaqilligini, o‘z ozodligini himoya 
qila olishga qodirmi?» degan savolga javob berishga to‘g‘ri keldi. Buning boisi shunda ediki, 
SSSR parchalanib ketishi, an’anaviy xo‘jalik aloqalarining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan 
moliyaviy va xom ashyo zahiralarining nihoyatda taqchilligi yuz berdi. Masalan, boshqa 
mintaqalar va mamlakatlardan maxsulot yetkazib berilishiga bog‘lanib qolgan yirik korxonalar 
to‘xtab qolish arafasida edi. Buning ustiga aholining moddiy ahvoli yana xam pastlashib ketdi. 
Oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlarning eng muhim turlari chetdan olib kelinishi sababli 
bir muncha qiyinchiliklarga duch kelindi. 
O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda Rossiya, Ukraina va Belorussiyaga 
nisbatan ancha noqulay sharoitda edi.Ana shunday holatdan O‘zbekiston o‘zining butun kuch-
g‘ayrati va ichki imkoniyatlarini safarbar qilib, o‘zining ijtimoiy va iqtisodiy muammolarini hal 
qilishga jiddiy e’tibor berdi. 


153 
Chunki iqtisodiyotni barqarorlashtirishda ustivor hisoblangan yetakchi asosiy tarmoqlar 
belgilab olinmasa, bozor munosabatlari sharoitida ularning shakllanishiga yordam 
ko‘rsatilmasa iqtisodiy strategiya boy berilishi mumkin edi. Bu butun mamlakat iqtisodiyotini 
butunlay yangidan boshlash, islohotlar paytida uzluksiz ishlab chiqarish jarayonini ta’minlab 
turishning bosh yo‘li, asosiy tamoyili bo‘ldi. 
Shu bois O‘zbekiston iqtisodiyotida, avvalo, tarkibiy o‘zgarishlar yuz berdi. Respublika 
iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash, importni qisqartirish va eksportga yo‘naltirilgan ishlab 
chiqarishni rivojlantirish, shuningdek istiqbolni belgilaydigan ustivor tarmoqlarni jadal 
rivojlantirish, tarmoqlar ichidagi nomutanosiblikka barham berishga e’tibor qaratildi. 

Download 2.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling