Qarshi davlat universiteti Tibbiyot fakulteti Pediatriya ishi 1-kur 022-67B guruh talabasi


Download 12.65 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi12.65 Kb.
#1597289
  1   2
Bog'liq
Taqdimot (13

Qarshi davlat universiteti Tibbiyot fakulteti

Pediatriya ishi 1-kur 022-67B guruh talabasi

Pardayev Zohidjonning falsafa fanidan mustaqil ishi

Qabul qildi:shaymonova.A

Topshirdi: Pardayev.Z

Mavzu:Milliy madanyatning diniy madanyatNing

ShakkillanishDagi roli

  • Reja:  1. Milliy madaniyatlarning diniy madaniyat shakllanishidagi roli.  2. O‘zbekistonda diniy madaniyatni rivojlanish tarixi va hozirgi davrdagi ahamiyati.  3. Diniy urf odatlarnnig shaxs dunyoqarashi va tafakkuriga ta’siri.  4. Diniy madaniy an’analarnnig ahamiyati va ularning o‘zaro ta’siri. Markaziy Osiyo xalqlarining madaniyati 
  • Markaziy Osiyo xalqlarining madaniyati juda qadimiy bo‘lib, uning tarixi bir necha ming yillarni o‘z ichiga oladi. Xalqimiz madaniyati ham jahon madaniyati bilan baqamti, yonma-yon yuzaga kelgan va rivojlangan. Bironta xalq madaniyati o‘z mamlakati doirasidagina, tor milliy biqiqlikda emas, balki boshqa xalqlar madaniyati bilan o‘zaro aloqadorlikda, o‘zaro bog‘liqlikda, o‘zaro ta’sir va aks ta’sir etish asosida rivojlanadi. Tarixdan ma’lumki, o‘zbek xalqi madaniyati faqat milliy asosda emas, shu bilan birga umuminsoniy qadriyatlar ta’siri ostida ham o‘sdi, rivojlandi.Unga Xitoy, Yunon, Rim, Arab madaniyati, jahondagi boshqa madaniyatlar o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatdi. O‘z navbatida Markaziy Osiyo xalqlari ham boshqa xalqlar madaniyatining yuksalishiga, umumjahon madaniyati taraqqiyotiga o‘zining faol ta’sirini ko‘rsatdi. Shunday ta’sirni milliy madaniyatimizning diniy madaniyat shakllanishi va rivojlanishiga ko‘rsatgan salmoqli ta’sirida ham ko‘rish mumkin.
  • Har bir xalq, har bir millat madaniyatining shakllanishi ko‘plab omillarga bog‘likdir. Shunday muhim omillardan biri din hisoblanadi. Din insoniyat ma’naviy hayotining, madaniyatining tarkibiy qismidir. Qadim-qadim zamonlardan boshlab atrofidagi olamni, odamni tushunib yetish uchun, murakkab hayot yo‘llarida adashmay yo‘l topish uchun, turli mashaqqatlarni yengib o‘tish uchun odamzotga ishonch, e’tiqod tuyg‘usiga ehtiyoj tug‘ildi. Ana shu ishonch tuyg‘usini unga turli ko‘rinishdagi diniy qarashlar berdi. Demakki, din odamzodga uni yaratgan, ayni zamonda to‘g‘ri, haqiqiy, odil hayot yo‘lini ko‘rsatadigan va o‘rgatadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash, ta’limotsifatida vujudga kelgandi. Shu bois har bir xalq, millat ishongan, e’tiqod qilgan diniy qarashlarda, u yaratgan diniy madaniyatda o‘sha xalqning orzu-intilishlari, maqsad-muddaolari, xohish-istaklari ham ma’lum ma’noda o‘z ifodasini topgan. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, nafaqat diniy madaniyat milliy madaniyatlarning rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi, balki milliy madaniyatlar ham o‘z navbatida diniy madaniyatning shakllanishi
  • uch ming yillik tarixga ega bo‘lgan Qadimiy Turon, Movarounnahr va Turkiston hududida ravnaq topgan davlatlar xalqlari ham ushbu vazifani oshig‘i bilan ado etdi. Bu haqda istagancha misol keltirish mumkin. Bizga ma’lumki, muayyan din o‘z ta’limot tizimini vujudga keltirgach, o‘ziga e’tiqod qiluvchilar jamoasini shu ta’limot doirasida saqlashga harakat qilgan va hozirda ham shunday. Bu ijtimoiy hodisa dinning birlashtiruvchilik vazifasi deb ataladi. Din hamisha muayyan ijtimoiy, etnik va ma’naviy hayotning o‘z ta’sirida bo‘lishiga intiladi. Bu ta’sirning muntazamligini ta’minlash maqsadida din xalqlarning ijtimoiy hayotiga, axloqiy munosabatlariga, shuningdek adabiyoti va san’atiga ham ta’sir o‘tkazadi. O‘z navbatida, muayyan din ta’sirida bo‘lgan millat mutafakkirlari o‘zining ilmiy, ijodiy faoliyati bilan diniy madaniyat taraqqiyotiga o‘z hissalarini qo‘shishadi. Bunga yurtimizdan yetishib chiqqat buyuk allomalarning islom madaniyatiga qo‘shgan buyuk hissalari yorqin misoldir. Diniy madaniyatning shakllanishida milliy urf-odat, an’ana va marosimlarning ham o‘rni katta. 
  • Moddiy va ma’naviy hayot tamoyillari bir-birini inkor etmaydi, aksincha, o‘zaro bog‘lanib, bir-birini to‘ldiradi. Xuddi shuningdek milliy va umuminsoniy madaniyatlar ham bir-birini boyitib boradi. Yuksak taraqqiyotga erishishni orzu qiladigan har bir inson va jamiyat o‘z hayotini aynan ana shunday dialektik va uzviy bog‘liqlik asosida qurgan va rivojlantirgan taqdirdagina ijobiy natijalarga erisha oladi. Ana shu haqiqatdan kelib chiqqan holda, yurtimizda iqtisodiy o‘nglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivojlanish jarayonlarining ma’naviy poklanish, ma’naviy yuksalish harakatlari bilan tamomila uyg‘un ravishda rivojlanib borishini asosiy maqsad qilib belgiladi. Istiqlol milliy va diniy qadriyatlarimiz tiklanishiga keng imkoniyatlar yaratdi. Din milliy ma’naviyatni shakllantirishga bevosita ta’sir qiluvchi mezonlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Bu diniy va dunyoviy ilmlar o‘rtasidagi nozik munosabatlarning mohiyatini har tomonlama to‘g‘ri tushuntirib berish, dinlar haqidagi mantiqiy asoslangan bilimlarni shakllantirish va dunyoviylik tushunchasini chuqurlashtirib borishni taqozo
  • qadimiy va go‘zal diyorimiz nafaqat Sharq, balki jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganini xalqaro jamoatchilik tan olmoqda va e’tirof etmoqda. Bu tabarruk zamindan ne-ne buyuk zotlar, olimu ulamolar, siyosatchi va sarkardalar yetishib chiqqani, umumbashariy sivilizatsiya va madaniyatning uzviy qismiga aylanib ketgan dunyoviy va diniy ilmlarning, ayniqsa, islom dini bilan bog‘liq bilimlarning tarixan eng yuqori bosqichga ko‘tarilishida ona yurtimizda tug‘ilib kamolga yetgan ulug‘ allomalarning xizmatlari beqiyos ekani bizga ulkan g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi.O‘zbekistonda diniy madaniyatning rivojlanish tarixi va hozirgi davrdagi ahamiyati. O‘zbekistonning diniy madaniyati tarixining ibtidosi asrlar qa’riga singib ketgan bo‘lib, uni anglab yetish uchun avvalo uning tarixiy takomilini batafsil ko‘zdan kechirib chiqishimiz kerak bo‘ladi. 
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling