Apellyatsiya tartibi
Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari jarayonida qo‘yilgan ballar (baho) dan
norozi bo‘lgan bitiruvchilar yakuniy davlat attestatsiyasi baholari e’lon qilingan
kundan e’tiboran 24 soat muddat ichida apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilish
xuquqiga egadir.
Apellyatsiya komissiyasi o‘z xulosasini bitiruvchiga bir kun muddat ichida
ma’lum qilishi lozim.
Murojaat mazmuni faqat o‘zining ball (baho)lari haqida bo‘lsa qabul qilinadi,
lekin boshqa holatlar haqida yozilgan shikoyat arizalari qabul qilinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |