6. Vodorod sulfid - H2S rux ioni bilan ta ’sirlashganda oq rangli cho‘kma tushadi:
ZnCl2 + H2S ZnS + 2HCl
Zn2+ + S2- ZnS
Cho‘kma reaksiya natijasida hosil bo‘lgan kuchli mineral kislotada qisman erigani uchun cho‘ktirish to‘liq bo‘lmaydi. Shu bois reaksiya formiatli muhitda o‘tkaziladi.
Reaksiyani bajarishdaprobirkaga rux tuzi eritmasidan 4-5 tomchi, formiatli bufer aralashma (HCOONa+HCOOH) eritmasidan 2-3 tomchi solinadi va eritmadan sekin-asta H2S o ‘tkaziladi.
7. Kaliy geksatsianoferrat (II) — K4[Fe(CN)6] rux ioni bilan qo‘shaloq - kaliy rux geksatsianoferrat (II) ning oq cho‘kmasini hosil qiladi:
3ZnCl2+ 2K4[Fe(CN)6] Zn3K2[Fe(CN)6]2 + 6KCl
3Zn2++2K+ + 2[Fe(CN) 6]4- Zn3K2[Fe(CN)6]2
Cho‘kma kislotalarda erimaydi, ishqorlarda erib sinkatlar hosil qiladi. Alyuminiy va xrom ionlari bu reaksiyaga xalaqit bermaydi. Biroq reaktivdan ko‘proq qo‘shilsa, eruvchanligi ancha yuqori bo‘lgan Zn2[Fe(CN)6] cho‘kmasi hosil bo’ladi. Shu bois, uni tomchilatib qo‘shish maqsadga muvofiqdir.
Reaksiyani bajarishdarux tuzining 3-4 tomchi eritmasiga shuncha reaktiv qo‘shilib, aralashma qaynaguncha qizdiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |